03.07.2017 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashi tashkil etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert kengashi) tarkibi Agentlik xodimlari, malakali mutaxassis va ekspertlardan iborat boʻladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert kengashi tarkibi va faoliyat koʻrsatish tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga koʻra Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻi asosida hududiy ekspert kengashlari tashkil etilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Ekspert kengashi Agentlik huzuridagi “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ni boshqaruvchi organ hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Respublika vasiylik kengashining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uylarida oldin nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uylarida tarbiyalangan 18 va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi va holati xususiyatlarini inobatga olib ular uchun boʻlimlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankida hisob raqamiga ega boʻlgan Toshkent shahar 2-son nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uyida ijtimoiy sheriklik doirasida maxsus boʻlim tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarni keyinchalik jamiyatga integratsiya qilish uchun ularning mustaqil hayotiy va mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish orqali ularni ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish boʻlimning asosiy maqsadi hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida davolash-mehnat terapiyasini amalga oshirish va reabilitatsiya qilish maqsadida yuridik shaxs tashkil etmasdan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) sexlari, ustaxonalar va yordamchi xoʻjaliklar tashkil etilishi mumkin, ularning tovarlarini sotishdan olingan daromadlar internat uylarning alohida budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va ulardan (tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha jami xarajatlarning oʻrni toʻldirilgandan keyin) qattiq va yumshoq inventar sotib olish, shuningdek “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining boshqa ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning Agentlikning hisobvaraqlarida jamlanadigan mablagʻlaridan, shu jumladan tijorat bankida ochilgan xorijiy valyutadagi hisobvaragʻidagi mablagʻlaridan tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan, Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Ekspert kengashining qarorlariga muvofiq foydalaniladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
455-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) huzuridagi “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlikning hisob raqamlarida jamlanadi, ulardan, shu jumladan tijorat bankida ochilgan valyuta hisob raqamlaridagi mablagʻlardan ushbu Nizomga muvofiq “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining ijtimoiy, tibbiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, “Gʻamxoʻrlik” markazlari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarning (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, har xil madaniy tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, seminarlar tashkil etish, shuningdek ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar ishtirokida oʻtkazilgan xayriya gala konsertlardan, madaniy-ommaviy va sport tadbirlaridan tushgan tushumlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar tomonidan tayyorlangan tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar), xorijiy grant beruvchilar va donorlarning yordami, Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisob raqamlarida joylashtirishdan tushgan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash (binolar, inshootlarni joriy, mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiy, reabilitatsion, oʻquv uskunalari, mebel, tashkiliy texnika va boshqa texnikani, yumshoq inventar, transportni, shuningdek “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyati jarayonida zarur boʻlgan boshqa tovarlar va xizmatlarni sotib olish);
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv anjomlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar tomonidan, ularni oʻqitish, shu jumladan mehnat jarayonida tovarlar tayyorlash uchun qoʻllaniladigan xom ashyo va materiallarni xarid qilish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini yoritadigan Agentlikning rasmiy veb-saytini yaratish va qoʻllab-quvvatlash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari boʻylab ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazish, sahna kostumlari sotib olish, shuningdek “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashining (keyingi oʻrinlarda Ekspert kengashi deb ataladi) qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan, Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Ekspert kengashining qarorlariga muvofiq foydalaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning aniq maqsadlari (tovarlarning nomlari, ularning soni, ishlar, xizmatlar boʻyicha) “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining tegishli tovarlar va xizmatlarga ehtiyojlarini oʻrganish asosida Ekspert kengashi tomonidan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan, shuningdek ularni Ekspert kengashining qarorlariga muvofiq “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga (Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalari) oʻtkazish yoʻli bilan foydalanilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan Jamgʻarmadan ularning gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga tushgan mablagʻlardan foydalanish Ekspert kengashining qarorlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarmadan “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik ushbu muassasalar rahbarlariga yuklanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarmaning “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy raqamlariga oʻtkazilgan, hisobot yili oxirida foydalanilmagan mablagʻlari Jamgʻarmaga qaytarilmaydi va kelgusi kalendar yilda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekspert kengashi Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekspert kengashi:
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manbalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va mablagʻlar sarflarining prognoz parametrlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan taqdim etiladigan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
(12-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish uchun taftish komissiyasini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Jamgʻarmaning daromadlari va mablagʻlar sarflarining tasdiqlangan prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar jalb etilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari barqaror shakllantirilishini, oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash ustidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik:
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya xizmati koʻrsatadi, Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisob va hisobotni yuritadi, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlaridan Jamgʻarmadan olingan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisida hisobotlar soʻraydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Ekspert kengashiga taqdim etadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 619-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)