Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5066-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-1378-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-avgust,
PF-5168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-avgustdagi PF-5168-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-525-sonli qarorining 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli qarori bilan tasdiqlangan xavfli gidrometeorologiya va geologik hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olish hamda ularni tugatish boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning:
a) 5-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Uzgidromet” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Oʻzgidromet (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Oʻzgidromet (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-2053-sonli qarorining:
a) 1-ilovasidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovasi 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 917-modda)