Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020 22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2914
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining qarori, 22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2914
Kuchga kirish sanasi
28.08.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2914]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 30-dekabrdagi 45, 104 va 38-son “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2914-1, 31.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2017-yil 14-iyul,

22-son

Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-son

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli qaroriga
1-ILOVA

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandiri tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari uchun ballarni hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Guruh (bo‘linma) komandirlari tomonidan haftalik davriylik asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muddatli harbiy xizmatchilarning hafta davomidagi reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash quyidagi uchta baholash mezoni bo‘yicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I — o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi;

II — kundalik xizmat faoliyati uchun berilgan ball;

III — qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ball.

O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi, shuningdek kundalik xizmat faoliyati uchun hamda qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ballar haftalik asosda butun o‘quv yili davomida hisoblab boriladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallarida muddatli harbiy xizmatchiga o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar ularning o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi. Bunda, barcha o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholar yig‘indisi o‘tilgan o‘quv fanlarining soniga bo‘linadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi hafta davomida otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida 4 baho, taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 5 baho, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 4 baho olgan bo‘lsa, o‘rtacha ko‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi: 4 + 5 + 4 = 13 : 3 = 4,3.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘quv yili yakunida test sinovlari o‘tkazilishidan oldin harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foiziga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda, uchta baholash mezoni bo‘yicha yakuniy o‘rtacha ko‘rsatgichi eng yuqori bo‘lgan hamda o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,0 dan 5 gacha bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda qo‘shimcha ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bir nechta muddatli harbiy xizmatchilarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolishi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmasa, ushbu harbiy xizmatchilarning barchasiga ballar beriladi. Umumiy bahosi 4,0 dan kam bo‘lgan harbiy xizmatchiga ballar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi uchun berilgan qo‘shimcha ball mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining yig‘ma vedomostiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kundalik xizmat faoliyati uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 6-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Reyting ko‘rsatkichlarining natijalari vzvod komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan kelishiladi hamda ko‘rib chiqish uchun vzvod komandiriga taqdim qilinadi. Muddatli harbiy xizmatchilar olgan reyting ko‘rsatkichlarining yakuniy natijalari hafta yakunida vzvod komandiri tomonidan e’lon qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Olingan reyting ko‘rsatkichlari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining vedomosti bilan rasmiylashtirilib, bo‘linmalarda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oy yakunlari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchilar reyting ko‘rsatkichlarining natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik vedomosti rasmiylashtiriladi hamda batalon komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning to‘rtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan bo‘linma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Batalon komandiri vzvod (bo‘linma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Haftalik reyting vedomostini rasmiylashtiradi va harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning to‘rtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. Haftalik reyting vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) butun o‘quv yili davomida muddatli harbiy xizmatchilarning reyting natijalarining haftalik monitoringini olib borishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jurnallari muddatli harbiy xizmatchilarning baholari hisoblab boriladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur jurnallarga o‘zgartirish kiritish va ularni yaroqsiz holatga keltirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir harbiy qismdagi harbiy intizom holati xolisona tarzda qayd etib borilishi zarur. Namunali harbiy intizom uchun harbiy xizmatchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlarining zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar muddatli harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida ko‘zda tutilgan tartibda namunali harbiy intizom uchun rag‘batlantirilsa (bundan oldin berilgan intizomiy ta’zir bekor qilinishi mustasno), harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) tomonidan unga 10 ball qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat davomida necha marta rag‘batlantirilganidan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmatchilarga namunali harbiy intizom uchun 10 balldan ko‘p ball qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunali harbiy intizom uchun berilayotgan ball mazkur Nizomning 4-ilovasining tegishli grafasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muddatli harbiy xizmatchilarning barcha rag‘batlantirilishlari harbiy qism komandirlarining buyruqlari bilan e’lon qilinadi. Har bir nomzod jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari uchun reyting ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda harbiy xizmatchining bevosita komandiri (boshlig‘i) bergan iltimosnomaga asosan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test sinovlari o‘tkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti tuziladi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti bevosita komandirlar, komandir o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi, harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomostining nusxasi shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin bo‘linmalarda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti tasdiqlangandan so‘ng olingan rag‘batlantirishlar uchun ballar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Test sinovlarini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM, deb yuritiladi) tomonidan har bir harbiy qismda test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlariga hech bir istisnosiz barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test sinovlarini o‘tkazishdan bir oy avval tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari DTM bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qo‘shin turlaridagi jangovar-xizmat vazifalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda muddatli harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik dasturlariga mos namunali test savollari tuziladi. Matematika va fizika fanlari bo‘yicha hamda mantiqiy test savollari DTM tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari ishtirokida umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini inobatga olgan holda tuziladi. Test savollari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda har yili tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan DTM bilan hamkorlikda qaytadan ko‘rib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi — jangovar tayyorgarlikdan, 20 tasi — ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdan, 10 tasi — matematikadan, 10 tasi — fizikadan, 20 tasi — mantiqiy savollardan iboratdir. Har bir to‘g‘ri javob uchun: jangovar tayyorgarlik bo‘yicha — 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha — 1,1 ball, matematika bo‘yicha — 1 ball, fizika bo‘yicha — 1 ball, mantiqiy savollar bo‘yicha — 1 ball. Test sinovi uchun 2 soat 30 daqiqa ajratiladi. Javob varaqalarini to‘ldirish uchun qo‘shimcha ravishda 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlarini o‘tkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. DTM dan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy ma’lumotlar olingandan so‘ng har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida to‘plagan ballari ko‘rsatilgan Yakuniy vedomost tuziladi. Yakuniy vedomost to‘plangan ballar pasayib boruvchi tartibda tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi. Yakuniy vedomost nusxasi shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTM dan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismlarning (muassasalarning) saf bo‘limida mazkur Nizomning 1, 2, 3, 4 va 7-ilovalariga muvofiq tuzilgan vedomostlar ro‘yxatga olinadi va ularning qat’iy hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tavsiyanomalarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni qabul qilish uchun harbiy qism komandiri boshchiligida har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, uning xizmat faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali harbiy intizomi, o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi va qo‘shimcha ball miqdori, shuningdek to‘plangan ballarning umumiy yig‘indisi e’lon qilinadi. Harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risida xolisona qaror qabul qilish mas’uliyati shaxsan harbiy qism komandirining zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta muddatli harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball to‘plagani natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ushbu harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda beriladigan tavsiyanomalar sonini oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xizmat mobaynida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlarining natijalaridan qat’i nazar, tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash mobaynida qo‘pol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan muddatli harbiy xizmatchi, agar ular bo‘yicha xizmat surishtiruvlari o‘tkazilgan va harbiy qism komandirlarining tegishli buyruqlari mavjud bo‘lsa, to‘plagan ballari miqdoridan qat’i nazar, tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilgan taqdirda harbiy qism komandirining ushbu harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘iga quyidagi mazmundagi band kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765- son Qaroriga muvofiq, o‘z harbiy burchini vijdonan ado etgan ______________________________ ga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berildi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” bo‘limiga quyidagi mazmunga ega yozuv kiritiladi: “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali ____________ raqamli tavsiyanoma berildi”. Ushbu yozuv harbiy qism shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilayotgan muddatli harbiy xizmatchiga boshqa hujjatlar bilan birga tantanali tarzda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tavsiyanoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent bosma fabrikasida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va butligini ta’minlash hamda ulardan maqsadli foydalanish mas’uliyati harbiy qism komandirlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari ko‘rsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan harbiy xizmatchilar ro‘yxati va harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli bo‘linmalariga taqdim etiladi. Berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari harbiy qism arxivida besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma o‘rniga tavsiyanoma egasining arizasi bo‘yicha harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan tavsiyanoma dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yo‘qotganligi haqida davriy nashrda e’lon qilishi hamda harbiy qismga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma dublikati yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuvi bo‘lgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________” da berilgan ________-sonli tavsiyanoma o‘rniga berilgan” degan qayd yoziladi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Reyting natijalarining
VEDOMOSTI

20__/___ o‘quv yili________ oyi uchun

qism: “_______________” _____guruhi

T/r

Harbiy unvoni F.I.O.

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

*

**

***

*

**

***

*

**

***

*

**

***

1.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

2.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

3.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

____________________________

komandiri

_____________________

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. * Uchta baholash mezoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I — o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II — kundalik xizmat faoliyati uchun berilgan ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III — qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ** Har bir baholash mezoni bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. *** Uchta baholash mezoni bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi, shuningdek qavsda o‘quv fanlaridan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi alohida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘rtacha ko‘rsatkich” grafasiga to‘rt hafta davomida har bir baholash mezoni bo‘yicha to‘plangan ko‘rsatkichlar yig‘indisining umumiy o‘rtacha qiymati, shuningdek qavsda o‘quv fanlari bo‘yicha olingan baholarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Reyting natijalarining oylik
VEDOMOSTI

20__/___ o‘quv yili______ oyi uchun

qism: “____________”

_____guruhi

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

20___ yil _______

oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkich

1

2

3

4

5

6

7

1.

2.

3.

____________________________

komandiri

___________________

(F.I.O)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 4, 5, 6-grafalarga mazkur Nizomning 1-ilovasining tegishli grafalaridagi ko‘rsatkichlar kiritiladi, ya’ni tegishli haftada uchta baholash mezoni bo‘yicha to‘plangan ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati, shuningdek qavsda o‘quv fanlari bo‘yicha olingan baholarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi. 7-grafaga 3, 4, 5, 6-grafalardagi ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

T.r.

F.I.O.

201__ yil _______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil _____oyi

201__ yil _____oyi

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

Yakuniy

o‘rtacha ko‘rsatkich

1.

2.

3.

Ko‘rsatkichlar to‘g‘riligini tasdiqlayman

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(ha�biy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

____________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)v

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

_________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “201__ yil ________oyi” grafasiga mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasining 3, 4, 5, 6 va 7-grafalaridagi ko‘rsatkichlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkich” grafasiga jadvaldagi “O‘rtacha ko‘rsatkich” grafasida keltirilgan ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

00000- HARBIY QISM
KOMANDIRI

Reyting natijalarining

YIG‘MA VEDOMOSTI

20__-__ o‘quv yili

20 ___ yil “___” __________

______________

(bo‘linma nomi)

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

O‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi va qo‘shimcha ball miqdori

Namunali harbiy intizom uchun ball

Umumiy ball miqdori

o‘quv fanlaridan qo‘yilgan yakuniy o‘rtacha ko‘rsatkichi

qo‘shimcha ball miqdori

kim tomonidan rag‘batlantirilgan

(buyruq soni)

ball miqdori

1.

2.

Harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i

Harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib

bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining front orti bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari

Batalon (vzvod) komandiri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Muddatli harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezonlari

1. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 5 ball qo‘yiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni a’lo darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni aniq va o‘z vaqtida va a’lo bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli va namunali holatda saqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy intizom talablariga qat’iy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;

hamisha Nizom bo‘yicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;

kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, o‘zini zararli odatlardan to‘liq tiysa;

kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yig‘ilishlari, hashar, park xo‘jalik ishlarida va hokazo) faol va muntazam ishtirok etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 4 ball qo‘yiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni yaxshi darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy intizom talablariga qat’iy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamisha Nizom bo‘yicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, o‘zini zararli odatlardan to‘liq tiysa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yig‘ilishlari, hashar, park xo‘jalik ishlarida va hokazo) muntazam ishtirok etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 3 ball qo‘yiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarli darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy intizom talablariga qat’iy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom bo‘yicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, o‘zini zararli odatlardan to‘liq tiya olmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yig‘ilishlari, hashar, park xo‘jalik ishlarida va hokazo) muntazam ishtirok etmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 2 ball qo‘yiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarsiz darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni doimo yaroqli holatda saqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki tanbehdan so‘ng harbiy intizom talablariga rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki tanbehdan so‘ng Nizom bo‘yicha kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;

og‘zaki tanbehdan so‘ng kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablariga rioya etib, o‘zini zararli odatlardan to‘liq tiya olmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yig‘ilishlari, hashar, park xo‘jalik ishlarida va hokazo) befarq ishtirok etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 1 ball qo‘yiladi:

uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarsiz darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni tanbehdan so‘ng bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki tanbehdan so‘ng harbiy intizom talablariga rioya etib, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalarini bajarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki tanbehdan so‘ng Nizom bo‘yicha kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘zaki tanbehdan so‘ng kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish qoidalariga rioya etib, o‘zini zararli odatlardan to‘liq tiya olmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundalik amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yig‘ilishlari, hashar, park xo‘jalik ishlarida va hokazo) sovuqqon ishtirok etsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hafta davomida intizomiy ta’zir olganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6- ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatchilarning qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 5 ball qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash bo‘yicha maxsus majburiyatlarni va yo‘riqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib bera olsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qilsa, mardlik va oqilona tashabbuskorlik ko‘rsatsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri olib borsa, xizmatning qanday o‘tilayotganini tekshirish uchun kelgan shaxslar tomonidan uning yaxshi tomonlari qayd qilinsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 4 ball qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash bo‘yicha maxsus majburiyatlarni va yo‘riqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib bera olsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qilsa, biroq topshiriqlarni bajarish vaqtida nazorat talab qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri olib borsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 3 ball qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash bo‘yicha maxsus majburiyatlarni va yo‘riqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, biroq majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib berishda qiynalsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qila olmasa, topshiriqlarni bajarish vaqtida faol ishtirok etmay, doimiy ravishda nazorat talab qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri olib borsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 2 ball qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash bo‘yicha maxsus majburiyatlarni va yo‘riqnomani bilsa, biroq bildiruv berish vaqtida materiallarni bayon qilish va majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib berishda qiynalsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qila olmasa, topshiriqlarni bajarishdan o‘zini olib qochsa, doimiy ravishda nazorat talab qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq to‘g‘ri olib borsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 1 ball qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash bo‘yicha maxsus majburiyatlarni va yo‘riqnomani yaxshi bilmasa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda qo‘rqoqligini namoyon qilsa, qo‘yilgan topshiriqlarni bajarmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchi xizmatni o‘tash vaqtida xizmatning qanday o‘tilayotganini tekshirish uchun kelgan shaxslar uning salbiy tomonlarini qayd qilsa yoki intizomiy nuqtai nazardan nojo‘ya xatti-harakatga yo‘l qo‘ysa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

00000- HARBIY QISM
KOMANDIRI

20 ___ yil “___” ____________

________________________________________________ muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida muddatli harbiy xizmatchilar

(bo‘linma nomi)

bilan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari va to‘plagan ballarining

YAKUNIY VEDOMOSTI

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

Javob varaqasi raqami

Test sinovlari natijalari

Test sinovlari natijalari bo‘yicha umumiy ballar

Mazkur Nizomning

4-ilovasidagi umumiy ball miqdori

To‘plangan ballarning umumiy soni

to‘g‘ri javoblar umumiy soni

Shu bilan birga

jangovar tayyorgarlik bo‘yicha

ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha

matematika fanidan

fizika fanidan

mantiqiy testlar bo‘yicha

to‘g‘ri
javoblar soni

ballar
miqdori

to‘g‘ri
javoblar soni

ballar
miqdori

to‘g‘ri
javoblar soni

ballar
miqdori

to‘g‘ri
javoblar soni

ballar
miqdori

to‘g‘ri
javoblar soni

ballar
miqdori

1.

2.

3.

Harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i

Harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining front orti bo‘yicha o‘rinbosari

Harbiy qism komandirining qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari

Batalon (vzvod) komandiri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012-yil 23-oktabrdagi 11, 33, 113-son “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2402, 2012-yil 21-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 532-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2013-yil 5-iyuldagi 7, 19, 50-son “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2402-1, 2013-yil 31-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 423-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 901-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2914-1/0117-son)