O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini takomillashtirish hamda budjet mablag‘larini tejash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyul,
495-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 495-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshidagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
a) “Xo‘jalik ta’minoti bo‘limi” blokidagi “31” raqami “37” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “127” raqami “133” raqami bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 665-modda)