Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Chinobod neft bazasi” unitar korxonasiga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar koʻchasi, 1a-uy manzilidagi Poligrafiya sexi binosi (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlaridan uzoq yillardan beri foydalanilmayotganligi va boʻsh turganligi, asbob-uskunalarning mavjud emasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzneftmahsulot” AJ hamda Toshkent shahri hokimligining:
obyektni tegishli hududi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektning balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda “UNICON.UZ” DUK deb ataladi) davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan berish;
“UNICON.UZ” DUK tomonidan obyekt negizida axborotni himoya qilish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 966-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/966/2233-son)
4. “Oʻzneftmahsulot” AJ:
obyektning bir oy muddatda “UNICON.UZ” DUKga berilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” AJ ustav kapitalida davlat ulushi “UNICON.UZ” DUKga beriladigan obyektning balans qiymati summasiga kamaytirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchisi Sh. Shermatov va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
640-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 640-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “UNICON.UZ” DUK” deb ataladi)” va “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, “Rele va Avtomatika” AJ binolari va inshootlarining bir qismi tutash hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymat boʻyicha, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalari joylashtirilgan holda davlatning ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzbektelekom” AKga beriladi”.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” va “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 865-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/966/2233-son)