14.08.2017 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga bo‘lgan va intellektual talablarini qondirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodda axborot-mafkuraviy sohadagi da’vat va tahdidlarga nisbatan immunitetni shakllantirish, jamiyatda boy milliy tarixiy-madaniy meros va ma’naviy qadriyatlar haqidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan zamonaviy veb-resurslar yaratishni rag‘batlantirish, shuningdek kontentni monetizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017 — 2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur (keyingi o‘rinlarda Kompleks dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy Internet jahon axborot tarmog‘i axborot resurslarida uning ulushini oshirish, O‘zbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, “ZiyoNET” ta’lim axborot tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy kontentni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining va global axborot makoni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va tendensiyalarini doimiy ravishda tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy-axloqiy va madaniy-ta’limiy darajasini yuksaltirish bo‘yicha maqsadli vazifalarga javob beradigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy kontentni yaratish va rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy kontentni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-resurslar va milliy kontentni rivojlantirishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoit va iqtisodiy rag‘batlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-ma’rifiy, shuningdek aholi bilan qayta aloqani tashkillashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish jarayonida davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat notijorat tashkilotlariga Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontent va veb-resurslarni shakllantirish, rivojlantirish hamda targ‘ib qilishda tashkiliy-texnik, axborot va metodik yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentida raqobat muhitini shakllantirishda, milliy kontentni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablag‘lari va grantlarni jalb etishda, shuningdek ushbu yo‘nalishda va davlat-xususiy sheriklikni tashkil etishda ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari ittifoqi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni, erishilgan natijalarni keng yoritishni, shuningdek dolzarb va ijtimoiy-ahamiyatga ega bo‘lgan axborot mahsulotlarini ommalashtirishni ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
625-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 858-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)