13.07.2017 yildagi PQ-3132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini taqdirlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3132-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari qarorlari asosida) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariga beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilib, har yilning 3-yanvar sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) taqdim etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish tartibi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya xulosasi asosida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid buyrugʻi qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruq axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarning mahalla tizimi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi va ibratli faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda tuman (shahar) markazlaridagi “Mahalla markazi” majmualari binolariga oʻrnatiladigan “Mahallamiz iftixorlari” axborot peshlavhasining namunaviy shakli kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakatimiz sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma olish huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
2-ILOVA

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, uning ostida mahallaning ramziy darvozasini ifodalovchi arka tasviri koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan koʻk rangdagi emal doira ichida “MAHALLA IFTIXORI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “MAHALLA”, “TIZIMI RIVOJIGA”, “QOʻSHGAN”, “MUNOSIB HISSASI”, “UCHUN” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 8 millimetrli oq rangli yoʻl, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻl oʻtgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mahalla iftixori”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bold” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik”, uchinchi satrda “vazirligining” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Mahalla iftixori” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Kambagʻallikni qisqartirish”, ikkinchi satrda “va bandlik vaziri” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-martdagi PQ-93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni
GUVOHNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)