10.08.2017 yildagi PQ-3194-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xom ashyo, ilmiy-texnikaviy va mehnat salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlar va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va shu asosda yangi ish oʻrinlarni yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyatida 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarorning 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga, biznes-rejani bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash shartlari bajarilgan taqdirda mulk huquqini taqdim etgan holda, uzoq muddatli ijaraga 10 yil muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nol stavkada belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududida yer uchastkalarini ajratish elektron onlayn auksion orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ hududida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. Gʻulomov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari M. Azimov, iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari S. Bekenov, Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari M. Abdurahmonov zimmasiga Toshkent viloyatida KSZ barpo etish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlarini barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Toshkent viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi KSZ direksiyasini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZ direksiyasi tashkil etilmagan taqdirda, KSZ doirasida shartnomalar tuzish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatlar tuman (shahar) hokimiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qarori bilan Toshkent shahri kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZga ajratilgan qism chegarasigacha uning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligining budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik sanoat zonalari tarkibiga ularning hududida joylashgan yoki tutash boʻlgan xususiy mulk obyektlari oʻz biznes-rejalarini taqdim etgan holda va ular asosida loyihalarni amalga oshirish sharti bilan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gʻulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki obyektlarini Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent viloyati hokimligi tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha tashabbuslar koʻrib chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻztransgaz” AK (A. Mustafoyev) rahbarlari va Toshkent viloyati hokimligi (Sh. Boboyev) zimmasiga KSZ ishtirokchilarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafoyev) ikki oy muddatda Toshkent viloyati KSZlarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 50 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi mablagʻlari import uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlarni soʻndirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻndirish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutada, toʻlov jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Boboyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Sh.A. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3194-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari (KSZ)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkil etilayotgan KSZ nomi

KSZning joylashgan joyi

Hudud* (ga)

KSZga birikitirilgan tijorat banklari

1.

Bekobod shahar KSZ

“Bekobodyoʻlsanoat” ishlab chiqarish korxonasi maydoni

36,8

TIF Milliy bank

2.

Bekobod tumani KSZ

Sobiq taʼmirlash-mexanika korxonasining garaji binosi

3

3.

Ohangaron tumani KSZ

Sobiq “Oʻzbekiston” jamoa xoʻjaligining garaji bino va inshootlari

2,2

“Ipotekabank” ATIB

4.

Olmaliq shahar KSZ

Sobiq DSKning ishlab chiqarish maydoni

7,2

5.

Yuqori Chirchiq tumani KSZ

Tuman shifoxonasi akusher majmuasining sobiq tugʻuruq boʻlimi binosi

2,5

6.

Yangiyoʻl tumani KSZ

“2503-Yangiyoʻl avtokolonnasi”

5,6

“Qishloq qurilishbank” ATB

7.

Angren shahar KSZ

Sobiq “Rezinatexnika” AJning qozonxona binosi

1,5

8.

Oqqoʻrgʻon tumani KSZ

“Oqqoʻrgʻon MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari

2,4

Agrobank” ATB

9.

Oʻrta Chirchiq tumani KSZ

Toshkent temir-beton buyumlar zavodi” MCHJ bino va inshootlari

10,0

10.

Quyi Chirchiq tumani KSZ

Dstobod tajriba mexanika zavodi” MCHJ bino va inshootlari

3,7

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

11.

Chirchiq shahar KSZ

Qurilishi tugallanmagan “Suvoqava” DUK obyekt

3,4

“Chirchiqselmash” zavodi ishlab chiqarish maydonining bir qismi

17,4

12.

Boʻka tumani KSZ

“Boʻka MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari

2,3

Savdogarbank AK

13.

Pskent tumani KSZ

“Pskent MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari

4,7

AKB

“Mikrokreditbank”

14.

Boʻstonliq tumani KSZ

“Gʻazalkent-oyna” AJning bino va inshootlari

14,4

Oʻzenergoindustriya” DBning bino va inshootlari

9,55

15.

Qibray tumani KSZ

Qurilishi tugallanmagan sanatoriy –profilaktoriy binosi

3,4

Asakabank

16.

Parkent tumani KSZ

Parkent MTP”ning boʻsh turgan bino va inshootlari

4,0

17.

Chinoz tumani KSZ

“Qishloq xoʻjalik mahsulot taʼminot bazasi” DUKning foydalanilmayotgan bino va inshootlari

6,15

Xalq bank

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davergeodezkadastr, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlik kiritilishi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 805-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)