27.07.2017 yildagi PQ-3150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5120-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 164 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) direktoriga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikni saqlab turish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik direktori ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni taʼminlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning faoliyat sohasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mutasaddilik qiladigan xoʻjalik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni amalga oshirish natijalarini tizimli oʻrganish asosida Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan oʻzaro bogʻliqlikda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishining nazorati hamda monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik loyiha ishlari va davlat xaridlarini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, biznes-hamjamiyatning ekspert ishchi guruhlari ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish va joriy etish konsepsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida loyiha va texnik hujjatlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, apparat-dasturiy komplekslar oʻrnatish va joriy etishni amalga oshiruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorni tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish va joriy etish boʻyicha loyiha hamda texnik hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda davlat axborot tizimlarini tashkil qilish, ishlab chiqish va joriy etish qiymatini baholash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tizimli tahlili va prognozini amalga oshirish imkonini beruvchi, davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda ishga tushirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el investorlarining mablagʻlari bilan birga markazlashgan kapital qoʻyilmalar, shuningdek, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, zayomlari, grantlari — Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻz mablagʻlari — davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimiga integratsiya qilish va moslashtirishni moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-yanvardan boshlab Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan oʻzaro bogʻliqlikda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari boʻyicha xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari, davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari shakllantirilishi va amalga oshirilishini nazorat hamda monitoring qilish Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Hisob palatasi, “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqishdan boshlab loyihalar amalga oshirilishini yakunlashgacha boʻlgan loyiha boshqaruvi jarayonining barcha bosqichlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari, davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashning amaldagi tizimini tanqidiy oʻrganish yakuni boʻyicha ularni shakllantirish tartibini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va samarali ekspluatatsiya qilish yuzasidan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha Agentlik direktori hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik faoliyatini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini ekspluatatsiya qilishni moliyalashtirishga mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2017-yil 1-avgustdan boshlab ajratsin hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarida nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3150-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3150-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhr va blankaga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda Yagona milliy axborot tizimi deb yuritiladi) yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurslarning haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish hamda notoʻgʻri texnik topshiriq va smetalarni yuritishga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan resurslar yagona milliy maʼlumotnomasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarini amalga oshirish uchun yagona axborot maydonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalarni korrupsiya va boshqa suiisteʼmolchiliklar alomatlari mavjudligi yuzasidan kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimi ishlashini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda foydalaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilishni nazarda tutuvchi Yagona milliy axborot tizimini yagona texnologik yondashuv asosida shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimini yuritish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimiga funksional talablarni belgilaydi, texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi, loyiha faoliyati ishtirokchilarini tizim bilan ishlashida funksional boshqarish va oʻqitishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimining ishlab chiqilishi, joriy etilishi, ekspluatatsiya qilinishi va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimi — Yagona elektron hujjat aylanishi, Elektron hukumat, Davlat xaridlari yagona portali, Geoaxborot tizimi va boshqalarning blokiga talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holatini baholaydi, shu jumladan, loyiha boshqaruvi jarayonida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimini samarali joriy etish va ekspluatatsiya qilish uchun normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qiladi hamda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida rivojlantirish va takomillashtirish yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va uning samaradorligini baholaydi hamda mazkur jarayonlarni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi sohasida milliy standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi boʻyicha tadbirlarni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi tizimlarini rivojlantirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi guruhlarini shakllantirish boʻyicha talablarni belgilaydi va ularning maqsadini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari va loyiha boshqaruvi sohasida qayta aloqa, shikoyat va takliflarning tahlilini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi yil uchun Investitsiya dasturlari loyihalari boʻyicha xulosalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va tahlil qiladi, ularning samaradorligini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olib, islohotlarni amalga oshirishning muammolari va yakunlarini tizimli oʻrganish asosida, shu jumladan, Yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi, joriy etilishi, amalga oshirilishini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, ularning nazorati va monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) resurslarning haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish hamda notoʻgʻri texnik topshiriq va smetalarni yuritishga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan resurslar yagona milliy maʼlumotnomasini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurslar yagona milliy maʼlumotnomasiga talablarni belgilaydi, resurslarning (tovarlar, ishlar va xizmatlarning) haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish maqsadida uning samarali ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, ishlar va xizmatlar klassifikatorini shakllantirgan holda har bir resurs (tovar, ish va xizmat)ni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan maʼlumotlarni avtomatik toʻplash tartib-taomillarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, ishlar va xizmatlar, shu jumladan, chet elda ishlab chiqarilganlari haqidagi maʼlumotlar va axborotlarning resurslar yagona milliy maʼlumotnomasida doimiy yangilanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurslar yagona milliy maʼlumotnomasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun yagona axborot maydonini yaratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari yagona axborot portalini yaratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi va boshqaradi, davlat xaridlarini amalga oshirishga talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurslar yagona milliy maʼlumotnomasining davlat xaridlari yagona axborot portali bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari jarayonlarini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi, uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi va baholaydi, davlat xaridlarini samarali tashkil etishga toʻsqinlik qiluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tahlillar oʻtkazadi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz tovar, ish va xizmatlar yetkazib beruvchilar reyestrini shakllantirishni tashkil etadi, ularning davlat xaridlari yagona axborot portaliga kirishini cheklaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha boshqaruvini yuritishga oid talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli ekspertiza organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari DTIA/TIA, DTIH/TIHni samarali, sifatli va oʻz vaqtida ekspertiza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturiga kiritiladigan loyihalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi, ularning amalga oshirilishini monitoring va tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlari, texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi;
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi-oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha faoliyatining rejalashtirilishi, joriy etilishi va rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, rivojlanish davlat dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalarga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari, xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
(8-band “d” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni roʻyobga chiqarish jarayonining tizimli tahlili asosida xulosalar tayyorlaydi va ularning kamchiliklarni bartaraf etish uchun loyiha boshqaruv guruhlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va hududiy dasturlar tadbirlari moliyalashtirilishini ochish uchun xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruv guruhlari rahbarlari va ijrochilari ishlarining sifatini baholaydi hamda ularning egallab turgan lavozimiga munosibligi masalasini koʻrib chiqish haqida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda har tomonlama tahlil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha faoliyatini amalga oshirishda loyiha boshqaruvining ilgʻor uslublarini va tegishli axborot texnologiyalarini joriy etish masalalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) loyihalarni, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalarni korrupsiya va boshqa suiisteʼmolchiliklar alomatlari mavjudligi yuzasidan kompleks texnik-iqtisodiy tahlil qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik reglamentlarni va narx (smeta)larni shakllantirishning amaldagi standartlarini tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan asbob-uskunalar va texnologiyalarning texnik hamda texnologik koʻrsatkichlariga mos ravishda investitsiya loyihalarining qiymati va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnik va texnologik qarorlar boʻyicha optimallashtirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻradi, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Yagona milliy axborot tizimi ishlashini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan sotib olinadigan axborot tizimlari va asbob-uskunalar xususiyatlarini ishlab chiqishga texnik topshiriqlarni kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish holati oʻrganilishini tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari foydalanuvchilarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi va ularga maslahatlar beradi, axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish jarayonining samaradorligini oshirish, foydalanuvchilarning ish joylarida axborot tizimlarini joylashtirish, ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining sifatini taʼminlash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
server taʼminotining apparat qismini sozlaydi, ekspluatatsiyaga kiritadi va ishlab turishini taʼminlaydi, serverning funksional vazifasidan qatʼi nazar, operativ tizim darajasida serverlarni, shuningdek, muayyan server xizmatlari va funksional vazifalari boʻyicha unga ilovalarni boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha boshqaruv tizimining joriy etilishi va ishlash darajasini monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) loyiha boshqaruvi boʻyicha kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni shakllantiradi va dolzarbligini taʼminlaydi, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi loyiha boshqaruvi modellarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha faoliyati ishtirokchilari — loyiha boshqaruvi guruhlari uchun loyiha vakolatlari tizimini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari hamda xodimlari oʻqishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tajriba toʻplashi va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, tegishli kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, tinglovchilar oʻrtasida loyiha boshqaruv konsepsiyasini ommalashtirish yuzasidan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish masalalari, yosh professionallarni uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash mexanizmlarini hamda oʻrta va oliy kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning kasbiy attestatsiya tizimi rivojlanishiga koʻmaklashadi, loyiha boshqaruvi guruhlari xodimlarining kasbiy attestatsiyasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik hujjatlarni eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik, shuningdek, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlari hamda huquqni qoʻllash amaliyotini huquqiy kolliziyalar, takrorlovchi va korrupsiyaga oid normalarni chiqarib tashlash yuzasidan tanqidiy tahlil qiladi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik milliy tashabbuslarni shakllantirish orqali investitsiya iqlimini yaxshilash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert biznes hamjamiyati bilan birgalikda ishchanlik muhiti va investitsiya iqlimini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning huquq va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan material va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi masalalari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining DTIA/TIA, DTIH/TIHlari sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi, shuningdek, oʻz vaqtida oldinga yuritilishini taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish uchun vakolatli ekspertiza organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik har oyda loyiha boshqaruvi doirasida quyidagilarni aks ettiradigan monitoring natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturi doirasida taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalardan maqsadsiz hamda samarasiz foydalanganlik boʻyicha aniqlangan holatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari boʻyicha narxlar oshishining oldini olish yuzasidan qilingan ishlar natijalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiga, direktor oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori va xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.