Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022 10.07.2017 yildagi 478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
478-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 478-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalarini, shu jumladan ularning tuzilmasiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlarining (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan mablag‘larni jamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslarini, sport inshootlarini va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish xarajatlarini qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
polietilen granulalarga qo‘shimcha foyda solig‘i mablag‘larining bir qismi, oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xo‘jaligi, shu jumladan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining imtiyozli kredit (qarz) mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Polietilen granulalarga qo‘shimcha foyda solig‘i mablag‘larining bir qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar Jamg‘armaga har oyda, o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlarini va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini, shu jumladan birgalikda foydalaniladigan oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-laboratoriya komplekslarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro moliya tashkilotlari hamda donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari, homiylarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari mablag‘lari Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘armani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma kengashi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘arma kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi parametrlarini, shuningdek Jamg‘armaga tushgan va sarflangan mablag‘lar hisobotini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslarini, sport inshootlarini va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini, shu jumladan birgalikda foydalaniladigan oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-laboratoriya komplekslarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning aniq manzilli dasturiga kiritiladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bosh pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash yuzasidan tanlov savdolarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi takliflari asosida ushbu ma’lumotlar bazasi ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining imtiyozli kredit (qarz) mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning, boshqa xorijiy donorlarning grantlari va ixtiyoriy badallarini jalb etishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma yuklangan vazifalar bilan bog‘liq masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllantirish hamda uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Jamg‘arma faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamg‘armaning ishchi organi funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish sektoriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Jamg‘arma faoliyati bilan bog‘liq asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining har yillik prognoz parametrlarini, shuningdek ularning bajarilishi bo‘yicha hisobotni Jamg‘arma Kengashiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kelgusi yilning manzilli dasturiga kiritiladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va bosh pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash tadbirlarini moliyalashtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni ta’minlash xarajatlari to‘lanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini bank depozitlariga joylashtirish yo‘li bilan ularni boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamg‘arma xarajatlari har chorakda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) parametrlari bilan bog‘langan holda, Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarning prognoz balansi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonalari, “O‘zagrosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati esa — bosh loyihalashtirish tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish belgilangan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha tanlov savdolari natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash — belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish — tasdiqlangan ma’lumotlar bazalari ro‘yxati asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bepul asosda olingan o‘quv va ilmiy uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan mas’uliyat tegishli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xarajatlarni to‘lash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar — qat’iyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida va oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha qurilishlarning tasdiqlangan aniq manzilli ro‘yxatlariga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash — belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlov natijalari va tuzilgan shartnomalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon ta’lim resurslaridan, ilg‘or ilmiy adabiyotlar elektron kataloglaridan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xarajatlar — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi jahon ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogining va ma’lumotlar bazasining egasi bo‘lgan muassasa o‘rtasida tegishli ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish to‘g‘risida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash — oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida hamda tanlov savdolari natijalari hisobga olingan holda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonalarining to‘lov topshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida qurishning prognozlashtirilayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorida avans to‘lovlarini teng ulushlarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan 5 foizni pudratchiga shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom bo‘lgandan keyin to‘lash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oliy ta’lim muassasalarini jihozlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida va Moliya vazirligining G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining to‘lov topshiriqnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma umumiy summasining 30 foizi miqdorida avans to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avans to‘lovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berishning amaldagi hajmidan kelib chiqib, har oyda joriy moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va Dasturni keyingi yilda moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va undan foydalanishning buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek hisobotlarni tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 655-modda)