Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarorining 6-bandiga muvofiq hamda savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortishga oid oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar idoraviy normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
379-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
N= V x C
bunda:
N — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq summasi;
V — hisobot oyidagi yalpi tushum;
S — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq stavkasi.
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliqni hisoblashga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan”;
b) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
g) 2-ilovada:
1, 2 va 4-satrlar chiqarib tashlansin;
6-satrdagi “1010” raqami “910” raqami bilan almashtirilsin;
3, 5 va 6-satrlar tegishli ravishda 1, 2 va 3-satrlar hisoblansin;
izoh chiqarib tashlansin;
d) 3-ilovada:
1 va 3-satrlar chiqarib tashlansin;
5-satrdagi “Soliq solinadigan tushum (3-satr — 4-satr)” soʻzlari “Soliq solinadigan tushum (1-satr — 2-satr)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2, 4—7-satrlar tegishli ravishda 1—5-satrlar hisoblansin;
“*” belgili izoh chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 167-modda, 24-son, 200-modda)