21.08.2017 yildagi F-5026-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suzish Federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va anjomlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 2017-yil 8 — 16-sentabr kunlari Toshkent shahrida yosh guruhlari oʻrtasida sportning suv turlari boʻyicha IX Osiyo chempionatini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari va anjomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, ilovada koʻrsatilgan sport uskunalari va anjomlari respublikada ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisidagi xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur farmoyishga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan sport uskunalari va anjomlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur farmoyishga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan sport uskunalari va anjomlaridan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻlanmagan bojxona toʻlovi summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-5026-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi F-5026-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari va anjomlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovarning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Soni

TIFTNkodi*

1.

Ichiga joylashtirilgan batareyali, takrorlanmaydigan Quantum xronometri (suzish uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan holda)

dona

1

9106 90 000 0

2.

Quantum termoprinteri uchun maxsus qogʻoz

dona

20

4811 90 000 0

3.

Falstartni aniqlab beruvchi datchik bilan 10 ta OSB11 start tumbalari komplekti

dona

20

8536 90 850 0

4.

Finish panellari, falstart platformalari va xronometrist-sudyalar knopkalarini ulash uchun takrorlanmaydigan kommutatsiya bloklari. 10 ta yoʻlak komplekti (xronometrist-sudyalar uchun knopkalar bilan birga)

dona

20

8517 62 000 1

5.

Sensorli finish panellar, oʻlchami 2400 x 900 x 10 mm

dona

20

8536 50 190 8

6.

Start signalini berish uchun pultli Start Time V start qurilmasi. Ichiga kichik kuchaytirgich, mikrofon, dinamik va yonadigan signal joylashtirilgan

dona

1

8531 80 950 9

7.

Chalqoncha suzishga start berish moslamasi

dona

20

9506 99 900 0

8.

Sudyalar uchun 15 ta simsiz pult komplekti (quvvatlantiruvchi moslama va simsiz modemni oʻz ichiga olgan holda)

dona

30

8543 70 900 0

9.

Suv polosi uchun OMEGA Calypso kontrolyori

dona

1

8537 10 910 9

10.

Suv polosi uchun 4 ta OMEGA Calypso sekundomerlari komplekti (quvvatlantiruvchi uskuna va kommutatsiya uchun kabel)

dona

4

8531 20 200 9

11.

COYOTE sirenas

dona

1

8531 80 950 9

12.

Suv polosi uchun maydon. 50 x 25 metrlik havza uchun 100 mertlik toʻlqinlarni soʻndiradigan chiziqlar. Oʻyinchilarni oʻyindan chiqarish uchun 50 metrlik ikki dona yon tomon chiziqlari, 11 metrlik 8 ta yuza liniyalari

dona

1

9506 29 000 0

13.

Suv polosi uchun erkin suzadigan darvozalar. Alyuminiy materialidan. Oʻlchami: 3000x900 mm. Komplektida setkasi bilan. Yigʻiladigan. Oq rangli

dona

4

9506 29 000 0

14.

Toʻpni oʻyinga kiritish moslamasi

dona

1

9506 29 000 0

15.

1-metrlik suvga sakrash tramplini. Komplektda;

Maxiflex V 16 ft tramplin taxtasi, vazni 64 kg, tramplin statina, 1metrlik Durafirm tramplini uchun stanina 2 tomonlama tirkagichli. Vazni 206 kg.

dona

2

9506 29 000 0

16.

3 metrliksuvga sakrash tramplini. Komplektda:

Maxiflex V 16 ft tramplin taxtasi, vazni 64 kg, Short Stand tramplin staninasi, tiragichlarsiz

dona

2

9506 29 000 0

17.

10 ta statsionar tovushni kuchaytiruvchi moslama komplekti.

Start tumbasiga oʻrnatiladi. Kabellarni oʻz ichiga oladi. Start qurilmasiga ulanadigan komplekt

dona

20

8518 21 000 0

18.

Start signalini takrorlash uchun chaqnovchi start -lampasi, komplektida regulirovka qilish uchun golovkasi va trenogo bilan 25 metrgacha uzaytiruvchi kabel

dona

1

9006 69 000 0

19.

int 131 interfeyslari konverteri

dona

1

8471 90 000 0

20.

Suvga sakrash minorasi uchun sirpanmaydigan sirt, oʻlchami 1600x 1000x 3 mm (komplektida yelimi bilan)

kv.m

131,2

4016 91 000 0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* TIF TN boʻyicha tovarlarning yakuniy kodlari bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.