O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yo‘q qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmoni)
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yo‘q qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-avgust,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 684-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida idoralararo o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 6-martdagi 63-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 10-son, 105-modda) ruscha matnida:
1) 1-banddagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
2) 1-ilovada:
a) ilova nomidagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “vyezda-viezda” so‘zlari “migratsii” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
v) 2-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 952-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)