Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2005 08.07.2000 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO‘JALIK YuRITUVChI SUByEKTLARI TOMONIDAN XORIJIY MAMLAKATLARDAN ULAR TAShKIL ETGAN SAVDO UYLARI, VAKOLATXONALAR, KORXONALAR ORQALI OLIB ChIQILAYoTGAN TOVARLARNI BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardan ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2000-yil 15-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 8-iyuldagi 260-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar (keyingi o‘rinlarda chet eldagi korxonalar deb ataladi) orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida qo‘llangan tushunchalardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muassislar tomonidan chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqiladigan tovarlar bojxonaning “vaqtincha olib chiqish” rejimiga, ular sotilmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qaytarib olib kelish majburiyati bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Keyinchalik chet eldagi korxonalar orqali sotish uchun “vaqtincha olib chiqish” rejimidagi tovarlarning yuk bojxona deklaratsiyasi belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlarni chet eldagi korxona nomiga olib chiqish konsignatsiya shartnomalari, boshqa shartnomalar asosida, shuningdek, kontraktsiz asosda (tovarlar namunalari, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan chet eldagi korxona nomiga yetkazib beriladigan, o‘z ehtiyojlari uchun kerakli mol-mulklar) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni olib chiqish kontraktlari (shartnomalari) muassis tomonidan, hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotnomalar taqdim etmasdan, belgilangan tartibda vakolatli bankda va bojxona organlarida hisobga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar kontraktsiz asosda olib chiqilgan taqdirda hisobga olish bojxona organlari tomonidan yuk bojxona deklaratsiyasi asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tovarlar chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilayotganda muassislar ilovaga muvofiq shakldagi yozma ariza bilan bojxona organlariga (davlat bojxona qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmasiga va “Toshkent-AERO” maxsus bojxona kompleksiga) murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet eldagi korxonalar muassislarining arizalari belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis tomonidan tovarlarni u chet elda tashkil etgan korxona nomiga konsignatsiya kontraktlari va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida olib chiqish hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar “vaqtincha olib chiqish” rejimi davrida sotilganda muassislar bojxona organlariga zarur hujjatlarni, shu jumladan, “vaqtincha olib chiqish” rejimidan “eksport” rejimiga qayta rasmiylashtirish uchun hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak. Tovarlarni “eksport” rejimida bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarni eksport qiluvchi muassisning arizasiga ko‘ra bir ish kuni mobaynida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet eldagi korxonada “vaqtincha olib chiqish” rejimida turgan tovarni sotish yuzasidan kontrakt tuzilgan sanadan boshlab valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga tushishi muddatini hisoblash boshlanadi, u qonun hujjatlariga muvofiq 180 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning kafolati berilmagan konsignatsiya asosidagi tovar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan valyuta tushumi tushishi muddatlariga rioya qilingan taqdirda mazkur tovar muassisning (muassislarning) o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanishi, shu jumladan, agar tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qiluvchi vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblangan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalar muassis (muassislar) bo‘lishi sharti bilan muassis (muassislar) tomonidan muassis (muassislar)ning 100 foiz investitsiyasiga asoslangan yoki muassis (muassislar)ning ustav jamg‘armasidagi ulushi kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi korxonaga yetkazib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chet eldagi korxonadan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutadagi tushum tushishi ustidan nazorat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi va vakolatli banklar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta tushumining O‘zbekiston Respublikasi vakolatli bankiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlarning rahbarlariga — chet eldagi korxonalarning muassislariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlari bo‘yicha mahsulotlarni sotishdan tushgan valyuta tushumi eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak. Eksport qiluvchi (muassis) tushgan tushumning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ravishda sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat bojxona qo‘mitasi chet eldagi korxona orqali mahsulot eksporti hisobini yuritish maqsadida har oyda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga belgilangan tartibda tegishli statistika ma’lumotlarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Davlat bojxona qo‘mitasi
‎ boshqarmasi boshlig‘iga
‎_______________________________

‎‎(bojxona organining nomi ko‘rsatiladi)

‎‎_______________________________

‎‎(bojxona organi rahbarining F.I.O.)

‎‎ARIZA‎

‎‎Muassislari ________________________________________________________________

‎‎(O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilot nomi)

‎‎bo‘lgan, _____________________________________________________________ da o‘zimiz

‎‎(belgilangan mamlakat)

‎‎tashkil etgan chet eldagi ___________________________________________ korxona nomiga‎

(chet eldagi korxona nomi)‎‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(tovarning nomi, uning og‘irligi, miqdori va boshqa zarur tavsiflari ko‘rsatiladi)

‎‎“vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida bojxonada rasmiylashtirishga ruxsat etishingizni so‘rayman.
‎‎Olib chiqilayotgan tovarning taxminiy qiymati ________________________________ so‘m.

‎‎Tashkilot rahbari ‎

F.I.O ‎



‎M. O‘.‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)