16.08.2017 yildagi 640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Chinobod neft bazasi” unitar korxonasiga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi Poligrafiya sexi binosi (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlaridan uzoq yillardan beri foydalanilmayotganligi va bo‘sh turganligi, asbob-uskunalarning mavjud emasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zneftmahsulot” AJ hamda Toshkent shahri hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni tegishli hududi bilan birgalikda “O‘zneftmahsulot” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektning balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “UNICON.UZ” DUK deb ataladi) davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UNICON.UZ” DUK tomonidan obyekt negizida axborotni himoya qilish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 966-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/966/2233-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zneftmahsulot” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning bir oy muddatda “UNICON.UZ” DUKga berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zneftmahsulot” AJ ustav kapitalida davlat ulushi “UNICON.UZ” DUKga beriladigan obyektning balans qiymati summasiga kamaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchisi Sh. Shermatov va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
640-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 640-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “UNICON.UZ” DUK” deb ataladi)” va “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilansinki, “Rele va Avtomatika” AJ binolari va inshootlarining bir qismi tutash hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymat bo‘yicha, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalari joylashtirilgan holda davlatning ulushini ko‘paytirish hisobiga “O‘zbektelekom” AKga beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” va “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “axborotni himoya qilish vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 865-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/966/2233-son)