04.08.2017 yildagi 589-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash orqali tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish, davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Sirdaryo viloyatida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Sirdaryo viloyatidagi bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastkalari xatlovdan o‘tkazilganligi va uning natijasi bo‘yicha ulardan kelgusida samarali foydalanishga doir takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sirdaryo viloyatida ishlamay turgan, foydalanilmayotgan davlat mulki bo‘lgan obyektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotishga tavsiya etilayotgan va samarali foydalaniladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular negizida yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ ikki oy muddatda kichik sanoat zonalari hududlarida muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmalarini tiklash va qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ rahbarlari zimmasiga kichik sanoat zonalari hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini elektroenergiya va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi avval xususiylashtirilgan korxonalar, qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida faoliyat yuritadigan loyiha tashabbuskorlari “Yangiyer” kichik sanoat zonasi rezidentlari deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sirdaryo viloyati tuman (shahar)lari hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun respublika davlat boshqaruvi organi tasarrufida bo‘lgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (maydonlarini), tegishli tuman (shahar) hokimining tegishli murojaatidan so‘ng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish ta’minlanmagan taqdirda, istisno tariqasida, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berilsin, bunda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda balansda saqlovchilarga ajratmalar tegishli tuman (shahar) budjetiga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
589-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 812-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)