Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024 29.08.2017 yildagi O‘RQ-441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-1002-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi 392–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan 669–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 169-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy ongini” degan so‘zlar “huquqiy madaniyatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7-modda. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, o‘z majlisida Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar va deputatlar guruhlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10-modda. Vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar va takliflarni alohida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “huquqlari va erkinliklarini” degan so‘zlar “huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12-modda. Vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan berilgan taqdirda esa, uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan shikoyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab shikoyatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ularning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda yoki himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaxslarni himoya qilish uchun o‘z tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini o‘tkazishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin bo‘lib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Vakil tomonidan choralar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 14-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“141-modda. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning Vakilga murojaat etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar (bundan buyon matnda qamoqda turgan shaxslar deb yuritiladi) yozma shakldagi murojaatlarni (xatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati qamoqda turgan shaxslarning murojaatlarini Vakilga muhrlangan tarzda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga darhol yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirayotganda Vakil jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Vakilning xavfsizligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 15-moddaning to‘rtinchi qismidagi “vazifalarini bajarishga” degan so‘zlar “faoliyatiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 18-moddaning uchinchi qismidagi “yoki” degan so‘z “va” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 19-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya” degan so‘zlar “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Komissiya tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari, inson huquqlari va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan olimlar jumlasidan tuziladi. Komissiya tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham maslahat ovozi huquqi bilan kirishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “Reglamentga” degan so‘z “Nizomga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Komissiya o‘z vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) quyidagi mazmundagi 201 208-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201-modda. Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari ko‘rib chiqishi uchun qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda ishtirok etishi yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi, loyihalarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ishtirok etishi hamda muhokama etilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha takliflar va mulohazalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalari, usullari va mexanizmlariga o‘qitishga qaratilgan ma’rifiy va ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda seminarlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi to‘g‘risida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-modda. Vakilning parlament nazoratining boshqa subyektlari bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir ayrim masalalar yuzasidan ma’ruza kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205-modda. Vakilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-modda. Vakilning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy dasturlarni, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Vakil tomonidan shakllantiriladigan ishchi va ekspert guruhlari, komissiyalar va boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasida mavjud materiallar to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan axborot almashuvini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-modda. Vakil faoliyatining ochiqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil manfaatdor shaxslarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining Vakil faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Vakilning rasmiy veb-saytida joylashtiradi va yangilab turadi, Vakilning yillik hisobotini, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ma’ruzalarini va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-modda. Vakilning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil Komissiya a’zolari orasidan o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mintaqada yashovchi jismoniy shaxslarning yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilish, shuningdek ulardan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorakda Vakilga axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arz qiluvchining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir axborotni Vakilning ruxsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakili inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning mintaqaviy vakiliga Vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakil faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-441-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 916-modda)