Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Shakar sanoatini zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilash hisobiga yanada rivojlantirish, mahalliy isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholini qand-shakar bilan yanada toʻliq taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda shakar ishlab chiqarishini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 8-iyundagi 167-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 23-24-son, 261-modda) 11-bandida:
a) birinchi xatboshiga “va Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) xorijiy investorlar (norezidentlar va Oʻzbekiston Respublikasidagi norezidentlarning doimiy muassasalari), “Welton International Enterprises Pte. Ltd.” (Singapur), “Kito Investment Pte. Ltd.” (Singapur) va “SEID Nandelsgesellschaft m.b.N.” (Avstriya) kompaniyalari ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalash boshlangan paytdan boshlab va 2020-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan daromadlari, shu jumladan boshqa shaxslarga toʻlanayotgan daromadlari yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlarga dividendlar toʻlash manbaida soliqqa tortiladigan dividendlarga solinadigan soliqlar bundan mustasno.”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Angren shakar” MChJ XKning investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 1-iyuldagi 224-son qarorining 2-bandiga “shuningdek “Xorazm shakar” AJ QK shakar zavodini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilashni begʻaraz moliyalashtirishga” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-iyul,
534-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 736-modda)