1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish |
Amalga oshirish shakli |
Masʼullar |
|
I. Yilqichilik va ot sporti sohasida normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha | |||||
|
1. |
Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini ishlab chiqish va tasdiqlash |
2018-yil |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi “Oʻzstandart” agentligi |
|
2. |
Anʼanaviy ravishda uloq-koʻpkari va boshqa milliy hamda klassik ot oʻyinlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash |
2017-yil |
- |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
II. Nasldor ot zotlarini koʻpaytirish boʻyicha | |||||
|
3. |
Respublikadagi barcha toifada xoʻjaliklarda mavjud naslli otlarni roʻyxatga olish va ularni pasportlashtirish |
2018-yil (har 5 yilda) |
Oʻz mablagʻlari hisobidan |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
4. |
Qorabayir zotli otlarning naslini yaxshilash, yangi liniya va oilalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish |
Doimiy |
Loyiha uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
5. |
Otlarni sunʼiy urugʻlantirish va embrionlar transplantatsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish |
2018-yil |
- |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
6. |
Yilqichilik yoʻnalishidagi naslchilik xoʻjaliklaridagi seleksiya ishlari natijalarini baholash maqsadida nasldor va sport otlarini tanlash boʻyicha koʻrgazma hamda musobaqalar oʻtkazish |
2017 — 2021 yillarda |
Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
7. |
Xalqaro ot sporti federatsiyasi reglamenti boʻyicha respublika va xalqaro miqyosida ot sporti oʻyinlarida ishtirok etuvchi otlarni kasalliklarga qarshi emlash |
2017 — 2021-yillarda |
Budjet mablagʻlari va ot egalari mablagʻlari |
Kompleks chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
8. |
Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish boʻyicha zamonaviy diagnostika laboratoriyasini tashkil etish |
2019-yil II chorak |
Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Kompleks chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Markaziy ippodrom” AJ |
|
9. |
Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish va uni samarali usullar bilan davolash maqsadida zamonaviy veterinariya klinikasini tashkil etish |
2018-yil |
Oʻz mablagʻlari va tijorat bank kreditlari |
Kompleks chora-tadbirlar |
Toshkent viloyati hokimligi “Asaka bank” ATB, “Diyora fayz gulshani” XK |
|
III. Ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha | |||||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi uchun xalqaro ot sporti musobaqasini oʻtkazish va uni Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) musobaqalari reyestriga kiritish |
2018 — 2021-yillarda |
Davlat budjeti hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
11 |
Toshkent shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi yigʻilishi oʻtkazilishini tashkil qilish |
2019-yil |
Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Kompleks chora-tadbirlar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
12. |
Sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha turlar tashkil etish uchun respublika hududidagi ot sporti klublari va otchoparlarda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalari reja-jadvalini ishlab chiqish va sayyohlik sohasi subyektlariga taqdim qilish |
2017 — 2021-yillarda |
- |
Reja-jadval |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
13. |
Respublikamizdagi barcha ot sporti klublarida ippoterapiya markazlarini tashkil etish |
2017-yil |
Oʻz mablagʻlari hisobidan |
Kompleks chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
14. |
Ot sporti tarixi va unda erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirishga oid tadbirlar, klublar, maktablar, murabbiylar va yilqichilik mutaxassislari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish |
2017 — 2021-yillarda |
- |
Kompleks chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
IV. Yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti boʻyicha ilgʻor tajribalarini joriy etish boʻyicha | |||||
|
15. |
Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabini tashkil etish |
2018-yil I chorak |
Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Idoraviy hujjat |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, “Markaziy ippodrom” AJ |
|
16. |
Yilqichilik mutaxassislari va ot sporti murabbiylarini tayyorlash talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish |
2018-yil I chorak |
- |
Idoraviy hujjat |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
17. |
Yilqichilikda naslchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish va otlar kasalliklarini diagnostika qilish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish va mutaxassislarni chet ellarga yuborish boʻyicha har yili reja-grafik ishlab chiqish. |
Har yili oktyabr-noyabr oylarida |
Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Reja grafik |
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
18. |
Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida hamda veterinariya yoʻnalishidagi kollejlarda yilqichilik boʻyicha zootexnik va veterinar vrach mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha boʻlimlarini ochish |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Idoraviy hujjat |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
19. |
Respublika hududlarida ot sport klublarini bosqichma-bosqich �ashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur inventarlar (egar-jabduq, maxsus bosh kiyim va boshqalar) va jihozlar bilan taʼminlash |
2017 — 2021-yillarda |
Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi |
|
V. Yilqichilik va ot sportining moddiy-texnika va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha | |||||
|
20. |
Qashqadaryo viloyatida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ tomonidan Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan naslchilik ot zavodini ishga tushirish |
2018-yil I chorak |
Oʻz mablagʻlari |
“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Shoʻrtangaz-kimyo majmuasi” MChJ | |
|
21. |
Toshkent viloyatidagi “Oʻzbegim otlari” MChJ ot zavodi bazasida Axaltaka zotli otlarning sof zotli liniyalariga mansub avlodlarini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish |
2018-yil |
Oʻz mablagʻlari |
- |
Toshkent viloyati hokimligi |
|
22. |
Toshkent viloyati Boʻstonlik tumani togʻ oldi hududlaridan “Oʻzbek sport otlari” MChJ sport otlarini koʻpaytirish boʻyicha majmua qurilishi va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan bino va inshootlarni qurilish uchun yer maydoni ajratish |
2017-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari va tijorat bank kreditlari |
- |
Toshkent viloyati hokimligi, “Asaka bank” ATB, “Oʻzbek sport otlari” MChJ |
|
23. |
Hududlardagi mavjud otchoparlar va ot sporti klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish |
2018 — 2021-yillarda |
Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Kompleks chora-tadbirlar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbe�iston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
24. |
Yilqichilikda mustahkam ozuqa bazasini tashkil etish maqsadida suli, arpa va boshqa donli ekinlar ajratish va ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish yuzasidan taklif tayyorlash |
Har yili |
- |
Kompleks chora-tadbirlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2-ILOVA
| 1. | Mirzayev Z. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari |
| 2. | Zokirov B. | — | Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
| 3. | Qurbanov R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi |
| 4. | Usmonov R. | — | Toshkent shahar xokimi |
| 5. | Gʻulomov R. | — | Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 6. | Mirsoatov A. | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi |
| 7. | Abduraxmonov M. | — | “Aloqabank” ATB raisi |
| 8. | Uzakov A. | — | “Markaziy ippodrom” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori |
| 9. | Shmelyov S. | — | Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy |
| 10. | Nazarov Gʻ. | — | Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha Xalqaro toifadagi sport ustasi |
| 11. | Azizov A. | — | Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy |
| 12. | Homidov T. | — | “Binokor maxsus ta`mir qurilish” MChJ direktori |
| 13. | Murtazoxoʻjayev S. | — | “SDS Proekt” MChJ direktori |
| 14. | Nizomov Sh. | — | “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining qurilayotgan obyektlar direksiyasi” DUK rahbari |
| 15. | Bayazitov K. | — | Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi mudiri |
| 16. | Anarboyev E. | — | Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruhi kotibi. |