1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
677-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son va “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat soliq qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat soliq qoʻmitasi tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda tasarrufidagi tashkilotlar deb ataladi) kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha soliq toʻlovchilar: yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat soliq xizmati organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlati hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq qoʻmitasining, davlat soliq xizmatining hududiy organlarining moddiy-texnika taʼminoti, shu jumladan, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, ularni soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda toʻliq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarni joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarining gʻayrinoqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashish, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini ragʻbatlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruvlar oʻtkazish, jinoiy ishlarni tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha respublika nazorat qiluvchi organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash, ushbu ishlarni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiisteʼmolliklarga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish, shuningdek xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash va ular uchun xizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat soliq qoʻmitasining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat soliq qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan, tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini ragʻbatlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga hamda oʻzining tashabbusiga muvofiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlar shakllarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini nashr qiladi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan maʼlumotlarni almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini belgilangan tartibda oʻtkazadi, shuningdek soliq toʻlovchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida kiritilishini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq toʻlovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, soliq toʻlovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq joylarni koʻzdan kechiradi (tekshiradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib koʻrsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli tekshiruvlar davomida xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib koʻradi va oʻlchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining toʻgʻriligini aniqlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun toʻgʻri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning toʻliq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yoʻqotishlar normalari toʻgʻri belgilanishini aniqlash uchun xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib koʻradi, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha respublika nazorat organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiisteʼmolliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (toʻxtatilishi) toʻgʻrisida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq toʻlovchilarning faoliyati toʻgʻrisida soliq organlari yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yigʻilgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini, shuningdek davlat organlariga berilgan mol-mulk hisobini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning tushumini taʼminlash boʻyicha, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qoʻshimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, ularni soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda toʻliq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning toʻliq, oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq toʻlovchilar boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga koʻra bank hisobvaraqlari boʻyicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati boʻyicha — uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan boʻyin tovlash mexanizmlarini oʻrganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi taʼminlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq toʻlovchilar va soliq tushumlari boʻyicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini taʼminlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maʼmurchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs taʼminotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali, soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar koʻradi, soliqlar va tegishli boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlariga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasining texnik bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan maʼlumotlarni tahlil qilishning ilgʻor avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qoʻllanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib koʻrsatish mexanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, koʻrsatib oʻtilgan mexanizmlarning qoʻllanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtirish, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy-axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumini oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning qonunchilikka muvofiqligi, shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilib olish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni ulgurji sotishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul mablagʻlari muomalada boʻlishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarida, shuningdek bozorlar va savdo komplekslarida, bir martalik yigʻimlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun ijara toʻlovlarining oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa mashinalarining, toʻlov terminallarining qoʻllanilishi, shuningdek belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumining oʻz vaqtida va toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi masalalari boʻyicha belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) soliq toʻlovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlari va aholining huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, koʻpaytirish va davlat soliq xizmati hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari koʻrsatish, soliq toʻlovchilarni soliqlarni oʻz vaqtida hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga oʻqitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq toʻlovchilarga va aholiga oʻz vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interaktiv xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi uchun soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish choralarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari boʻyicha murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha surushtiruvlar oʻtkazish, jinoiy ishlarni tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarining toʻxtash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablagʻlar tushumi hisobining toʻliqligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari pul mablagʻlari tushumlari va tovar aylanmasi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarining toʻxtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qoʻzgʻaydi, ular boʻyicha surushtiruv ishlarini amalga oshiradi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, davlat soliq xizmati soliq organlarini maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish, shuningdek xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash va ular uchun xizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻyilgan talablarga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlarni tanlash va toʻldirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda taʼlim muassasalari tashkil etish yoʻli bilan, davlat oliy taʼlim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining tizimli asosda tashkil etilishini taʼminlaydi, shuningdek rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va oʻquv muassasalari bilan tajriba almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga oʻz vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasiga vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat gʻoyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tanlovdan oʻtmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq toʻlovchilarga nisbatan gʻarazli maqsadlarda noqonuniy taʼsir koʻrsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarining xodimlari oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki yilda koʻpi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarining budjet va xoʻjalik faoliyati boʻyicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur boʻlganda va moliya-xoʻjalik faoliyatida qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilgan holatlar toʻgʻrisida ishonchli axborot mavjud boʻlgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini taʼminlaydi, xoʻjasizlik, isrofgarchilik, davlat mablagʻlarini va budjetdan tashqari mablagʻlarni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat soliq qoʻmitasining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat soliq qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) soliq toʻlovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlarni, boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarini, shu jumladan, elektron hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq hujjatlarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) soliq tekshiruvlarini oʻtkazayotganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni (shuningdek, alohida rejimda ishlaydigan korxonalarni), shu jumladan, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarni, ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulklarni xatlash va bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan, elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq hujjatlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xom ashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini), shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini olib qoʻyish, olib qoʻyilishi soliq toʻlovchi faoliyatining toʻxtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq toʻlovchi faoliyatining toʻxtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchidan, shuningdek rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan shaxslardan, soliq toʻlovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirish xatlari, axborotlar, maʼlumotlar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan soliq toʻlovchilarning rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblarni xatlovdan oʻtkazishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek naqd pul tushumining bankka oʻz vaqtida topshirilishini, shu bilan birga naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) belgilangan tartibda quyidagilarni olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq toʻlovchilarning hisob-kitob hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek ushbu hisobvaraqlarda mavjud pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport operatsiyalari amalga oshirilganligi va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi boshqa zarur maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xizmat vazifalari masalalari boʻyicha maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish, montaj, taʼmirlash va boshqa ishlarni nazorat oʻlchovidan oʻtkazish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-texnik vositalardan va usullardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari boʻyicha tushuntirishlar berish uchun soliq xizmati organlariga taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yoʻqotib qoʻyilgan yoki yoʻq qilingan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar summasini soliq toʻlovchi toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan axborotlar, shuningdek boshqa ana shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilish yoʻli bilan mustaqil ravishda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqilganligi, toʻliq undirilganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganda yoki hududlarni, binolarni, shu jumladan, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq joylarni tekshirish uchun davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq toʻlovchi maʼlum qilingan manzilda boʻlmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan holatlarda bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha sud tartibida chora-tadbirlar koʻrish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan holatlari bundan mustasno)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar sud tartibda qoʻllanadi, ular sodir etilgan huquqbuzarliklardagi aybini eʼtirof etgan va moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Soliq toʻlovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) soliq toʻlovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisida ularga nisbatan sudga daʼvolar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) soliq toʻlovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi toʻgʻrisida va soliq qarzini majburiy tartibda undirish boʻycha koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga talabnoma yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) soliq toʻlovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun mobaynida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini soliq qarzini, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan boʻlsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) yuridik shaxslarning foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitob boʻyicha budjetga toʻlanadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, joriy toʻlovlarni soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida bir martalik yigʻimning toʻliq tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara toʻlovini, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshirish, shu jumladan, naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shuningdek belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi faktlari boʻyicha surishtiruvgacha boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazish, ular boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash va surishtiruvlar oʻtkazish, keyinchalik ishlarni tergovga tegishliligiga qarab qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 — 16-kichik bandlari — davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq xizmati organlariga davlat statistika, axborot, arxiv, maʼlumotnoma tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berish yuzasidan xizmatlar (ishlar) bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq toʻlovchilarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq buzilishlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan aynan bir xil soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tekshirishlarni takroran oʻtkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Moddiy taʼminot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, dam olish va bayram kunlari uchun toʻlovlar, boshqa ustama, qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasining, shuningdek ularning hududiy tuzilmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortigʻi bilan bajarilganligi hamda soliq boʻyicha qarzlar miqdori pasaytirilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan oʻtkazish asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat soliq xizmati organlarining bosh boshqarmalari, boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa boʻlinmalari xodimlarini oy, chorak, yarim yildagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash respublika va mahalliy budjetlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortigʻi bilan bajarilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy koʻrsatkichlar bajarilganligi uchun davlat soliq xizmati tegishli organlarining rahbarlari qarorlari bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga toʻlovlar, shu jumladan mukofotlar manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat soliq qoʻmitasining raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vakolatlari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar chiqaradi, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlarni tasdiqlaydi hamda davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur holatlarda davlat soliq xizmati organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan mukofotlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni respublika davlat mukofotlari berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari oʻzlariga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hududiy davlat soliq xizmati organlarining shtat jadvallari davlat soliq boshqarmasi boshligʻi tomonidan, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni hamda yordamchi xodimlarning amaldagi hisob normativlari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar esa — Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat soliq qoʻmitasida Davlat soliq qoʻmitasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari va Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning soni va shaxsiy tarkibi Davlat soliq qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatining soliq qonunchiligiga rioya etilishini yanada taʼminlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining ularni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Hayʼat majlisiga Davlat soliq qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat agar uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Hayʼat qarorlari Davlat soliq qoʻmitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hayʼat raisi va aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat soliq qoʻmitasida soliq qonunlarini, shuningdek valyutani tartibga solish haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida qarorlar tayyorlash uchun Ekspert kengashi tuziladi. Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert kengashiga Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat soliq xizmati hududiy organlari faoliyatining, shu jumladan, hayʼat qarorlarini va Davlat soliq qoʻmitasi topshiriqlarini bajarish bilan bogʻliq eng muhim masalalarni hal etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida kengashlar tashkil qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari kengashlarining shaxsiy tarkibi tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi boshligʻining taqdimiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun davlat soliq boshqarmalarida maslahat-ekspert kengashlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat soliq qoʻmitasiga aholi oʻrtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzining matbaa organlarini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat soliq qoʻmitasida va davlat soliq xizmatining hududiy organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Davlat soliq qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga mansabdor shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibini va davlat xizmatini oʻtashi shart-sharoitlarini, ularni ragʻbatlantirishni va ularning masʼuliyatini, shuningdek ularga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi taʼriflardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlik lavozimlari — davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, davlat soliq xizmati organlari faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi, qoʻyilgan maqsadga erishish hamda davlat soliq xizmati organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlar bilan taʼminlovchi xodimlari lavozimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspektorlar tarkibi lavozimlari — mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan vakolatlar berilmagan holda davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq xizmati xodimlari lavozimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslariga (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) davlat soliq xizmati organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I darajali inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II darajali inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining III darajali inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining inspektori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va egallab turgan lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlari boshliqlari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshilarda sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslar tegishli davlat soliq xizmati organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat soliq xizmati organlarida xizmatga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qatʼi nazar, oʻzlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va maʼnaviy sifatlariga, maʼlumoti darajasiga va salomatligiga koʻra davlat soliq xizmati organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq xizmati organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi darajasidan kam boʻlmagan iqtisodiyot va huquq (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmalarda — kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlimi sohasidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar) sohasidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslardan tashqari, rahbarlik lavozimlari tanlov asosida mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tomonidan egallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovlar oʻtkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy ishga oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat soliq qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tarkibi taʼlimning iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga hamda davlat soliq xizmati organlarining soliq nazorati funksiyalari bilan bogʻliq boʻlinmalarida markaziy apparat xodimlari uchun — kamida 5 yil va hududiy boʻlinmalar xodimlari uchun — kamida 3 yil umumiy ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda olib tashlanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari boʻyicha boʻshatilgan hollar bundan mustasno), shuningdek boshqa organ va tashkilotlardan obroʻsini toʻkadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun boʻshatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmatga qabul qilayotgan shaxs bilan tegishli davlat soliq xizmati organi mehnat shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilish toʻgʻrisidagi namunaviy mehnat shartnomasi shakli Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi talablariga muvofiq uch oy sinov muddati bilan tayinlanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat soliq xizmati organiga xizmatga qabul qilingan shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmatni oʻtash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat soliq xizmati organlarida shtatdagi lavozimga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxs vazifasini asosiy yoki turdosh ixtisos boʻyicha olingan maʼlumotga muvofiq yoxud mavjud ish tajribasiga muvofiq bajarishi kerak. Boshqa ixtisos boʻyicha vazifalarni bajarish zarurati boʻlganda ular qayta tayyorlash va tajriba orttirishdan oʻtadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar yanada yuqori rahbarlik lavozimiga tasdiqlangungacha ushbu lavozimni bajarib turuvchi etib tayinlanishlari mumkin, bunda ularning vazifalarni bajarib turishi uzluksiz muddati uch oydan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindosh boʻlgan yoki yaqin qarindoshligi boʻlgan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) mansabdor shaxslarning, agar ularning xizmati bir-biriga bevosita boʻysunish yoki nazoratda boʻlish bilan bogʻliq boʻlsa, aynan bir davlat soliq xizmati organida xizmatni oʻtashiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mansabdor shaxslarni xizmat boʻyicha koʻtarish ularning amaliy ishda namoyon qilgan kasbiy, maʼnaviy va ishchanlik sifatlariga qarab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchanlik va maʼnaviy sifatlarini, kasb boʻyicha xizmatga layoqatini baholash hamda shaxsiy qobiliyati va ish tajribasiga muvofiq oqilona joylashtirish uchun mansabdor shaxslar har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari attestatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mansabdor shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashakkurnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mukofoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faxriy yorliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho sovgʻa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, navbatdan tashqari yoki navbatdagi maxsus unvon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatining Faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifasini bajarishda koʻrsatilgan mardlik va jasorati, xizmat vazifasini namunali bajarganligi uchun mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mukofotlariga, taqdirlashga taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo choralari mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash tartibi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korrupsiya va boshqa suiisteʼmolchiliklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va oldini olish, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini tizimli oʻrganish, shuningdek, davlat soliq xizmati turli yoʻnalishlarida bilim va tajribaga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini rotatsiya qilish tartibi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mansabdor shaxslarni boshqa lavozimlarga oʻtkazish mehnat haqida qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mansabdor shaxslar Davlat soliq qoʻmitasi taʼlim muassasalarida yoki boshqa taʼlim muassasalarida, kurslarda, seminarlarda belgilanadigan tartibda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik hamda malaka oshirishdan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mansabdor shaxslarni jismoniy tarbiya-sport boʻyicha tayyorlash ularning xizmat joylarida, Davlat soliq qoʻmitasi Davolash-sogʻlomlashtirish kompleksida (Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari, shuningdek Toshkent shahar davlat soliq inspeksiyalari xodimlari uchun) yoki Davlat soliq qoʻmitasi taʼlim muassasalarida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mansabdor shaxslarga mehnat taʼtillari berish tartibi mehnat haqidagi qonunlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlar, kompensatsiyalar, moddiy yordam berish tartibi va ularning manbalari Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslar xizmat faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tan jarohatlari olganda yoki halok boʻlganda bir yoʻla beriladigan nafaqalar toʻlash tartibi va miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mansabdor shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mansabdor shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mansabdor shaxslar boshliqlarining qasddan berilgan noqonuniy tusdagi buyruqlarini bajarmaslik huquqiga egadirlar, bunda ular yuqori turuvchi boshliqlar buyrugʻini bajarmaganlik sabablari haqida yuqori turuvchi organlarni xabardor qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mansabdor shaxslar ularga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash, shu jumladan, lavozimidan chetlatish yoki boʻshatish toʻgʻrisida qabul qilgan qarorlar yuzasidan yuqori tashkilotlarga va sudlarga shikoyat berishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mansabdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
formali kiyim-bosh kiyib yurishga majburdirlar. Davlat soliq xizmati organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mansabdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrindoshlik boʻyicha ishlash (ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofotlar yoki xizmatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarindoshlar, tanishlar va boshqa begona shaxslarning iltimosiga koʻra qonun hujjatlariga rioya etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish tashlashlar, siyosiy manifestatsiyalar va yurishlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini bajarish chogʻida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika davlat soliq xizmati organlari shaʼniga dogʻ tushiruvchi shaxslar bilan munosabat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarida uchinchi shaxslar ishi boʻyicha ishonchli vakillar yoki vakillar boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika va axborot bilan taʼminlash, moliya vositalaridan, davlatning boshqa mol-mulkidan, shuningdek, xizmat axborotlaridan lavozim vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mansabdor shaxslar tomonidan xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda, konferensiyalarda hamda ish (xizmat) tusidagi boshqa uchrashuvlarda olingan 200 AQSH dollariga teng miqdordan ortiq qimmatbaho sovgʻalar belgilangan tartibda budjet daromadiga oʻtkaziladi, ularning sport musobaqalarida, ijodiy va kasb boʻyicha tanlovlarda olgan shaxsiy sovrinlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mansabdor shaxslarning va ular oila aʼzolarining hayoti, salomatligi, shaʼni va qadr-qimmatini ushbu shaxslar tomonidan xizmat burchi bajarilishi munosabati bilan jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish amaldagi qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xizmat vazifalarini yoki xizmat burchini bajarish munosabati bilan mansabdor shaxs mol-mulkiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlaridan toʻlanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mansabdor shaxslar qonun hujjatlari talablariga, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasining xizmatni oʻtash va kadrlar bilan ishlash masalalari boʻyicha hujjatlari talablariga aniq rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat soliq xizmati organlari rahbarlari oʻzlariga boʻysunuvchi xodimlarni xizmati uchun xavfsiz, maqbul shart-sharoitlar bilan taʼminlashga, ularning qonun hujjatlarida, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasi hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini muhofaza qilishga, ularga xizmat boʻyicha koʻtarilish va madaniy hordiq uchun imkoniyatlar yaratishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mansabdor shaxslarga maxsus unvonlar berish va ularni maxsus unvonlardan mahrum qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslarga, attestatsiyadan ijobiy oʻtgan taqdirda, shtatlar roʻyxati boʻyicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, izchil tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati va unga idoraviy mansub taʼlim muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
Soliq xizmatining
bosh davlat maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Soliq xizmatining
I darajali davlat
maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Soliq xizmatining
II darajali davlat
maslahatchisi
Bosh boshqarma boshligʻi, mustaqil boshqarma boshligʻi, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari
Soliq xizmatining
III darajali davlat
maslahatchisi
Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining oʻrinbosarlari, bosh boshqarmada boshqarma boshligʻi, mustaqil boʻlim boshligʻi, rais kotibiyati mudiri, rais yordamchisi, rais huzuridagi kotibiyat katta referenti, navbatchi qism boshligʻi
Soliq xizmatining
I darajali maslahatchisi
Bosh boshqarma yoki boshqarma boʻlimi boshligʻi, boshqarmada boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, raisning birinchi oʻrinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining oʻrinbosari, davlat soliq bosh inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shuʼba boshliqlari, bosh yuriskonsult, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis
Soliq xizmatining
II darajali maslahatchisi
Yetakchi mutaxassis, davlat soliq katta inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori
Soliq xizmatining
III darajali maslahatchisi
Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining oʻqituvchilari, Soliq akademiyasining ilmiy kengashi kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
Soliq xizmatining
III darajali davlat
maslahatchisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, oʻrinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boʻlim boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari
Soliq xizmatining
I darajali maslahatchisi
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari va mustaqil shuʼbalarning boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari mustaqil boʻlimlari va shuʼbalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, viloyatlar markazlaridagi shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari oʻrinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari
Soliq xizmatining
II darajali maslahatchisi
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining boʻlimdagi shuʼba boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorlari, tezkor xodimlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari oʻrinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari boʻlimlari boshliqlari, bosh surishtiruvchilar
Soliq xizmatining
III darajali maslahatchisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, navbatchi qism navbatchilari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, tezkor xodimlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari, uchastka davlat soliq bosh inspektorlari, katta surishtiruvchilar
Soliq xizmatining
I darajali inspektori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, uchastka davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar
Soliq xizmatining
II darajali inspektori
Davlat soliq inspeksiyalarining uchastka davlat soliq inspektorlari, yetakchi mutaxassislar
Soliq xizmatining
III darajali inspektori
Davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I darajali mutaxassislar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davlat soliq xizmati organlarida ishlaydigan, lavozimi ushbu jadvalda koʻrsatilmagan shaxslarga maxsus unvonlar Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan egallab turgan lavozimi boʻyicha tenglashtirilgan maqomiga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mansabdor shaxslarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi, soliq xizmatining I darajali inspektori maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori maxsus unvonlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy mansub taʼlim muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan beriladi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida keltirilgan maxsus unvonlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mansabdor shaxslar maxsus unvonda xizmat qilishining quyidagi muddatlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi — 4 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi — 4 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi — 3 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining I darajali inspektori — 3 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining II darajali inspektori — 2 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining III darajali inspektori — 2 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmatining inspektori — 1 yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi uchun maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Maxsus unvonda xizmat qilish muddati maxsus unvon berish toʻgʻrisidagi buyruq chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning pasaytirilgan maxsus unvonda boʻlgan vaqti tiklangan unvondagi xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Rahbarlik lavozimiga yangi qabul qilingan mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozimi boʻyicha sinov muddati tugagandan keyin beriladi, soliq xizmatining inspektori maxsus unvoni bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mansabdor shaxslarga, yanada yuqoriroq unvon beriladigan lavozimga oʻtkazilganda va tayinlanganda, unga navbatdagi maxsus unvonni, yangi lavozimda boʻlish muddatidan qatʼi nazar, va navbatda va muddatlarga rioya qilmasdan olish huquqi beriladi, biroq mazkur unvon uning maxsus unvonidan ikki darajadan yuqori boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Intizomiy jazo olgan yoxud unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan yoki qonunchilikni yoki xizmat intizomini buzganlik fakti boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvonlarni berishga yoki ragʻbatlantirishga tavsiya etish intizomiy jazo olib tashlangungacha yoxud jinoiy ish ozod qiluvchi asoslar boʻyicha toʻxtatilgungacha yoki xizmat tekshiruvi tugagungacha amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Istisno tartibida, vakolatli mansabdor shaxslar navbatdagi maxsus unvonlarni muddatidan oldin yoki egallab turilgan shtatdagi lavozim boʻyicha belgilangandan bir daraja yuqori unvonni quyidagi mezonlar boʻyicha olishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat burchini bajarish vaqtida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va mardligi uchun — egallab turilgan maxsus unvondagi xizmat muddatidan qatʼi nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini vijdonan bajargani va ishdagi yuksak yutuqlari uchun — maxsus unvon boʻyicha belgilangan xizmat muddatining kamida yarmi oʻtgandan keyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozim boʻyicha belgilangandan bir daraja yuqori unvon davlat soliq xizmati organlaridagi xizmatning butun davri mobaynida faqat bir marta berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati masʼul tarkibiy tuzilmasi, davlat soliq xizmatining hududiy organi va idoraviy mansub taʼlim muassasasi rahbari oʻz xodimlarining maxsus unvondagi xizmat muddati tugagach bir oy muddatda navbatdagi unvon berish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvon berishga taqdim etish asossiz ravishda kechiktirilgan taqdirda yuqorida keltirilgan shaxslar mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Idoralararo rotatsiya tariqasida davlat soliq xizmati organlaridagi lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar amaldagi unvonlar va darajali unvonlarga teng ravishda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mansabdor shaxslarga berilgan maxsus unvonlar ularda umrbod saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ilgari berilgan maxsus unvonlar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar egallab turilgan lavozim yanada yuqoriroq unvonni taqozo etsa, u holda ushbu unvon sinov muddati tugagach beriladi va u ilgarigi maxsus unvondan koʻpi bilan ikki daraja yuqori boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar egallab turilgan lavozim pastroq maxsus unvonni taqozo etsa, u holda xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ularning ilgari berilgan maxsus unvoni saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mansabdor shaxslarga navbatdagi maxsus unvon berishga tavsiya etishni kechiktirish, maxsus unvonni bir darajaga pasaytirish Davlat soliq qoʻmitasining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, tegishli darajalardagi boshqarma rahbarlari taqdimnomasiga binoan xizmat burchini buzganlik, xizmat vazifalarini zarur tarzda bajarmaganlik uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus unvoni pasaytirilgan mansabdor shaxslar ilgarigi maxsus unvoniga Davlat soliq qoʻmitasining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishli darajalardagi boshqarmalar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan tiklanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslar ilgarigi maxsus unvonga tiklangunlarigacha ularga navbatdagi unvon berilishiga yoki ularning maxsus unvoni takroran pasaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Mansabdor shaxslar maxsus unvondan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim oʻz nomiga isnod keltiruvchi qilmishlari uchun davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir etganlik uchun — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Maxsus unvonlarga ega boʻlgan mansabdor shaxslarga har oyda maxsus unvon va koʻp yil xizmat qilganligi uchun ustama haq toʻlanadi. Maxsus unvon uchun (maxsus unvon berilgan vaqtdan boshlab toʻlanadigan) va koʻp yil xizmat qilganligi uchun (ish stajiga koʻra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlar bilan (mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp yil xizmat qilganlik uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Soliq akademiyasiga va soliq kollejlariga ishga qabul qilingan va oʻtkazilgan mansabdor shaxslarda ularning ilgarigi maxsus unvoni, shuningdek, maxsus unvon va koʻp yil xizmat qilganlik uchun ustamalar toʻlash tartibi saqlanib qoladi. Soliq akademiyasida va soliq kollejlarida ishlagan vaqt davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytib kelinganda maxsus unvondagi xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 bob. Xizmatdan boʻshatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Mansabdor shaxslarni xizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Jinoyat sodir etganlik uchun sud tomonidan jazolangan mansabdor shaxslar hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vafot etgan, halok boʻlgan yoki belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilgan mansabdor shaxslar davlat soliq xizmati organlarining xodimlar tarkibidan chiqariladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus unvon nomi
Lavozim maoshiga qoʻshimcha haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi
0,65
Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi
0,60
Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi
0,55
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
0,50
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
0,45
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
0,40
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
0,35
Soliq xizmatining I darajali inspektori
0,30
Soliq xizmatining II darajali inspektori
0,25
Soliq xizmatining III darajali inspektori
0,20
Soliq xizmatining inspektori
0,15
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga koʻp yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish staji
Lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)
Ajratiladigan mablagʻlarni oʻzlashtirish hajmi va muddati
Moliyalashtirish manbalari
Ijro uchun masʼullar
Kapital qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash
1.
Davlat soliq xizmati hududiy organlarining maʼmuriy binolarini rekonstruksiya qilish.**
(jami 11 ta obyekt, yiliga 2 ta obyektdan, shu jumladan 2017-yilda — Sirdaryo viloyati DSB va Qoʻshrabod tumani DSI)
40,1
2017-yilda — 7,4 mlrd soʻm,
2018-yilda — 8,0 mlrd soʻm,
2019-yilda — 8,0 mlrd soʻm,
2020-yilda — 8,2 mlrd soʻm,
2021-yilda — 8,5 mlrd soʻm
Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari deb ataladi)
DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar
2.
Davlat soliq qoʻmitasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.**
(xodimlar uchun xizmat turar joyi sifatida yotoqxona binosi, fuqarolarni qabul qilish binosi va isitish qozonxonasi)
4,0
2017-yil oxirigacha
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar
3.
Davlat soliq xizmati hududiy organlarining maʼmuriy binolarini kapital taʼmirlash.**
(Jami 68 ta obyekt, har yili 13 tadan obyekt hisobida)
49,7
2017-yilda — 9,2 mlrd soʻm,
2018-yilda — 9,5 mlrd.soʻm,
2019-yilda — 10,5 mlrd soʻm,
2020-yilda — 10,0 mlrd soʻm,
2021-yilda — 10,5 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar
4.
Hududiy davlat soliq boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari uchun xizmat uy-joylari qurish.
(DSB uchun 13 ta uy;
DSI uchun 182 ta uy)
35,6
2017-yilda — 18,0 mlrd soʻm,
2018-yilda — 17,6 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash
5.
Formali kiyim-bosh tikish.
(davlat soliq xizmati organlari asosiy xodimlarining 12131 shtat birliklari uchun),
(50 foiz Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan va 50 foiz DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan)
15,7
2017-yilda — 5,0 mlrd soʻm,
2018-yilda — 2,8 mlrd soʻm,
2018-yilda — 7,9 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
Respublika budjeti mablagʻlari
Moliya vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar
6.
Hududiy soliq organlari uchun mebel sotib olish.
(yiliga 3 ta DSB va 36 ta DSI uchun)
12,9
2017-yilda — 1,2 mlrd soʻm,
2018-yilda — 2,4 mlrd soʻm,
2019-yilda — 3,0 mlrd soʻm,
2020-yilda — 3,0 mlrd soʻm,
2021-yilda — 3,3 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, SSP,
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi
7.
Xizmat avtomashinalarini xarid qilish.
(jami 69 ta avtomashina)
5,5
2017-yilda — 0,3 mlrd soʻm,
2018-yilda — 0,3 mlrd soʻm,
2019-yilda — 0,3 mlrd soʻm,
2020-yilda — 4,3 mlrd soʻm,
2021-yilda — 0,3 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AK
8.
Muqobil energiya manbalari — quyosh batareyalarini va energiya tejaydigan zamonaviy qozonxonalar oʻrnatish.
13,2
2017-yilda — 1,1 mlrd soʻm,
2018-yilda — 0,2 mlrd soʻm,
2019-yilda — 0,3 mlrd soʻm,
2020-yilda — 11,6 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
9.
Axborot tizimlari va axborot resurslarini takomillashtirish.
(10 dasturiy mahsulot va 34 avtomatlashtirilgan axborot tizimi)
5,1
2018-yilda — 1,2 mlrd soʻm,
2019-yilda — 1,3 mlrd soʻm,
2020-yilda — 1,3 mlrd soʻm,
2021-yilda — 1,3 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
10.
Soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uskunalari va serverlarini yangilash va ularning hisoblash quvvatini oshirish.
(server va boshqa hisoblash uskunalari majmuasi)
26,5
2019-yilda — 26,5 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
11.
Kompyuterlar va kommunikatsiya uskunalarini yangilash.
(2018-yilda 1176 ta kompyuter, 210 ta skaner va 1000 ta printer.
2020-yilda 1562 ta kompyuter.
2021-yilda 1562 ta kompyuter va 220 kommunikatsiya uskunalari toʻplami)
37,5
2018-yilda — 10,5 mlrd soʻm,
2020-yilda — 10,0 mlrd soʻm,
2021-yilda — 17,0 mlrd soʻm
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
12.
Davlat soliq qoʻmitasi oʻquv muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiya va AKTni joriy qilish.
30,0
har yili 6,0 mlrd. soʻmdan
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari
DSQ, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Soliq akademiyasi, Toshkent, Buxoro va Fargʻona soliq kollejlari
Jami:
275,8
2017-yilda — 52,2 mlrd soʻm,
2018-yilda — 66,4 mlrd soʻm,
2019-yilda — 55,9 mlrd soʻm,
2020-yilda — 54,4 mlrd soʻm,
2021-yilda — 46,9 mlrd soʻm
Davlat budjeti mablagʻlari — 7,9 mlrd soʻm,
DSQning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari — 267,9 mlrd soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Xarajatlar summasi narxlarning amalda shakllanishidan hamda Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga mablagʻlar tushishi hajmidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari tasdiqlangan manzilli roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshlaridagi “10” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 8-pozitsiyasidagi “Ajratmalar miqdori” ustunidagi “10” va “10***” raqamlari tegishli ravishda “25” va “25***” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibidagi Maxsus nazorat boshqarmasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 28-dekabrdagi 595-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibida valyuta tushumlarini nazorat qilish boʻyicha maxsus boʻlinmalar tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 26-apreldagi 191-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni ishlash boʻyicha yagona kompyuter tizimini yaratish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 388-son qarorining 2 va 3-bandlari, shuningdek, qarorga 2, 3 va 4-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-2-son, 10-modda) 2-ilovaning 44-pozitsiyasi va 3-ilovaning 81-pozitsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 25-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2007-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 44-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 21-maydagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 24-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2012-yil 13-dekabrdagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 85-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 13-modda) ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 29 va 99-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2016-yil 25-maydagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 44-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)