1-ILOVA
TAQSIMOTI
|
Taʼsischilar |
Ustav fondidagi ulushlar: | |
|
summa (mln soʻm) |
foizlarda | |
|
Jami |
1 661,74 |
100 |
|
shu jumladan: |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
864,11 |
52 |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki |
265,88 |
16 |
|
“Asakabank” ATB |
265,88 |
16 |
|
“Turonbank”ATB |
265,88 |
16 |
2-ILOVA
TARKIBI
|
1. |
Saliyev M.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, komissiya raisi |
|
2. |
lavozim boʻyicha |
— |
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati direktori, komissiya raisi oʻrin�osari |
|
3. |
Li D.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
|
4. |
Kudratxodjayev B.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori |
|
5. |
Mustafoyev U.M. |
— |
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi |
|
6. |
Usmanov R.J. |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
7. |
Iskandarov E.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari |
|
8. |
Djamalov g.O. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari |
|
9. |
Urazayev T.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori |
|
10. |
Karimov S.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi |
|
11. |
Kuvondikov X.O. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi |
|
12. |
Kaxarov B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi |
|
13. |
Gulyamov R.V. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
14. |
Ruziyev B.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi. |
Mamlakatimizda energetika sohasini yanada isloh qilish, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, suvdan (keyingi oʻrinlarda — energiya resurslari deb yuritiladi) oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil energiya resurslaridan samarasiz foydalanishga olib kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash imkonini berdi, bu esa oxir-oqibatda energiya resurslari xarajatlarini maqbullashtirishni hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) energiya resurslaridan qarzdorligini qisqartirishga erishishni taʼminlamayapti. Xususan:
energiya resurslari isteʼmolining samaradorligini monitoring qilishning hamda davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xizmatlarini koʻrsatishning taʼsirchan tizimi, shu jumladan, mazkur funksiyalarni bajarishga masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan muassasaning mavjud emasligi, buning oqibatida foydalaniladigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa choralar kutilgan natijani bermayapti. Bu esa davlat organlari va tashkilotlarining energiya resurslariga xarajatlarini koʻpaytiradi;
issiqlik taʼminoti obyektlarini modernizatsiya qilishdagi tizimli kamchiliklar, ishdan chiqishi 70 foizga yetgan hamda issiqlik taʼminotining samarasizligi va energiya sarfi hajmining kattaligiga sabab boʻlgan, maʼnan va jismonan eskirgan qozonxona asbob-uskunalarining ishlatilishi;
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini bajarish boʻyicha ishlar lozim darajada tashkil qilinmagan. Buning oqibatida dasturda davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha nazarda tutilgan loyihalar ijro etilmasdan qolgan.
Qayd etilganlarni inobatga olgan holda hamda davlat organlari, tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Davlat rahbarining mazkur qaroriga muvofiq “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “ETMK” AJ deb yuritiladi) tashkil qilindi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari isteʼmolining samaradorligini monitoring qilish;
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslari uchun xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet hamda oʻz mablagʻlarini tejash;
foydalaniladigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa choralarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asakabank” ATB va “Turonbank” ATB “ETMK” AJning taʼsischilari hisoblanadi.
Shu oʻrinda, “ETMK” AJ davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni energiya servis shartnomalari asosida joriy qilish boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi. Uning xarajatlarini qoplash energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalar joriy qilingandan keyin olingan tejash miqdorlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan toʻlovlarni taʼminlash maqsadida qaror bilan davlat organlari va tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini berish mexanizmi nazarda tutildi. Tejash darajasi tasdiqlanganda bunday kafolat “ETMK” AJga beriladi.
Shu bilan bir qatorda, energiya samaradorligi yuqori boʻlgan oʻxshash tovarlar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlariga energiya samaradorligi past tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish taqiqlandi.
Yangi tuzilgan tashkilot oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash maqsadida “ETMK” AJning direktoriga istisno tariqasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishga hamda ularga ish haqi va boshqa toʻlovlarni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada belgilashga ruxsat berildi.
Shuningdek, qaror bilan uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni tanqidiy tahlil qilish va ularni optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha komissiya tashkil etildi.
Komissiyaga:
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha tanqidiy tahlil oʻtkazish;
uy-joy kommunal xizmatlarning budjet xarajatlari va tashkiliy-shtat tuzilmasini, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarini optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash vazifalari yuklatildi.
Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga:
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishning shartlari va aniq mezonlarini belgilaydigan takliflarni kiritish;
Qozonxona asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish boʻyicha davlat dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Davlat rahbarining mazkur qarori qabul qilinishi, shubhasiz, davlat organlari va tashkilotlarining zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini jadallashtirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.