28.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2906
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi, 28.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2906
Kuchga kirish sanasi
31.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2906]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq oʻrinbosari Sh. SHOVAHOBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 61-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish (bundan buyon matnda nazorat deb yuritiladi) yoʻlovchilar toʻplanadigan va yuklar ortiladigan hamda tushiriladigan yirik punktlarda (temir yoʻl vokzallari va stansiyalarida, daryo portlarida, bozorlarda, metropolitenning oxirgi stansiyalarida, avtovokzallarda (avtostansiyalarda), avtobus yoʻnalishlarining oraliq va oxirgi toʻxtash bekatlarida va h. k.) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining statsionar postlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari (bundan buyon matnda inspektorlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofatlarni (zilzila, toshqinlar, yongʻinlar, epidemiyalar va h. k.) va ularning oqibatlarini tugatishda yoki qutqaruv operatsiyalarida foydalanilayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-mashq jarayonida foydalanilayotgan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga qarashli tuzilmalar tomonidan kuzatib borilayotgan;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konstruktiv takomiliga yetkazish, taʼmirlash yoki ularga texnik xizmat koʻrsatish doirasida yoʻl sinovlaridan oʻtkazilayotgan foydalanishga topshirilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilayotgan avtotransport vositalarini nazorat qilishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya kartochkasi — yoʻlovchilar va yuk tashish uchun foydalaniladigan muayyan avtotransport vositasiga belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan avtotransport vositalari bilan yoʻlovchilar va yuklar tashishni amalga oshirish (huquqi) uchun ruxsatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nazoratni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nazoratni amalga oshirishda inspektor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining oldiga kelishi, familiyasini, lavozimini aytib haydovchiga oʻzini tanishtirishi, haydovchining talabiga koʻra xizmat guvohnomasini koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarga ularning huquqlarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga qatʼiy rioya qilishi, oʻz xizmat vazifasini aniq bajarishi, haydovchiga nisbatan madaniyatli muomalada boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Inspektor avtotransport vositasining litsenziya kartochkasini koʻzdan kechiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazoratni amalga oshirishda litsenziya kartochkasi mavjud boʻlmagan taqdirda, inspektor tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda inspektor tomonidan quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni muntazam va nomuntazam tashish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakat jadvaliga rioya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomuntazam xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va bagaj tashishlarda yoʻlovchilar roʻyxati mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar, bagaj yoki yuklarni tashish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik keltirilgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarida tashishlarni (kabotaj tashishlarni) amalga oshirishda xalqaro shartnomalar shartlariga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan oʻtish punktlari orqali kirib kelganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy davlatga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi nazoratdan oʻtkazilganda ushbu avtotransport vositasiga berilgan ruxsatnoma blankasining orqa tomoniga tegishli yozuv orqali nazorat oʻtkazilganligi qayd etiladi hamda inspektor tomonidan imzolanib, maxsus shtamp bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazoratdan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan aniqlangan kamchiliklar bildirgi koʻrinishida inspektor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy boshqarmasiga, transport maʼlumotlar bazasi va tashishlar xavfsizligi surʼati monitoringi axborot-tahlil tizimiga kiritish uchun topshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga (Jeneva, 1970-yil 1-iyul) muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2346, 2012-yil 26-mart) muvofiq raqamli nazorat qurilmasi xotirasida saqlanib qoladigan parametrlar orqali nazorat qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ichki tashuvlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish yoʻl varaqasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nazoratni amalga oshirish davomida inspektorning xatti-harakatlaridan (qarorlaridan) norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 23-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 759-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)