Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2782-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 12-iyuldagi 91-sonli “Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3174, 30.07.2019-y.) asosan 2019-yilning 31-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 27-apreldagi 232-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2782, 2016-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 208-modda) bilan tasdiqlangan Tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
469-son
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 16-avgustdagi 469-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari” degan soʻzlar “Tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari*” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“353 — 364-pozitsiyalardagi turkumlarga kiruvchi oʻlchash vositalari Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatida (roʻyxat raqami 2916, 2017-yil 22-avgust) koʻrsatilgan boʻlsa tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkaziladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 907-modda)