Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2900
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2900
Kuchga kirish sanasi
25.07.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2900]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-son “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga hamda 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12/4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 10-iyundagi 12/4-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-son “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga hamda 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda pensiya koʻrinishidagi doimiy daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga (mijozlarga) milliy valyutadagi bank plastik kartochkalari orqali overdraft krediti berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
overdraft krediti (bundan buyon matnda overdraft deb yuritiladi) — bank plastik kartochkasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻidan ortiq miqdordagi mablagʻni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
overdraft shartnomasi — bank plastik kartochkasini emissiya qilgan tijorat banki bilan jismoniy shaxs (mijoz) oʻrtasida bank plastik kartochkasi orqali overdraft berish va uni toʻlash shartlarini oʻz ichiga olgan tijorat banki va jismoniy shaxs (mijoz) oʻrtasida tuzilgan shartnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Overdraft tijorat banki tomonidan ish haqi, shuningdek pensiya toʻlovlari hisob-kitobi uchun emissiya qilingan bank plastik kartochkasi orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Overdraft tijorat banki va jismoniy shaxs (mijoz) oʻrtasida tuzilgan overdraft shartnomasiga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Overdraft qaytarishlik, toʻlovlilik, muddatlilik va taʼminlanganlik shartlari bilan beriladi. Overdraftda maqsadlilik shartlari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Overdraft Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bank plastik kartochkasi orqali overdraftni berish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy shaxs (mijoz) tomonidan overdraft olish uchun tijorat bankiga overdraft olishga buyurtmanoma bilan birga pasport nusxasi, daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatni (olayotgan ish haqi, pensiya va boshqa daromadlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat bankining vakolatli kredit qoʻmitasi overdraft olish boʻyicha kredit buyurtmasi va tegishli hujjatlar tijorat bankiga taqdim qilingandan soʻng 3 bank ish kunidan kechikmagan holda uni qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat bankining vakolatli kredit qoʻmitasi tomonidan overdraft berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda overdraft oluvchiga uni berishning rad etilishi sabablari koʻrsatilgan yozma xabarnoma joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Overdraft jismoniy shaxsning (mijozning) daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda oʻrtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 3 barobarigacha boʻlgan miqdorda 12 oygacha boʻlgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻrtacha oylik ish haqi miqdori Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Overdraft boʻyicha yillik foiz stavkasi miqdori tijorat bank bilan jismoniy shaxs (mijoz) oʻrtasida tuzilgan overdraft shartnomasi asosida belgilanadi. Overdraft shartnomasi unda belgilangan mablagʻlar foydalanilgan kundan eʼtiboran kuchga kirgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Overdraft shartnomasida belgilangan yillik foiz stavkasi faqatgina overdraft boʻyicha jismoniy shaxs (mijoz) tomonidan ishlatilgan mablagʻ uchun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs (mijoz) uning daromadlari oʻzgargan taqdirda overdraft shartnomasiga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Overdraft boʻyicha pensionyerlar uchun “22617 — Pensionyerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar” va boshqa jismoniy shaxslar uchun “22618 — Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaraqlarda overdraft shartnomasiga asosan debet qoldiqqa ega boʻlishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur debet qoldiq amaliyot kuni yakuniga qadar tijorat banki balansining “12503 — Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Overdraftni qaytarish qarzdorning ish haqi, pensiyasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlari uning bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda overdraft ajratilgan jismoniy shaxsning (mijozning) ish haqi va pensiya koʻrinishidagi barcha daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlari, birinchi navbatda, overdraft boʻyicha penyalar, soʻngra foizlar va overdraftning asosiy qarzini qoplashga yoʻnaltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Overdraft va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda overdraft va u boʻyicha hisoblangan foizlarni qaytarish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tijorat banki har bir overdraft boʻyicha kredit yigʻmajildini tayyorlaydi va u overdraft shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda asosiy qarz, foiz va penyalar toʻliq toʻlanganidan soʻng yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Overdraft shartnomasi tomonlardan birining shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin ikkinchi tomonni shartnomani amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xabarnoma yubormasa, oʻz-oʻzidan keyingi 12 oyga uzaytirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori S. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 719-modda)