Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent viloyatida turistik va sogʻlomlashtirish zamonaviy komplekslarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent viloyatining mavjud turistik salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, zamonaviy jahon standartlariga va turistlarning ehtiyoj va talablariga javob bera oladigan obyektlar yaratish orqali zamonaviy turistik infratuzilmasini jadal shakllantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan turistik tarmoqdagi tadbirkorlik subyekti tomonidan, zamonaviy mehmonxonalar, dam olish obyektlarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida amalga oshiriladigan import kontraktlarini belgilangan tartibda birgalikda moliyalashtirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bir oy muddatda turistik tarmoqdagi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan kreditlar ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli tijorat banklariga maqsadli kredit liniyalari ochilishini taʼminlasin va ular quyidagi shartlarda amalga oshirilsin:
kredit 10 yilgacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, shu jumladan, 3 yilgacha boʻlgan imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, olti oylik LIBOR va qoʻshimcha yiliga 2 foizlik stavka boʻyicha hamda qayta moliyalashtiriladigan bankning yiliga 0,5 foiz miqdordagi marjasi;
Jamgʻarma tomonidan ajratilgan maqsadli kredit liniyalari hisobiga birgalikda moliyalashtirish ulushi loyiha qiymatining 50 foizgacha boʻlib, har bir investitsiya loyihasiga 10 mln. AQSH dollaridan koʻproq boʻlmagan summani tashkil etadi;
kredit berish vakolatli tijorat banklari tomonidan faqatgina Toshkent viloyati turistik tarmogʻini rivojlantirish dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari ichidan investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qabul qilgan qaror asosida amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
vakolatli tijorat banklari xorijiy valyutada jalb etilgan kreditlar doirasida kredit liniyalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini xorijiy valyutada toʻlaydilar;
turistik tarmoqdagi tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining kredit majburiyatlarini milliy valyutada toʻlaydilar.
4. Toshkent viloyatining turistik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish yuzasidan doimiy amaldagi Ishchi guruhi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Toshkent viloyatining turistik tarmogʻini rivojlantirish dasturiga tanlab olingan loyihalarni keyinchalik kiritish bilan birga turistik sohada tizimli asosda yangi loyiha takliflarini izlash va shakllantirish;
Toshkent viloyatining turistik tarmogʻini rivojlantirish doirasida nazarda tutilgan eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlash (loyiha short-listlari);
Jamgʻarmaning kredit liniyalari hisobiga moliyalashtiriladigan turistik tarmoqdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi (A. Abduxakimov) zimmasiga Ishchi guruh faoliyatini samarali va natijali tashkillashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-avgust,
PQ-3198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3198-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toshkent viloyatining turistik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish yuzasidan doimiy amaldagi Ishchi guruhi
TARKIBI
|
A.A. Abduhakimov |
— |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari |
|
S.X. Bekenov |
— |
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri |
|
U.I. Matkarimov |
— |
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
|
R.A. Usmanov |
— |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi |
Izoh. Ishchi guruh tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.