14.08.2017 yildagi F-5022-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4979-son farmoyishiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy qilishga oid Takliflarni tayyorlash boʻyicha ishchi komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Fransiya Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan ishchi safari natijalari toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki kun muddatda “SAGEMCOM” (Fransiya Respublikasi), “Landis & Gyr” (Shveysariya Konfederatsiyasi) va “Elster Metronica” (Germaniya Federativ Respublikasi) kompaniyalariga quyidagi masalalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun tashrif buyurishi toʻgʻrisida taklifnoma yoʻllasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish (keyingi oʻrinlarda — energoresurslar) loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish loyihasini yangidan amalga oshiriladigan loyihalarga ularni integratsiyalash imkoniyatlarini belgilash uchun oʻrnatilgan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini, maʼlumotlarni uzatish va billing tizimi, shuningdek, elektr uzatgichlari va transformatorlar, gazni taqsimlash tizimi va boshqa infratuzilmalarning joriy holatini birgalikda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish loyihasi doirasida energoresurslarni hisobga olishning zamonaviy priborlarini va ular uchun zarur boʻlgan uskunalarni yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama tegishli bitim tuzgan holda energoresurslarni hisobga olishning zamonaviy priborlari va ular uchun zarur boʻlgan uskunalarga servis xizmat koʻrsatish boʻyicha korxona tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish loyihasini, shu jumladan xorijiy va xalqaro moliya institutlari ishtirokida moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasida energoresurslarni hisobga olishning zamonaviy priborlari va ular uchun zarur boʻlgan uskunalarni toʻliq sikl bilan ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur kompaniyalar vakillariga viza olish va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va keyinchalik shu erda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ oʻn kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraqqiy etgan mamlakatlar va jahonning yetakchi kompaniyalari tajribasini oʻrgangan holda energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga boʻlgan konsepsiya loyihalari va texnik talablarini qayta koʻrib chiqishni hamda ularni keyinchalik tasdiqlash uchun Ishchi komissiyaga kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) roʻyxatini koʻrsatgan holda energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini uch bosqichda joriy etilishini belgilash, shuningdek, ularni koʻrib chiqish uchun Ishchi komissiyaga kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energoresurslar, ular uchun zarur boʻlgan uskunalar, shuningdek, maʼlumotlarni uzatish tizimi hisoblagichlari priborlari modellarining maqbulini tanlash uchun (mahalla, kvartal, koʻp qavatli uylar) joy belgilanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “OʻzInjiniring” respublika loyiha instituti “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda Ishchi komissiya tomonidan tasdiqlangan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari konsepsiya loyihalari va texnik talablar asosida bir oy muddatda mazkur avtomatlashtirilgan tizimlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda priborlarni oʻrnatish joyi, montaj qilish shartlari, ularni ruxsatsiz aralashuvdan himoya qilinishini belgilagan holda energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish doirasida energoresurslarni hisobga olish priborlarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Ishchi guruh bilan kelishilgan holda xorijiy va xalqaro moliya institutlari ishtirokida energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi komissiya (J. Qoʻchqorov) mazkur farmoyishning 4-bandida koʻrsatilgan xorijiy kompaniyalar bilan boʻlgan uchrashuvlar natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishga oid loyihalarni amalga oshirish shartlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz mablagʻlari hisobidan Singapur Respublikasi milliy universiteti huzuridagi Elektron hukumat markazining yetakchi mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilishini tashkil etsin hamda ular bilan quyidagi masalalarni muhokama qilish uchun muzokaralar olib borsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan maʼmuriy jarayonlarni maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning oʻta muhim, birinchi navbatda sogʻliqni saqlash, taʼlim, ijtimoiy himoya, ish bilan taʼminlash, kommunal xizmat koʻrsatish, transport xizmatlari, aloqa sohalarini bosqichma-bosqich axborotlashtirish va avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz bilan yanada chuqur hamkorlik qilish boʻyicha bitim tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4979-son farmoyishining ilovasi quyidagi mazmundagi 2-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D.R. Li — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-5022-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi F-5022-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilishni davom ettirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Taraqqiy etgan mamlakatlar va jahonning yetakchi kompaniyalarining oʻrganilgan tajribasini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasida Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga (keyingi oʻrinlarda ENHOAT) nibatan ishlab chiqilgan konsepsiya va texnik talablar loyihalarini qayta koʻrib chiqish.

Uning yakunlariga koʻra elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yanada joriy qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Ishchi komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) ENHOATga qoʻshimcha ishlangan konsepsiya loyihalari va texnik talablarni tasdiqlash uchun kiritsin.

Konsepsiya va texnik talablar loyihalari

2017-yil

30-avgustga

qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

2.

Ishchi komissiya tomonidan tasdiqlangan ENHOATga nisbatan konsepsiya va texnik talablar loyihalari asosida Oʻzbekiston Respublikasida ENHOATni joriy etish loyihalarini ishlab chiqish.

Loyihalar

2017-yil

20-sentabrgaqadar

“OʻzInjiniring” RLI

(T. Urazayev),

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

3.

Etkazib beruvchilar bilan hisobga olish priborlari va ular uchun zarur boʻlgan uskunalarni keyinchalik ishlab chiqish uchun yangidan tashkil etilayotgan ENHOATga foydalanishda boʻlgan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini ulash imkoniyatini oʻrganish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2017-yil

25-avgustga

qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

4.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish, ular uchun zarur boʻlgan uskunalar, shuningdek, maʼlumotlarni uzatish tizimi priborlarining maqbul modellarini tanlash uchun joyni belgilash (mahalla, kvartallar, koʻp qavatli uylar).

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2017-yil

30-avgustga qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

ENHOATni joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish zamonaviy priborlarini oʻrnatish (priborlarni oʻrnatish joyi, montaj qilish shartlari, ularning ruxsatsiz aralashuvdan himoya qilinishi va boshqalar) tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil

15-sentabrga qadar

“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI

(L. Akbarxoʻjayev),

“Oʻzdavenergonazorat” DI

(A. Nimatullayev),

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

Adliya vazirligi

(M. Ikramov)

6.

Hisobga olish priborlarining zarur balans soni, maʼlumotlar konsentratorlari va boshqalarni xorijiy sheriklar bilan dastlabki tartibda ishlab chiqish uchun elektr tarmoq xoʻjaligi va gaz taqsimlash tizimi boʻyicha zarur texnik hujjatlarni tayyorlash (loyihalar, pasportlar, yigʻma jadvallar va boshqalar).

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2017-yil

5-sentabrga

qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

7.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy priborlarini oʻrnatish uchun xodimlarni tayyorlashni, zarur moliya va transport, texnik vositalar va boshqa moddiy-texnik resurslarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

5-sentabrga

qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

8.

ENHOATni joriy etish boʻyicha kontraktlarni tuzadigan va bajaradigan boʻlinmalarni belgilash (tashkil etish) uchun “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ kuzatuv kengashlarining navbatdan tashqari yigʻilishlarini oʻtkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2017-yil

10-sentabrga qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

9.

Tumanlar (shaharlar) roʻyxati koʻrsatilgan holda ENHOATni joriy etishning uch bosqichini belgilash, shuningdek, ularni tasdiqlash uchun Ishchi komissiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2017-yil

10-sentabrga qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

10.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy priborlari, shuningdek, ular uchun zarur boʻlgan uskunalarga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha korxona tashkil qilish uchun oʻzbek tomonidan potensial sheriklar – kompaniyalar roʻyxatini belgilash.

Roʻyxat

2017-yil

10-sentabrga qadar

Respublika komissiyasi

(J. Qoʻchqorov)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

11.

Alohida imtiyozli tarif rejalarini belgilagan holda ENHOAT maʼlumotlarini uzatish uchun uyali aloqa kanallaridan foydalanish masalalarini, shuningdek, ENHOATni joriy etish jarayonlarida ishtirok etuvchi uyali aloqa operatorlariga tegishli imtiyozlar berish masalalarini uyali aloqa operatorlari bilan ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017 yil

15-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

12.

Elektr uzatish liniyalari va transformatorlar, gazni taqsimlash tizimi va boshqa infratuzilmalarning joriy holatini oʻrganish, ularni modernizatsiya qilish boʻyicha texnik yechimlarni ishlab chiqish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2017-yil

10-sentabrga qadar

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

13.

Tabiiy gazni hisobga olish zamonaviy priborlarini ishonchli ekspluatatsiya qilish uchun gaz taqsimlash tizimlarini oʻrnatish va tayyorlash (gaz taqsimlash tarmoqlarini oʻrganish, gazni hisobga olish zamonaviy priborlarining toʻgʻri ekspluat�tsiya qilinishini taʼminlash uchun filtrlar oʻrnatish joyini belgilash va gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatishdan oldin filtrlarni montaj qilishni yakunlash).

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Hisobga olish priborlarini oʻrnatish bosqichlariga muvofiq

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

14.

Zamonaviy hisobga olish priborlari va uskunalariga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha korxona tashkil etish, shuningdek, ENHOATni joriy etish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga “SAGEMCOM” (Fransiya), “Landis & Gyr” (Shveysariya) va “Elster Metronica” (Germaniya Federativ Respublikasi) kompaniyalarini taklif etish.

Mazkur kompaniyalar vakillariga viza olish va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va keyinchalik shu erda boʻlishi bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama yordam koʻrsatish.

Taklifnomalar yoʻllash,
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

Xorijiy kompaniyalar vakillarining boʻlishi muddatlariga muvofiq

2017-yil 20-avgustga qadar

TIV

(A. Kamilov),

Moliya vazirligi

(B. Xoʻjayev),

masʼul vazirliklar va idoralar

15.

Oʻzbekiston Respublikasida ENHOATni joriy etish loyihasini amalga oshirish uchun energoresurslarni hisobga olish zamonaviy priborlarini va ular uchun zarur boʻlgan uskunalarni xarid qilish masalasi boʻyicha taklif qilingan kompaniyalar bilan Toshkent shahrida uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etish.

Kompaniyalar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar natijalari boʻyicha yakuniy hujjatni tayyorlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Tomonlarning kelishilgan muddatlariga muvofiq

Ishchi komissiya

(J. Qoʻchqorov)

16.

Oʻzbekiston Respublikasida ENHOATni joriy etishga oid toʻxtatib turilgan loyihalarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil

30-sentabrga qadar

Ishchi komissiya

(J. Qoʻchqorov)

17.

Oʻzbekiston Respublikasida ENHOAT loyihasini amalga oshirish uchun maʼlumotlarni uzatish tizimidan foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Ishchi komissiyaga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

18.

Xorijiy kompaniyalar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari boʻyicha Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti xizmatlari yagona billing tizimining, texnik va boshqa parametrlari, shuningdek, billing tizimidan foydalanish va ishlatish uchun masʼul subyektni belgilash.

Texnik hujjat

Tomonlarning kelishgan muddatiga muvofiq

Ishchi komissiya

(J. Qoʻchqorov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

19.

Oʻzbekiston Respublikasida ENHOATni joriy etish loyihasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2017-yil

25-sentabrga qadar

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(A. Axmedxadjayev),

Moliya vazirligi

(B. Xodjayev)

20.

Oʻzbekiston Respublikasida ENHOATni joriy etish loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil

30-sentabrga qadar

Ishchi komissiya

(J. Qoʻchqorov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2) normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.