20.07.2017 yildagi PQ-3142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yanada jadallashtirish, ayniqsa shaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish va ularning masʼuliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek shahar va tumanlar aholisining farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahrini viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiritish hamda uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahri negizida viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiradigan Toʻytepa shahrini tuzish va uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, zamonaviy tejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumani hokimliklarining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga koʻmaklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tarkibida 4 ta shtat birligidan iborat Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari boʻyicha shuʼba tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin va ularning roʻyxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga kiritilgan har bir qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni boʻyicha undan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uni amalga oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan yangi loyihalar doirasida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hamda kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirmagan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsirchan choralarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda komissiya reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga boʻysunadigan 10 ta shtat birligidan iborat Turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha 5 ta shtat birligi ajratilsin hamda viloyat hokimligi huzurida 35 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Turizmni rivojlantirish departamenti tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha ajratilayotgan 5 ta hamda viloyat hokimligi huzurida tashkil etilayotgan Turizmni rivojlantirish departamentining 35 ta shtat birligi moliya, soliq va iqtisodiyot organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti ikki tomonlama - viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari va uning kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi va nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Parkent” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3142-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, respublika komissiyasi raisi

Azimov M.B.

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

Gulyamov R.A.

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

Babayev Sh.X.

Toshkent viloyati hokimi

Saidova G.K.

Iqtisodiyot vaziri

Begalov B.A.

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Zakirov B.I.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

Abdullayev A.X.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

Abduraxmanov M.S.

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari

Joʻrayev N.S.

Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Raimov B.Ya.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Yuldashev A.A.

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Xadjizadayev Sh.R.

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Jasimov I.K.

Savdo-sanoat palatasi ra�sining birinchi oʻrinbosari

Aripov J.A.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi oʻrinbosari

Aminov R.A.

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi kotibi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hokim

Yordamchi — 1

 

Hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Hokimning shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmi rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Tashkiliy-nazorat guruhi:

rahbar — 1

bosh mutaxassis — 2

yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali

mutaxassis — 1

5

Kotibiyat:

mudir — 1

yetakchi

mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

3

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

yetakchi

mutaxassis — 1

3

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

yetakchi

mutaxassis — 1

3

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

yetakchi

mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

4

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

3

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh mutaxassis — 2

yetakchi mutaxassis — 2

1-toifali mutaxassis — 1

6

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

yetakchi

mutaxassis — 1

1-toifali

mutaxassis — 1

4

Kotibiyat:

mudir — 1

1

Kotibiyat:

mudir — 1

bosh

mutaxassis — 1

2

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi

rahbar — 1

bosh mutaxassis — 1

yetakchi mutaxassis — 1

3

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

4

Turizmni rivojlantirish departamenti*

35

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo hududiy komissiya kotibi

1

Yuridik xizmat:

boshliq — 1

bosh yuriskonsult — 1

2

Axborot-

tahlil guruhi:

rahbar — 1

bosh mutaxassis — 2

yetakchi mutaxassis — 3

6

Ishlar boshqarmasi

7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 68 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*) Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 691-modda; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)