27.07.2017 yildagi PQ-3150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5120-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktoriga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligiga oʻzgartirishlar kiritish, shu jumladan, qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish, Agentlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini mustaqil ravishda belgilash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etilmagan holda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) faoliyat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Laboratoriya faoliyatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi, qonunchilikda belgilangan taqiqlarga rioya qilish talabi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;

Agentlikning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Agentlik homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan kripto-aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs boʻyicha sotishga haqli;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Agentlik tomonidan Agentlikka homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida berilgan kripto-aktivlar manbalari majburiy tartibda tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik direktori ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni taʼminlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga rioya etilishi borasida tekshiruvlarni oʻtkazadi, belgilangan tartibda jarima sanksiyalarini qoʻllaydi, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3150-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Izoh:

Agentlikning umumiy boshqaruv xodimlari soni — 45 shtat birligi.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3150-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhr va blankaga, budjet hamda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari va boshqa yigʻimlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, grantlar, kreditlar, qarz va homiylik xayriyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish, ushbu sohadagi faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Istiqbolli loyihalar agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — National Agency of Perspective Projects of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Perspective Projects Agency;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Natsionalnoye agentstvo perspektivnix proyektov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo perspektivnix proyektov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunchilikni takomillashtirish va kelgusida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash borasida takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari tartibini belgilaydi va amalga oshiradi, shuningdek, litsenziya va ruxsat etish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga ilovaga muvofiq faoliyat olib boradigan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qoidalar, normalar va standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining kripto-aktivlar aylanmasi masalalari boʻyicha oʻqishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-taʼlim muassasalari bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasi boʻyicha tayyorlash masalalarida hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarini tizimli tahlil qiladi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonun buzilishlari aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasining rivojlanish holati toʻgʻrisida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) rasmiy veb-saytida kripto-aktivlar aylanmasi sohasining rivojlanish holati yuzasidan doimiy ravishda maʼlumotlarni chop etadi, hamda aholining kripto-aktivlar aylanmasi sohasida savodxonligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan xavflarni oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi hamda aniqlangan xavflarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot va maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan begʻaraz shartlar asosida hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari faoliyatiga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida professional tayyorgarlik darajasini oshirishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish borasida xorijiy davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning turli sohalarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish haqidagi takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning vakolatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik quyidagi vakolatlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan material va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar sohasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy, shu jumladan, mansabdor shaxslardan yozma tushuntirishlar va maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha sudga daʼvo taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan boʻlmagan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va oʻz balansida hisobi yuritilgan mol-mulkni, shu jumladan, koʻchmas mulkni, mustaqil ravishda hisobdan chiqarish yoki boshqa tarzda boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalar, grantlar, kreditlar va qarzlar sifatida qabul qilingan hamda Laboratoriya faoliyati davomida olingan kripto-aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs boʻyicha sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar oʻtkazish va natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida kripto-aktivlar sohasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va sudga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qonun buzilishi holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalarni joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasi boʻyicha xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek, ilmiy institutlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash tavsiyaviy tusga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillaridan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligiga oʻzgartirishlar kiritadi, shu jumladan, qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el davlatlari vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari va kompaniyalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimining (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) umumiy qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) deganda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihalari) joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi (keyingi oʻrinlarda — maxsus rejim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish yoki toʻlovni qabul qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus rejimni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun maydoncha yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi talablarga javob bermaydigan meʼyorlar aniqlangan taqdirda, yangi tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish va sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tokenlarni chiqarish yuzasidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlar turlarini, shu jumladan, eksportga moʻljallangan yechimlarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida tegishli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim doirasida oʻtkazilgan tajribalar asosida yangi tartibga solish uslublarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bozoriga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni olib chiqish muddatini va sarf-xarajatlarni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning maxsus rejim doirasidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejimni taqdim etish, ishtirokchilarni maxsus rejimda roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni, tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazgan holda qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatida istisno qilish haqida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vakolatli davlat organi bilan tuzilgan shartnomalar asosida maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini, shuningdek, ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarini tajriba-sinov loyihalari muddati davomida tashkiliy-huquqiy, konsultativ qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ishtirokchilarning maxsus rejimdagi maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus rejim ishtirokchilari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganlaridan soʻng tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati, shuningdek, ularning tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida boshqa subyektlar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan huquqiy rejimlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus rejim ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari — subyektlar bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati, shuningdek, maxsus rejimda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida mijozlarning cheklangan soni Agentlik bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maxsus rejimda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat oʻtgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni koʻrsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 728-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son; 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)