02.09.2017 yildagi 691-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, respublika farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologiyali zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradigan ishonchli transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi oʻrinlarda erkin iqtisodiy zonalar deb ataladi) hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarining transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturining (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish hamda taʼmirlash tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun suv taʼminoti, kanalizatsiya hamda irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun elektr taʼminoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari 6-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ushbu tadbirlarning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari toʻliq hajmda va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek Dasturga kiritilgan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Erkin iqtisodiy zonalarning Dasturga kiritilgan infratuzilma obyektlarini, shuningdek zonalar direksiyalarining maʼmuriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga amalga oshirishga 2017-yil 31-dekabrgacha istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy binolarini qurish yoki direksiyalarini tegishli binolarda joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga erkin iqtisodiy zonalar bosh rejasini va infratuzilma obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va monitoring natijalari toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
691-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 956-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son; 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)