1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
639-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari “Byuroning hududiy boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan” soʻzlari “Byuroning hududiy boʻlinmasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ilovadagi “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari “Byuroning hududiy boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 12-banddagi “oy tamom boʻlgandan keyin 10 kun mobaynida” soʻzlari “har oyning 10-sanasiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. 12-bandda nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi — jismoniy shaxs gaz bilan taʼminlash tarmogʻidan belgilangan tartibda majburiy uzib qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida sotish holatlari bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2 va 7-bandlardagi “sud” soʻzi “davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Avtomototransport vositasi xatlangan taqdirda davlat ijrochisi ushbu mol-mulkdan boshqa shaxslarning foydalanishini va boshqacha tarzda tegilishini cheklashni (muhrlab qoʻyishni) taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan ularning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar taʼminlanadigan (vakolatli organlar, DYHXX organlari va boshqa tashkilotlarning toʻxtash joylari, omborlari, jarima maydonchalari) maxsus ajratilgan joylarga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi savdoga qoʻyilgan avtomototransport vositasini saqlash joyini oʻzgartirishga va ularning saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlarida avtomototransport vositalarini saqlash joylari mavjud boʻlgan taqdirda uni unga saqlash uchun berishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, davlat ijrochisi, mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun yangidan tayinlangan masʼul shaxs tomonidan imzolanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Davlat ijrochisi tomonidan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirishda qarzdorda qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va radioaktiv materiallar borligi aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi darhol tegishli huquqni muhofaza qilish organi vakilini ushbu holat yuzasidan qaror qabul qilish uchun chaqiradi va u yetib kelgunga qadar bunday mol-mulkning qoʻriqlanishini taʼminlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 20 va 23-bandlardagi “sud” soʻzi “davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 22-banddagi “sud” soʻzi “davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz ushbu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Bankka yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga masʼuliyatli saqlash uchun topshirilgan mol-mulk boʻyicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Zarur hollarda davlat ijrochisi xona va omborlarni, shu jumladan ularga xatlangan mol-mulk saqlash uchun joylashtirilganda yoki davlat ijrochisi tomonidan mazkur xonalar va omborlardan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda muhrlab qoʻyishga haqli. Xona va omborlarni muhrlab qoʻyish toʻgʻrisida yoki ulardan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda davlat ijrochisi qarzdorning yoki boshqa shaxsning ushbu xonadagi va xatlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanish imkoniyatini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi va boshqa shaxslar xatlangan mol-mulkka saqlovchi ishtirokida yoʻl qoʻyilishi mumkin. Xatlangan mol-mulkka nisbatan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish paytida, shu jumladan mol-mulkni koʻzdan kechirish, tanishish, baholash va olib qoʻyish vaqtida saqlovchining ishtirok etishi mumkin boʻlmagan taqdirda mol-mulkka va xonani ochishga davlat ijrochisining va ikki nafar guvohning ishtirokida ruxsat etiladi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2011-yil 29-martdagi 93-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddimadan “hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 83-moddasiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
—
Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti rektoriga
1-darajali adliya maslahatchisi
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshligʻiga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga
2-darajali adliya maslahatchisi
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; Toshkent yuridik kolleji direktoriga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshligʻining oʻrinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga
3-darajali adliya maslahatchisi
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; FHDY organlari mudirlariga; Toshkent yuridik kolleji direktorining oʻrinbosariga;
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga
1-darajali yurist
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; notarial arxivlar mudirlariga; FHDY organlari mudirlarining oʻrinbosarlariga; FHDY organlari arxivlari mudirlariga
2-darajali yurist
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga; davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga.
3-darajali yurist
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga; notariuslar yordamchilariga; FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 1-noyabrdagi 295-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 78-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-banddagi “va toʻlov intizomiga rioya etish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 12-banddagi “sud ijrochilari” soʻzlari “davlat ijrochilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Davlat ijrochilari budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutadigan ijro hujjatlarini (davlat ijrochisining qarorini) tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etadilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 19-banddagi “Sud” soʻzi “Davlat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “sud” soʻzi “davlat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatining mavjudligini belgilangan tartibda aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlsa, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 35-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “Byuroning tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustunining “3-bosqich” pozitsiyasidagi “Sud departamentining” soʻzlari “Byuroning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subyektlar” ustunining “5-bosqich” pozitsiyasidagi “Sud departamentining tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari “Byuroning tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustunining “7-bosqich” pozitsiyasidagi “Sud departamentining hududiy boʻlimi” soʻzlari “Byuroning hududiy boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subyektlar” ustunining “8-bosqich” pozitsiyasidagi “Sud departamenti” soʻzlari “Byuroning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunining “9-bosqich” pozitsiyasidagi “Sud departamenti” soʻzlari “Byuroning” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24a-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-sentabrdagi 383-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 39-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2017-yil 31-maydagi 327-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)