Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2018 05.09.2017 yildagi 697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 276-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosini qurilishini, shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni tadbiq etishning ilmiy-amaliy markazi va innovatsion bog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talaba yoshlarda mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga hurmat, yuksak insoniylik va bag‘rikenglik fazilatlarini shakllantirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli talaba yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning mustaqil Vatanimizning ilmiy-texnik taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun tegishli imkoniyatlar yaratish, respublikamiz ilm-fani yutuqlarini ommalashtirish orqali mamlakatimiz ilmiy maktablari xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba yoshlarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasiga oid dolzarb mavzularda metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli faoliyatni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning ilmiy-ma’rifiy sohadagi qiziqish va intilishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, madaniy-ma’rifiy ko‘rgazmalar va taqdimotlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari bilan talaba yoshlarni, yosh olim va professor-o‘qituvchilarni tizimli tanishtirish uchun xalqaro va mahalliy ilmiy-texnik axborot bazalari, xorijiy va milliy davriy ilmiy nashrlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyat olib borishi uchun ilmiy munozara-klublar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish guruhlarini shakllantirish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental fanlarning zamonaviy tendensiyalari, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilmiy-texnik muammolari bo‘yicha yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ular tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy yetuk mutaxassislar ishtirokida masofaviy on-layn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar va malaka oshirish kurslarini o‘tkazish, shuningdek dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tanlovlar tashkil etish va o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Markaz xodimlarining lavozim va shtat birliklarini hamda ularning cheklangan umumiy sonini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga Markazning tasdiqlangan xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llanilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda uch oy muddatda Markaz vazifalaridan kelib chiqib uning faoliyatini rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Rossiya Federatsiyasidagi o‘xshash markazlar faoliyati chuqur o‘rganib chiqilsin hamda ularning ilg‘or tajribasi Markaz faoliyatini rivojlantirish dasturida inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahri hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Markaz qurilishi uchun Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi Universitet ko‘chasi bo‘yidan 3,0 ga yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz uchun bino qurilishi bo‘yicha quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arhidea pro” MChJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi belgilangan tartibda tanlov asosida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz binosini kompyuter va multimedia hamda boshqa zarur texnika vositalari, inventar va mebellar bilan jihozlash belgilangan normativlarga muvofiq, qurilish ishlarining tegishli bosqichlari tugallanishiga ko‘ra, ularni sotib olish xarajatlarini loyiha-smeta hujjatlariga kiritish yo‘li bilan bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi 2018-yil 1-sentabrgacha qurilish va jihozlash ishlari tugallanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan belgilangan tartib asosida olib kiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va jihozlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni o‘n kun muddatda ekspertizadan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan obyektni qurish va hududini obodonlashtirish uchun talab etiladigan metall prokati va sement mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha imtiyozli narxlarda ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning bino va inshootlarini qurish va jihozlash ishlari yakunlanishi bilan Markazni saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrida “Ijtimoiy soha” tarmog‘i bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar doirasida ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan o‘xshash muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishda Markazga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining murojaatiga muvofiq Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda istiqbolda o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, simpoziumlar, forumlar va shu kabilar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan istiqbolda o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat bojlarini undirmasdan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz kutubxonani shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv-metodik va davriy) bepul nazorat nusxalarini (1 nusxada) oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin xamda mualliflik huquqi doirasida ularning elektron nusxalari taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari Kengashi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining tashkiliy va ilmiy-metodik ta’minotini amalga oshirish, yoshlarni ilmiy izlanishlar olib borish metodologiyasi, fundamental fanlarning zamonaviy tendensiyalari bilan tizimli tanishtirib borish, ularni iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilmiy-texnik muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilishida ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-amaliy konferensiya, seminarlarni tashkil etish, shuningdek ilmiy-ma’rifiy tadbirlarda fan, madaniyat va san’at sohalarida xorijiy davlatlarning yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning ilmiy va ijodiy munozara-klublar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish guruhlari faoliyatiga ilmiy rahbarlik qilish va maslahat berish, shuningdek ularning innovatsion, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari natijalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etilishida ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning mavjud salohiyatlarini namoyon etishlari uchun turli ilmiy, ijodiy va ma’rifiy yo‘nalishda tanlovlar tashkil etish, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov, olimpiada, ko‘rgazmalarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar va yosh olimlar faoliyatini ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
697-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 697-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazining tashkiliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi*

* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni oliy ta’lim muassasalari normativlari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ish tartibi 2 smenada olib boriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 961-modda)