Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 28.09.1999 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TURKMANISTONNING AVTOTRANSPORT VOSITALARI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRGANLIGI VA TRANZIT HARAKATLANGANLIGI UChUN YO‘L YIG‘IMLARI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkmaniston avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tishi uchun yo‘l yig‘imlari stavkalarining teng amal qiluvchi miqdorlarini o‘zaro tartibga solishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1999-yil 1-oktabrdan boshlab Turkmaniston avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va uning hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tishi uchun yig‘imlar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Turkmanistonning avtotransport vositalaridan yig‘imlar undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari bo‘limlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasi haydovchisiga beriladigan, bo‘lish muddatlari va harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatilgan, belgilangan namunadagi yo‘nalish varaqasi O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelish yoki uning hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tish huquqiga ruxsatnoma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish yo‘nalishini va bo‘lish muddatlarini o‘zgartirishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining joylardagi organlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tganda, bojxona nazoratidan tashqari, bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 28-sentabrdagi
447-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yig‘imlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Avtotransport vositasining turi‎

Stavkalar
‎ (AQSh dollarida ‎

1. Quyidagi miqdorda yuk ko‘taradigan yuk avtotransport vositalari: ‎
10 tonnagacha‎

50‎

10 tonnadan 20 tonnagacha‎

100‎

20 tonnadan ortig‘i‎

150‎

2. O‘rinlar soni quyidagicha bo‘lgan avtobuslar:‎
12 o‘rindan kam‎

25‎

13 o‘rindan 30 o‘ringacha‎

50‎

30 o‘rindan ortig‘i‎

100‎

3. Tranzit bo‘yicha o‘tuvchi yengil avtotransport vositalari‎

30‎

4. Tranzit bo‘yicha o‘tuvchi mototsikllar‎

15‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: uchinchi mamlakatlardan yuklarni O‘zbekiston Respublikasiga tashishda va O‘zbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175,0 AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha yig‘im undiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 318-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 565-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 59-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2015-y., 44-son, 565-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)