Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 04.08.2017 yildagi PF-5134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1avgustdagi PF-5497-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, soʻnggi yillarda respublikada qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini ishonchli taʼminlash uchun zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi, tayyorlov, qayta ishlash korxonalari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, moliya-bank muassasalari va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning masʼuliyati oshirildi. Tarmoqda tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirildi va qishloqda mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy qilindi, fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi asosiy subyektlar sifatida shakllandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan yetarli ish olib borilmaganligi oqibatida qishloq va suv xoʻjaligini boshqarish sohasida hal etilmagan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, bu esa tarmoqni rivojlantirishning barqaror surʼatlari va samaradorligini taʼminlashga salbiy taʼsir oʻtkazmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, qishloq xoʻjaligini boshqarishning tarkib topgan tizimini agrar sohada amalga oshirilayotgan bozor munosabatlarini joriy etishga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlarning hozirgi talablariga javob bermayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, zamonaviy resurslar va suvni tejovchi agrotexnologiyalar hamda ilgʻor tajribani joriy etishga, tarmoqni modernizatsiya qilish va texnik jihozlashga yetarlicha eʼtibor berilmayapti, taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini integratsiyalash, agrar sektorda innovatsion ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish darajasi pastligicha qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, suv xoʻjaligini boshqarish tizimida kamchiliklar mavjud, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi va ratsionalligi tegishli darajada taʼminlanmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, agrar sektorning infratuzilma tizimi yetarlicha rivojlanmagan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan fermer xoʻjaliklarining hamkorlik mexanizmi samaradorligi pastligi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati pasayishiga va ularning tariflari oshib ketishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini kompleks modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini boshqarishning zamonaviy talablarga mos tashkiliy tuzilmasini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni kompleks modernizatsiya qilish, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy resurslar va suvni tejovchi agrotexnologiyalarni, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona agrotexnika va suv xoʻjaligi siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini jadal hamda mutanosib ravishda rivojlantirishni, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga, qishloq aholisining bandligi va daromadlarini oshirishga, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi tarmogʻiga xorijiy investitsiyalarni va texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar)ni jalb etish, loyihani boshqarish tamoyillariga muvofiq ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejab-tergab va oqilona foydalanishni taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʻjaligi obyektlari, gidrotexnika inshotlarini rekonstruksiyalash va modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma obyektlarining faoliyatini bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda chambarchas integratsiyalash, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga vazirlikka yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlari sifatli hamda toʻliq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati tarkibida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi tarmoqlari muammolarini hal etish boʻyicha tegishli kengashlarni tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzga oid bitimlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlarida nazarda tutilgan xodimlar sonini hisobga olgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyisirdaryo, Quyiamudaryo va Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini qayta tashkil etish va ularning negizida Quyisirdaryo, Sirdaryo — Zarafshon, Quyiamudaryo, Amudaryochapqirgʻoq, Zarafshon va Quyizarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzurida tuman irrigatsiya boʻlimlarini tashkil etish, ularga irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining tegishli shtat birliklari bilan birga tuman ahamiyatidagi irrigatsiya obyektlarining bir qismini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlari ishlab chiqarish xodimlarining 1324 shtat birligini, shu jumladan 756 shtat birligini amaldagi boshqaruv xodimlari sonini koʻpaytirish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari, qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimlari yordamchi xodimlarining 244 shtat birligi, shuningdek, 324 shtat birligini — irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tuman irrigatsiya boʻlimlari boshqaruv apparatini shakllantirish uchun berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar)ni jalb qilishda ishtirok etish, loyihani boshqarish tamoyillariga muvofiq investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender (tanlov) savdolarining belgilangan tartibda oʻz vaqtida oʻtkazilishini, kontraktlar tuzilishini, ularning vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining xalqaro qoida va taomillariga muvofiq tuzilgan kontraktlar boʻyicha asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi monitoringini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hisoblanadi, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari hisoblanadi, tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari lavozimi boʻyicha tumanlar (Quvasoy shahri) hokimlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyiamudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi lavozimi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari lavozimi boʻyicha viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tuman irrigatsiya boʻlimlari boshliqlari lavozimi boʻyicha tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi etib (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi sohasida fan, texnika yutuqlari va ilmiy asoslangan resurslarni tejovchi texnologiyalarni targʻib qilish va joriy etish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalar asosidagi ixtiyoriy ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik subyektlariga ajratiladigan maxsus ustamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro grantlar, texnik koʻmaklashish mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Budjet mablagʻlari va Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma obyektlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (Z.T. Mirzayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi mavjud infratuzilma obyektlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy bazaning xatlovdan oʻtkazilishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-yanvargacha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma obyektlari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish hamda ularning dislokatsiyasini nazarda tutuvchi tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlasin va kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonining 6- va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5134-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 793-modda)