Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-iyul,
PF-5114-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PF-5114-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-maydagi “Motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1759-son qarorining 6-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2412-son qarori 2-ilovasining 15 va 16-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 8, 21 va 24-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. B.T. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qarorida:
a) 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. B.T. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi”.
b) 2-ilovaning 7 — 10-bandlaridagi “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.H.)” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov B.T.)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
15-banddagi “olib kirish va olib chiqishga” soʻzlari “import va eksportga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15 — 19 bandlardagi “Masʼul organlar” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.X.)” soʻzlari “Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov B.T.)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-son qarorida:
a) la-ilovasida:
yigirmanchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi pozitsiya yigirmanchi pozitsiya deb hisoblansin;
b) 5-ilovadagi “Maxsustrans” DUK” bloki chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2915-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ORGANIZATSIONNAYA STRUKTURA
Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredi
Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredi
* Finansiruyutsya za schet vnebudjetnix sredstv, a takje sredstv, poluchennix ot xozyaystvennoy deyatelnosti.”.