Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2018 17.08.2017 yildagi 642-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
642-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-avgustdagi 642-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni (keyingi oʻrinlarda tovarlarni eksport qilish deb ataladi) eksport qilishga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning tovarlarni eksport qilishni rejalashtirayotgan qonuniy vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarni baholash toʻgʻrisida hisobot — baholash faoliyati toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar — ilgari ishlatilgan, tayyorlangan vaqtidan buyon kamida 5 yil oʻtgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Tashqi savdo faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari guruhlari boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomga muvofiq 2-ilovada koʻrsatilmagan tovarlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizom talablari ilgari ishlatilgan quyidagi mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan kunidan boshlab 5 yil yoki undan koʻp vaqt oʻtgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari xorijiy yuridik shaxslar tomonidan bepul keltirilgan, “erkin muomalada boʻlishi (import) uchun ishlab chiqarilgan” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar tovarlarni eksport qilishda ruxsatnoma olish talablari va shartlariga kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarlarga ichki bozorda ehtiyojning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni eksport qilish qiymatining baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilganiga muvofiqligi. Bunda tovarning eksport qiymati baholash toʻgʻrisidagi hisobotga muvofiq xalqaro bozorda eksport qilinayotgan tovar tarkibida mavjud boʻlgan metall parchalari uchun belgilangan qiymatdan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma olish uchun arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma olish toʻgʻrisida 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinadigan tovarning narxi toʻgʻrisidagi hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq tasniflash boʻyicha eksport xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinayotgan tovarning tayyorlangan sanasini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organning vakili tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga taqdim etiladi (yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechikmay arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga — tovarlarni sotib olishga ehtiyoji mavjud boʻlgan subyektlarni koʻrsatgan holda, eksport qilishga tavsiya etilayotgan tovarlarning ichki bozorda xaridorgirligi toʻgʻrisida axborot olish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga — ushbu tovarlarni olib kelishda berilgan bojxona imtiyozlari toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatli organdan hujjatlarni olgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechikmay vakolatli organga tegishli axborotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda vakolatli organ davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan axborotni olgan kunidan boshlab yigirma ish kunidan oshmaydigan muddatda tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi (keyingi oʻrinlarda farmoyish deb ataladi) belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ farmoyish qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan farmoyishning nusxasini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda vakolatli organ ariza beruvchini tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ruxsatnoma berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi (taqdim etiladi), unda rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib hujjatlarni takroriy kirib chiqish uchun taqdim etish muddati tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishning rad etilishi toʻgʻrisida yozma yoki elektron xabarnoma olgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Arizachi tomonidan tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish yoki tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablarini bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablarining bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan yozma yoki elektron shakllarda ariza beruvchiga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarining keltirilib oʻtilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, rad etishning ilgari koʻrsatilgan sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi rad etish sabablari keltirilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ariza beruvchi tomonidan tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron xabarnomada koʻrsatilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ariza beruvchi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) toʻgʻrisida belgilangan tartibda shikoyat bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish koʻrsatib oʻtilgan tovarlar ichki bozorda ehtiyojning mavjudligi sabablari boʻyicha rad etilgan taqdirda vakolatli organ ariza beruvchiga bu toʻgʻrida tovarlarni sotib olishga ehtiyoji mavjud boʻlgan subyektlarning kontaktlarini koʻrsatgan holda yozma yoki elektron xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ariza beruvchi tovarni sotib olish xohishini bildirgan shaxs bilan kelishuvga erishishi mumkin boʻlmagan taqdirda ariza beruvchi vakolatli organga mazkur subyektning tovarni sotib olishni rad etganligi toʻgʻrisidagi yozma maʼlumotni ilova qilgan holda murojaat qiladi, shundan keyin vakolatli organ besh ish kuni mobaynida tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 866-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)