Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 01.08.2017 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga asosan koʻp kvartirali uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash, taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
570-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlari — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha shartnoma asosida ishlarni amalga oshiruvchi “Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK va boshqa pudrat tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻplash hisobvaragʻi — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga banklarda koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashni amalga oshirish uchun ochilgan 20412 — “Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamgʻarma depozitlari” hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraq — pudrat tashkilotlariga maqsadli mablagʻlar hisobiga koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashni amalga oshirish uchun ochilgan 22626 — “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun pul mablagʻlarini toʻplash maqsadida, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga oʻzlarining asosiy hisobvaragʻi joylashgan tijorat banklarining filiallarida toʻplash hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashda ishtirok etadigan pudrat tashkilotlariga oʻzlarining asosiy hisobvaragʻi joylashgan tijorat banklarining filiallarida maxsus hisobvaraq ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) turar va noturar joy mulkdorlarining majburiy badallaridan shakllangan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻp kvartirali uylarning tashqi fasadi, tom va yertoʻla qismlari hamda boshqa ijaraga berilgan maydonlar uchun ijarachilardan kelib tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital va joriy taʼmirlash hamda lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, shu jumladan yil boshidagi qoldiq boʻsh mablagʻlar va I — III chorak yakunlari boʻyicha oshirib bajarilgan daromad qismi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan budjetdan tashqari mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashga ajratmalar meʼyorlarini koʻp kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda ushbu Nizomning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlarda koʻrsatilgan manbalardan tushadigan mablagʻlarning 30 foizidan 80 foizigacha miqdorida belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boʻyicha aniq ajratmalar meʼyori Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari bilan, agar tijorat banki krediti hisobidan amalga oshirilsa, tijorat banki bilan ham kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 5-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” va “b” kichik bandlarda belgilangan manbalardan kelib tushgan mablagʻlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ochilgan toʻplash hisobvaragʻiga kirim qilinadi va ajratmaning belgilangan meʼyoridan ortiq qismi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining asosiy hisobvaragʻiga memorial order orqali oʻtkaziladi va ushbu mablagʻlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda tasarruf etiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v”, “g” va “d” kichik bandlarda nazarda tutilgan manbalardan tushadigan mablagʻlar bevosita toʻplash hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va undan asosiy hisobvaraqqa ajratma qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati koʻp kvartirali uyning har bir kvartirasiga shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy hisobvaraqda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati nomi, koʻp kvartirali uy raqami, kvartira raqami va uy-joy mulkdori shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, toʻlangan mablagʻlar summasi, sarflangan mablagʻlar summasi va qoldiq summa koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Favqulodda holatlar (halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) yuz bergan taqdirda, bank tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilangan shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kapital va joriy taʼmirlashda moliyaviy resurslardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashni amalga oshirish uchun ochilgan toʻplash hisobvaragʻidan quyidagi xarajatlar amalga oshirilishiga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun pudrat tashkilotlariga toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash maqsadida olingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan Yagona hisob-kitob markazlari tomonidan majburiy badallar yigʻish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 754-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/754/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining toʻplash hisobvaragʻidagi mablagʻlar pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun pudrat tashkilotlariga ochilgan maxsus hisobvaraqqa faqat shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining toʻplash hisobvaragʻi yoki ssuda hisobvaragʻidan kelgan mablagʻlar kirim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pudrat tashkilotlariga ochilgan maxsus hisobvaraqdan mablagʻlar maqsadli ravishda sarflanadi. Mazkur hisobvaraqdan boshqa maqsadlarga pul mablagʻlarini sarflashga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida tashkil etilgan Yagona hisob-kitob markazlari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining quyidagi hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalterlik hisobini yuritish va konsalting xizmatlari — asosiy hisobvaragʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy badallar yigʻish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar — toʻplash hisobvaragʻidan.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 754-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/754/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashga ajratilgan pul mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlashda bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilganligi aniqlangan taqdirda, ortiqcha olingan mablagʻlar pudrat tashkilotlaridan undiriladi, aniqlangan oshirib yozishlar uchun javobgarlik esa qonunchilik asosida belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun toʻplash hisobvaragʻiga oʻtkazilgan va yil oxirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻplash hisobvaragʻida jamlanadi va olib qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tugatilgan yoki koʻp kvartirali uylar buzib tashlangan taqdirda, toʻplash hisobvaragʻida yigʻilgan va foydalanilmagan mablagʻlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan ularning aʼzolariga, ulushlariga mutanosib ravishda qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 18-yanvardagi 16-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 4-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 18-maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 26-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 780-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/754/1167-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)