04.10.1999 yildagi 454-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOYLARNI UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATI BOSHQARUVIGA BERISH VA UY-JOY FONDINI SAQLASH VA TUZATISH MASALALARIDA DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIK QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 196-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 196-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tegishli normativ hujjatlar bilan taʼminlashda hamda ularning huquqiy hujjatlari toʻgʻri rasmiylashtirilishida zarur yordam koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili budjetni shakllantirishda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal tuzatish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
454-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 196-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
4-oktabrdagi 454-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishning namunaviy tartibini belgilaydi. Joylardagi davlat hokimiyati organlari amaldagi qonun hujjatlari normalariga va mazkur Nizomga muvofiq uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlarni qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Uy-joy mulkdorlarini birlashtiruvchi hamda ularning manfaatlarini ifodalash huquqini olgan shirkatlar tashkil etilganda shirkat uy-joy mulkdorlarining roziligi va ularning topshirigʻiga koʻra bino (binolar)ni boshqarishni oʻz zimmasiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Uy (uylar)ni shirkat boshqaruviga berish shirkat boshqaruvi rahbariyatining arizasi olingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— shirkatning yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— shirkat ustavining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— bino (binolar)ni boshqarish huquqini shirkatga berish toʻgʻrisidagi qaror bilan birgalikda uy-joy mulkdorlari umumiy yigʻilishi bayonnomasi taqdim etilgach bir oy muddatda shahar (tuman) hokimining qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Shirkat boshqaruviga berilayotgan uy-joy binosida davlat uy-joyi boʻlgan taqdirda davlat uy-joyining mulkdori shahar (tuman) hokimining qarori olingandan keyin bir oy mobaynida shirkat aʼzoligiga kirishi, uy-joylarni shirkat boshqaruviga topshirish-qabul qilib olish boʻyicha komissiya tuzishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Shirkat balans saqlovchi funksiyasini bajargan holda uyning texnika hujjatlarini yuritadi, uni balansda hisobga oladi. Bunda xususiy va davlat mulki boʻlgan binolarning balans qiymati hisobi alohida yuritiladi. Turar joy va turar joyga moʻljallanmagan binolar maydonini hisobga olish ham shu taxlitda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Uy (uylar) shirkat boshqaruviga berilishi bilan bir vaqtda shahar (tuman) hokimining tegishli qarori bilan uy (uylar) va uy atrofidagi hududlar egallab turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATINING UY-JOY FONDINI SAQLASH VA TUZATISH MASALALARIDA DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Ham jismoniy, ham yuridik shaxslar, shuningdek davlat hokimiyati organlari uy-joy mulkdorlari boʻlgan uylarda davlat hokimiyati organlari shirkatga binodagi turar joylarga davlat mulkining tegishli miqdoriga teng qatnashish ulushi, umumiy xarajatlarga tegishli ulush qoʻshgan holda va qatnashish ulushiga muvofiq ovozlar soni bilan kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Birgalikdagi mulk boʻlgan binodagi turar joylar mulkdorlarining munosabatlari bitim asosida quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondi boʻyicha shirkatdagi davlat uy-joy mulkdorining vakili tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Davlat mulki boʻlmagan uylar boʻyicha xususiylashtirish natijasida xususiy mulkka oʻtgan turar joylarni saqlash va tuzatishga kompensatsiya davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatiga oʻtkaziladi, biroq bu tegishli davrda xuddi shunday uylar boʻyicha uy-joy fondidan foydalanish va uni tuzatishga dotatsiyadan koʻp boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Uy-joy mulkdorlaridan biri davlat hokimiyati organlari hisoblangan shirkatlarda dotatsiya ular tomonidan davlat mulki boʻlgan uy-joylar boʻyicha ham, xususiylashtirish tartibida xususiy mulkka oʻtgan uy-joylar boʻyicha ham ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Mazkur nizomning 2.3 va 2.4-bandlariga muvofiq mablagʻlarni oʻtkazish mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiruvchi davlat hokimiyati organi bilan shirkat oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnoma uy-joy fondini saqlash va tuzatish boʻyicha xarajatlarning bir qismini davlat kompensatsiya qilgan taqdirda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— shirkat tomonidan daromadlar toʻgʻrisidagi, mablagʻlardan foydalanish va mulkchilik turlari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlanayotgan uy-joy fondi hajmi toʻgʻrisidagi buxgalteriya va statistika hisoboti taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ikkilamchi bitishuv (hadya etish, meros qilib qoldirish, oldi-sotdi va hokazolar) sodir etilishi natijasida xususiy mulkka oʻtgan uy-joylarning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda imtiyozga ega boʻlganlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— taqdim etiladigan axborot va hisobotning ishonchliligi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shirkatning javobgarligi, shartnoma shartlari buzilganligi uchun jarimalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning namunaviy shakli ilova* qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Xususiylashtirilgan koʻp kvartirali uylarda uy-joy mulkdorlari bilan shartnoma-kontraktlar boʻyicha uy-joylarga xizmat koʻrsatuvchi uy-joylardan foydalanish tashkilotlari ularni shirkatga texnik jihatdan soz holda topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Shirkat aʼzolari boʻlmagan uy-joy mulkdorlari umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni saqlash boʻyicha majburiyatlardan ozod etilmaydilar va uy boshqaruvchisi bilan tuzilgan bitim boʻyicha oʻz mulkida boʻlgan uy-joylarning umumiy maydoniga teng xarajatlar ulushini shirkatning yoki boshqa tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻiga toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Lift xoʻjaligidan foydalanish va uni tuzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar shirkatlarning uylarini tegishli davrda amal qiluvchi narxlar va tariflar boʻyicha texnik xizmat koʻrsatishga qabul qilishni rad etishga haqli emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Resurslarni tejovchi tashkilotlar issiqlik, elektr energiyasi, suv, gazni aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha berishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Uy-joy mulkdorlari mazkur uy-joylardan uning vazifasiga muvofiq foydalanishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. Shirkat ustavida nazarda tutilgan barcha tugatish tadbirlari oʻtkazilgandan keyin va tugatishdan oldingi davr uchun uyni va uy atrofidagi hududni saqlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlar qoplangandan soʻng shirkat tugatilgan taqdirda uy-joy mulkdorlari uy-joyni saqlash va tuzatish masalasi boʻyicha imorat joylashgan joydagi mulkchilikning istalgan shaklidagi tuzatish, foydalanish tashkiloti bilan bitim tuzish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2006-y., 22-son, 196-modda)