1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibitoʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 30-maydagi 5-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-5, 20.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2025-y., 10/25/2923-5/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2923]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 29-iyuldagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-3, 05.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 10/22/2923-3/0719-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibitoʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 30-maydagi 5-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-5, 20.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2025-y., 10/25/2923-5/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais R. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turi— sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrilishi bilan ajralib turuvchi, sport musobaqalarini oʻtkazishga va ularda ishtirok etishga doir talablar va shartlar belgilanadigan qoidalarga (nizomga, reglamentga) ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 5-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-6, 30.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 10/26/2923-6/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turining tarmogʻi — farqlovchi belgilarga ega boʻlgan hamda bitta yoki bir nechta sport musobaqalari dasturlari turlarini oʻz ichiga oladigan sport turining qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni reyestrga kiritish va undan chiqarish hamda reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport turini yoki sport turining tarmogʻini eʼtirof etish uchun u sport turiga yoki sport turining tarmogʻiga mos belgiga, sport turi qoidalariga, mashgʻulot oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari va uslubiyatiga, sport infratuzilmasiga, foydalaniladigan sport anjomlari va jihozlariga ega boʻlishi hamda sport mashgʻulotlari va sport musobaqalarini oʻtkazish talablariga javob beradigan sport infratuzilmasi mavjud boʻlishi, shuningdek sportchilarning ishtirok etishiga, odamning jismoniy va aqliy rivojlanish qobiliyatini hamda harakat faolligini takomillashtirishga, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 5-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-6, 30.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 10/26/2923-6/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasida rivojlantirilayotgan sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha yagona bazani yaratish maqsadida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish uchun qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sport turlari va sport turining tarmoqlari eʼtirof etilishi uchun ular quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari va sport turi tarmoqlari boshqa eʼtirof etilgan sport turlaridan va sport turi tarmoqlaridan hamda ularning qoidalari mazmuni, musobaqalar jarayonlari va ularni baholash usullari, mashgʻulot joyi, foydalaniladigan sport anjomlari (himoya vositalaridan tashqari) va jihozlari boʻyicha ajralib turuvchi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etilgan sport turlari va sport turi tarmoqlarining nomlaridan farqlanuvchi hamda qisqartmalardan foydalanilmagan oʻzining nomiga ega boʻlishi (sport turi tarmoqlarini hisobga olmaganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida sport mashgʻulotlari va sport musobaqalarini oʻtkazish talablariga javob beradigan sport infratuzilmasining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha xalqaro sport tashkilotining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalar, nizom (reglament) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli darajadagi sport musobaqalariga sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari va sport turining tarmoqlari maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) kamida yettitasida rivojlanganligi, ushbu Nizomga 2-ilovasida nazarda tutilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, zoʻravonlik va shafqatsizlikni, ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa murosasizlikni hamda kamsitishning har qanday shaklini targʻib qilmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish vakolatli organ tomonidan, istisno tariqasida, reyestrga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari arizasi asosida vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 6-bandi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sport turi yoki sport turi tarmogʻining aniq nomi koʻrsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalar, nizom (reglament);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida sport turlari yoki sport turining tarmoqlari rivojlanayotganligi toʻgʻrisida sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan doimiy faoliyat yuritadigan Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish va reyestrdan chiqarish boʻyicha ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda Ekspert komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspert komissiyasi 11 nafar kishidan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi, unga vakolatli organning tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari yoki mutaxassislari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasiga vakolatli organ rahbarining tegishli oʻrinbosari raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida vakolatli organ Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizom talablariga asosan eʼtirof etilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qarordan koʻchirma Hayʼat yigʻilishidan soʻng besh ish kuni ichida arizachiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti vakolatli organ Hayʼati tomonidan qabul qilingan sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etishni rad toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ tomonidan eʼtirof etilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari har toʻrt yilda bir marotaba mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga muvofiq ekanligi boʻyicha qayta koʻrib chiqiladi, oxirgi Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari va sport turining tarmoqlarini mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi yoki taqdim etilgan hujjatlarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddam vakolatli organ Hayʼati tomonidan qabul qilingan sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini reyestrga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Reyestr vakolatli organ tomonidan eʼtirof etilgan sport turlarining tizimlashtirilgan roʻyxatidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Reyestr quyidagi oltita boʻlimdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi boʻlim — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi boʻlim — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi boʻlim — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi boʻlim — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan adaptiv sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi boʻlim — milliy sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi boʻlim — xalq oʻyinlari (etnosport).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Reyestrga kiritilgan sport turi va sport turining tarmoqlariga oʻn bitta belgidan iborat tartib raqami (kod) beriladi. Har bir son quyidagilarni aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi, ikkinchi va uchinchi sonlar — sport turining bazali tartib raqami 001 dan 999 gacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻrtinchi va beshinchi sonlar — sport turi tarmoqlarining bazali tartib raqami 01 dan 99 gacha, sport turi tarmoqlar boʻlmasa — 00;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oltinchi son — sport bilan shugʻullanish mavsumini hamda oʻyinli va oʻyinli emas sport turini aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0 — mavsumli emas, oʻyinli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — yozgi, oʻyinli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 — qishki, oʻyinli emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 — mavsumli emas, oʻyinli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 — yozgi, oʻyinli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 — qishki, oʻyinli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yettinchi va sakkizinchi sonlar — sport turining nufuzini aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01 — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
02 — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
03 — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
04 — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan adaptiv sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
05 — milliy sport turlari va ularning tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
06 — xalq oʻyinlari (etnosport);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) toʻqqizinchi son — sport turining idoraviy mansubligini bildiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0 — hech qanday tashkilotga mansub emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) oʻninchi son — maxsus belgi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0 — sport turi bilan shugʻullanish cheklanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 — faqat maxsus davlat tizimlarida rivojlantirish mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) oʻn birinchi son — sport turi bilan shugʻullanuvchilarning jinsini bildiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — erkaklar va ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 — erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 — ayollar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har bir sport turlari va sport turining tarmoqlariga berilgan raqam (kod)lar ular reyestrdan chiqarilgan taqdirda, ushbu raqam (kod)lar boshqa sport turlari va sport turining tarmoqlariga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Reyestrga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha quyidagilarga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maktablari va ularning boʻlimlarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli hududiy, respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarga sport unvonlari va razryadlarni, sport hakamlari va trenerlarga malaka toifalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan turli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda faoliyat olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari arizalari asosida Ekspert komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda berilgan xulosasiga muvofiq vakolatli organning navbatdagi Hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qarordan koʻchirma besh ish kuni ichida arizachiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini reyestrdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sport turlarini yoki sport turining tarmoqlarini reyestrdan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan sport turlarini yoki sport turining tarmoqlarini reyestrdan chiqarish yuzasidan berilgan arizalari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlarini yoki sport turining tarmoqlari boʻyicha sportchilar, trenerlar va oʻtkazilayotgan sport musobaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning vakolatli organning “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga bir yil davomida kiritilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari yoki sport turining tarmoqlari eʼtirof etilganidan keyin sport turi yoki sport turining tarmoqlari eʼtirof etilishiga toʻsqinlik qiluvchi faktlarning aniqlanganligi (qonunchilik hujjatlariga zid yoki soxta hujjat va maʼlumotlarni taqdim etilganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari yoki sport turining tarmoqlari eʼtirof etilganidan keyin bir yil davomida tegishli respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga taklif kiritilmaganligi yoki tasdiqlangan kalendar rejasi asosida sport tadbirlarini oʻtkazmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari yoki sport turining tarmoqlari eʼtirof etilganidan bir yil davomida tegishli respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularning zaxirasini shakllantirish va tasdiqlash uchun vakolatli organga taqdimnoma kiritilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari yoki sport turining tarmoqlari eʼtirof etilganidan keyin bir yil davomida reyestrdagi respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining faoliyat yuritmayotganligi yoki faoliyati tugatilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan qoidalar oxirgi Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizomning 20-bandida keltirilgan holatlar asosida sport turlari va sport turi tarmoqlarini reyestrdan chiqarish Ekspert komissiyasi tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda berilgan xulosasiga muvofiq vakolatli organning navbatdagi Hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qarordan koʻchirma besh ish kuni ichida sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga yuboriladi, faoliyati tugatilgan sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Reyestrni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Reyestr vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda elektron koʻrinishida davlat tilida yuritiladi, reyestrdagi sport turlari va sport turi tarmoqlarining nomlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan sport turini yoki sport turining tarmogʻini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida vakolatli organning hayʼat qarori qabul qilingandan keyin uch kun ichida vakolatli organning tegishli masalani Hayʼat muhokamasiga taqdim etgan boʻlimning masʼul xodimi bu haqda reyestrga tegishli yozuv kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Reyestrning nusxasi vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida muntazam yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sport turlari boʻyicha reyestrga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari takroran eʼtirof etilishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, muqaddam reyestrga kiritilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari ushbu Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq yangi raqam (kod) berish orqali qaytadan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vakolatli organning Hayʼati qaroridan hamda uning aʼzolarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish, chiqarishhamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SPORT TURLARI REYESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Sport turining nomi
Sport turining xos raqam kodi
Sport turi tarmogʻining nomi
Sport turi tarmogʻining xos raqam kodi
Sport turi yoki sport turi tarmogʻini eʼtirof etish uchun ariza kiritgan sport federatsiyasi (uyushmasi), jismoniy tarbiya-sport tashkiloti
Sport turlari va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etilgan sana
Sport turlari va sport turining tarmoqlarini Reyestrdan chiqarilgan sana
a
b
v
g
d
e
yo
Birinchi boʻlim — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari
1.
2.
...
Ikkinchi boʻlim — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari va ularning tarmoqlari
1.
2.
...
Uchinchi boʻlim — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari va ularning tarmoqlari
1.
2.
...
Toʻrtinchi boʻlim — Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilmagan adaptiv sport turlari va ularning tarmoqlari
1.
2.
...
Beshinchi boʻlim — Milliy sport turlari va ularning tarmoqlari
1.
2.
...
Oltinchi boʻlim — xalq oʻyinlari (etnosport)
1.
2.
..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish, chiqarishhamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda rivojlanganligi istisno etiluvchi sport turi yoki sport turining tarmoqlarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RUYXATI

Sport turi yoʻnalishlari nomi
Sport turlari va sport turining tarmoqlarini nomi
Adaptiv sport turlari
Paralimpiya sport turlari
Bochcha
Golbol
Para akademik eshkak eshish
Para badminton
Para voleybol
Para velosport (trek va shosse)
Para dzyudo
Para yengil atletika
Para kamondan otish
Para kanoeda eshkak eshish
Para qilichbozlik
Para pauerlifting
Para suzish
Para stol tennisi
Para taekvondo
Para triatlon
Para oʻq otish
Para basketbol aravachada
Para regbi aravachada
Para tennis aravachada
5x5 futbol (koʻzi ojizlar futboli)
Para qoyani zabt etish
Para ot sporti
Para togʻ changʻisi
Para snoubord
Para xokkey
Para biatlon
Para togʻ changʻi sporti
Aravachada kyorling
Para armrestling
Koʻzi ojizlar sport turlari (koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar)
Velosport-tandem
Velosport-shosse
Pauerlifting
Stol tennisi (showdown)
Shaxmat
Tor-bol
Futzal
Surdlimpiya sport turlari
(kar va zaif eshituvchilar)
Badminton
Basketbol
Velosport-shosse
Voleybol
Sohil voleyboli
Dzyudo
Yengil atletika
Karate (WKF)
Stol tennisi
Suv polosi
Suzish
Taekvondo (WT)
Tennis
Oʻq otish
Futbol
Futzal
Shaxmat
Erkin kurash
Yunon-rum kurashi
Pauerlifting
Bouling
Gandbol
Maxsus olimpiada sport turlari (aqliy va intellektual rivojlanishda nuqsoni mavjud)
Basketbol
Badminton
Bouling
Bochcha
Badiiy gimnastika
Voleybol
Dzyudo
Yengil atletika
Sport gimnastikasi
Stol tennisi
Suzish
Futbol (7x7)
Futzal
Snoubord
Snoushuing
Togʻ changʻisi
Konkida poyga
Figurali uchish
Changʻi sporti
Gandbol
Boshqa adaptiv sport turlari*
Armrestling
Para karate
Tosh koʻtarish
Pauerlifting
Shaxmat
Shashka
Kibersport
Futbol (amputantlar)
Noolimpiya sport turlari
Avtomobil sport turi
Karting
Karting slalom
Avto slalom
Ralli
Avtokross
Aylanma poyga
Drift va boshqa yoʻnalishlari
Qishki sport turlari
Qishki Osiyo, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: *Paralimpiya oʻyinlari, aqliy nuqsonlilar, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar va surdlimpiya oʻyinlarining xalqaro dasturiga kiritilmagan boshqa adaptiv sport turlari.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 30-maydagi 5-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2923-5, 20.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2025-y., 10/25/2923-5/0529-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 939-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2923-1/2342-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/2923-2/1023-son; 05.08.2022-y., 10/22/2923-3/0719-son; 23.11.2023-y., 10/23/2923-4/0877-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 21.06.2025-y., 10/25/2923-5/0529-son; 01.07.2026-y., 10/26/2923-6/0661-son)