ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomlanini |
Amalga oshirish shaklari |
Amalga oshirish muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini (keyingi o‘rinlarda — Byuro) elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirish hisoblagichlari bilan ta’minlash | ||||
|
1. |
Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirish uskunalari bilan ta’minlash. Byuroni dasturiy ta’minoti bilan 4386ta to‘lov terminallari bilan jihozlash (elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qiluvchi 4193 nafar davlat inspektorlari uchun, shuningdek tuman va shaharlar Byurolarining 193 ta bo‘limlari uchun) bular elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash uskunalari ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish imkonini beradi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2017-yil 1-avgustgacha |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), Banklar uyushmasi (S.Y. Abdullayev), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultonov) |
|
2. |
Markaziy bankning kassa ishi, inkassatsiya va tijorat banklarida qimmatli buyumlar tashishni tashkil etish Yo‘riqnomasiga (27.06.2008-yildagi 1831-son bilan ro‘yxatga olingan) o‘zgartirishlar kiritish, ularda tijorat banklariga viloyat tumanlari va shaharlarida bankning hududiy filiallari mavjudligidan qat’i nazar kassalarni ochish �uquqi berilishi nazarda tutitladi. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 1-iyulgacha |
Markaziy bank (M.Nurmuratov), Adliya vazirligi (M. Ikromov) |
|
3. |
Tumanlar (shaharlar) Byurolari bo‘limlarining huzurida bank kassalarini ochish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-avgustgacha |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari, Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jaye�) |
|
4. |
Inkassatsiya xizmatlari orqali naqd pul mablag‘larini boshqa tijorat banklarining filiallariga topshirganliklari uchun tegishli filialning vakillik hisob varag‘iga bir kun ichida pul mablag‘lari kelib tushishini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2017-yil 1-iyulgacha |
Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
5. |
Banklararo chakana to‘lovlarning ishlab turgan va tashkil etilayotgan infratuzilmasida “GlobUzCard” va “Uzsard”to‘lov tizimlarining plastik kartalariga o‘zaro xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2017-yil 1-avgustgacha |
Banklar uyushmasi (S. Abd?llayev), Yagona umumrespublika protsessing markazi (Sh. Fayzullayev), Yagona xalqaro protsessing markazi (B. Teshabayev) |
|
II. Elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining mavjud bo‘lgan billing tizimlarini takomillashtirish | ||||
|
6. |
“O‘zbektelekom” AK sana-markazi serveriga ma’lumotlar bazalarini yig‘ish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan: Tezkor xotirasi 4 GBga teng va protsessorning 1 yadrosidan iborat resurslarga ega bo‘lgan 80 ta virtual serverlarni belgilangan tartibda tayyorlash; “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbektelekom” AKning sana-markazi o‘rtasida yuqor tezlikdagi aloqa kanalini belgilangan tartibda o‘tkazish; “O‘ztransgaz” AK tuman bo‘linmalari ma’lumotlar bazalarini taqsimlash (Toshkent shahr — 2 virtual server, viloyat markazlari va katta shaharlar � 18 virtual server, boshqa hududlar, 60 virtual server). |
Tashkiliy choralar-tadbirlar |
2017-yil 30-iyungacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov) |
|
7. |
“O‘zbektelekom” AKning ma’lumotlarini uzatish tarmog‘i negizida “O‘ztransgaz” AKningbelgilangan tartibda VPN-tarmog‘ini yaratish va uni keyinchalik Byuroning axborot tarmog‘iga ulash. |
Tarmoqni yaratish |
2017-yil 1-noyabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov) |
|
8. |
Keyinchalik uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimi yaratilishini inobatga olgan holada “O‘ztransgaz” AK abonentlarining shaxsiy hisob varaqlarini unifikatsiya qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-dekabrgacha |
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
9. |
Hisob-kitob balansi va foydalanilgan elektr energiyasi to‘g‘risida SMS-xabarlarni yuborish yo‘li bilan elektr energiyasi iste’molchilarini xabardor qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 15-iyulgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), |
|
10. |
Quyidagilarni: “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbekenergo” AJ billing tizimlari ma’lumotlarini tahlil qilish va viziual aks ettirishning qo‘shimcha kichik tizimini ; kelib tushgan to‘lovlar va qarzdorligi bor iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarning shakllarini; berilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlari bo‘yicha hisobotlarning shakllarini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-iyulgacha |
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), (B. Qudratxo‘jayev), Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) tizimni ishlab chiquvchi |
|
11. |
Byuro mutaxassislarini “O‘ztransgaz” AK va “O‘zbekeenrgo” AJ billing tizimlari bilan ishlashga o‘qitishni tashkillashtirish. |
O‘qitish grafigi |
2017-yil 10-iyulgacha |
Bosh prokurutara huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
III. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish | ||||
|
12. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasiqarori loyihasi |
2017-yil 20-iyulgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (E. Iskandarov), ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari |
|
13. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini konsepsiyasinii ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo hujjat |
2017-yil 1-avgustgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash. |
Texnik topshiriq |
2017-yil 1-oktabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (E. Iskandarov), ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari |
|
15. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish loyihasi bo‘yicha loyiha hujjatlarini (DTIA/TIA) ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Texnik hujjatlar |
2017-yil 1-dekabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov) ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari |
|
16. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini yaratish loyihasining ijrochisi (pudratchisi)ni aniqlash hamda loyiha tashabbuskori bilan pudratchisi o‘rtasida shartnomalar tuzish. |
Tanlov savdolarini o‘tkazish yoki Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish, shartnoma tuzish |
2018-yil 1-yanvargacha |
Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Shermatov), |
|
17. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimini ishlab chiqish, foydalanishga topshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-avgustgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), |
|
IV. Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni undirish darajasini oshirish chora-tadbirlari | ||||
|
18. |
Turar joy va noturar joy fondining to‘liq inventarizatsiyasini o‘tkazish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: kadastr hujjatlari, loyiha hujjatlari, ulanish shartnomalari, sxemalari va boshqa zarur hujjatlar, hisoblash uskunalari, ularning soz holdaligi va normativ texnik talablargamosligi, iste’molchining billing tizimida ro‘yxatga olinganligini aniqlash; elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash asboblarini birgalikda plombalash; elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’mol qilishning haqiqiy hajmini va uning shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlarga hamda amalga oshirilgan to‘lovlarga muvofiqligini aniqlash; turar joy va noturar joy fondi obyektlarining egalari, kadastr ma’lumotlari, kommunikatsiyalari va imoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona elektron pasportlarni tayyorlash; vazirlik va idoralarning ma’lumotlar tegishli axborot bazalariga zarur aniqliklar kiritish; inventarizatsiya davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralar tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatish. |
Inventarizatsiya o‘tkazish grafigi |
Tasdiqlash —2017-yil 25-iyungacha Amalga oshirish — grafik bo‘yicha |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) “O‘zgdavneftgazinspeksiya” DI, (L. Akbarxodjayev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (B. Gulyamov), |
|
19. |
Davlat inspektorlarida zimmalariga yuklangan vazifalarni samarali bajarishlari uchun yuksak professinal fazilatlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish davlat inspektorlarini joylarda o‘qitishni tashkillashtirish. |
O‘qitishni o‘tkazish grafigi |
2017-yil 15-iyulgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov) |
|
20. |
Byuroning davlat inspektorlari uchun qulayliklar yaratish va zimmaga yuklangan vazifalarning tezkor bajarilishini ta’minlash maqsadida shu jumladan imtiyozli kredit shartlarida mopetlar sotib olish. |
Tashkliy chora-tadbirlar |
2017-yil 15-iyulgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), tijorat banklari |
|
21. |
Trubalarni qirqmasdan iste’molchilarni gaz ta’minoti tarmoqlaridan uzib qo‘yish uchun plombalash imkoniyati bilan maxsus ventellarni tayyorlash va o‘rnatish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-yanvargacha |
“O‘zbekneftgaz”MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
22. |
Tabiiy gaz iste’molchilari uchun raqamlangan bir martalik plastik plombalar va elektr energiyasi iste’molchilari uchun — o‘zi yelimlanadigan plombalar xarid qilishni tashkillashtirish. |
Dastavval — 5 million dona, keyinchalik — ehtiyojga qarab |
2017-yil 15-iyulgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
23. |
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 2017-yil 1-iyun holati bo‘yicha qarzdorlarning shaxsiy ro‘yxatini (yuridik shaxslar — muhr bilan tasdiqlangan solishtirma aktlari bilan, jismoniy shaxslar — manzili va tuman, shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘ining imzosi bilan) Byuroga taqdim etish. |
Hujjatlarning qog‘oz va elektron shakli |
2017-yil 20-iyungacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
24. |
“O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK bo‘linmalarining yagona hisob varaqlariga xizmat ko‘rsatish uchun tijorat bankini belgilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-iyulgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari |
|
25. |
Tushumlarning ishonarli hisobi yuritilishini va Byuro tomonidan pul mablag‘lari harakati monitoring qilinishini ta’minlaydigan yagona bank hisob-kitob hisob varaqlarida mablag‘larni yig‘ish tizimini joriy etish yo‘li bilan “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK korxonalarining elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni jamlaydigan bank hisob varaqlarini optimallashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 25-iyungacha |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), “O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz”MXK (A. Sultanov), |
|
26. |
Adliya vazirligi huzuridagi tugatilgan sud departamenti va uning hududiy bo‘linmalarining depozit va boshqa hisob varaqlarini inventarizatsiya qilishni tashkillashtirish, hisob varaqlardagi pul mablag‘lari bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish. Yakunlarga ko‘ra,.mazkur hisob varaqlarni optimallashtirish va ijro ishini yuritishda kelib tushadigan pul mablag‘larini jamg‘aradigan yagona hisob varaqni yaratish choralarini amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 15-iyulgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Adliya vazirligi (M. Ikramov) |
|
27. |
Elektr energiyasi va gazdan oqilona foydalanish hamda energiya va gaz iste’moli tarmoqlarining kuchlanish yukini taqsimlash maqsadida ayrim korxonalar uchun 2018-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazga tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018-yil 1-yanvargacha |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zbekneftgaz”MXK (A. Sultanov), |
|
28. |
Elektr energiyasi va tabiiy gazning to‘g‘ri va qonuniy iste’mol qilinishi nuqtai nazaridan avtomobilga gaz to‘ldrishi kompressor stansiyalari va boshqa obyektlarga reydlar uyushtirish. |
Reydlar o‘tkazish |
doimiy |
“O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), |
|
29. |
Byuroning “Ishonch telefoni — 1107” yagona qisqa raqamini yaratib, uni elektr energiyasi va tabiiy gazni qonunga xilof ravishda iste’mol qilish faktlari to‘g‘risida axborot olish uchun Byuroning mahalliy bo‘linmalarini unga ulash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 15-iyulgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
30. |
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlikning hisobdan chiqarilishi ishonchliligini tekshirish va huquqni buzish faktlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-sentabrgacha |
“O‘zbek?nergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
31. |
Xorijiy tajribani o‘rganish asosida elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berish, tashish, taqsimlash va sotishda yo‘qotishlarni aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 25-iyulgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), |
|
32. |
Bevosita iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli hajmlari bilan tegishli hududlar chegaralaridagi tarmoqqa yetkazib berilgan hajmlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Byuroga taqdim etish tartibini belgilab beruvchi Yo‘riqnomani tasdiqlash. |
Birgalikdagi qaror |
2017-yil 20-avgustgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), |
|
V. Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini(ENHOAT, GNHOAT) joriy etish | ||||
|
34. |
Ekspertiza o‘tkazish va tegishli xulosalar berish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga ENHOATga oid amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha “O‘zbekenergo” AJ tomonidan axborot kiritish. |
Axborot yuborish |
2017-yil 25-iyungacha |
“O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. She�matov) Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Moliya vazirligi(B. Xodjayev), “O‘zinjiniring”RLI (T. O‘razayev), (B. Qudratxo‘jayev) |
|
Amalga oshirilayotgan ENHOAT bo‘yicha taqlim etilgan xulosalar yuzasidan ekspertiza o‘tkazish va xulosalar berish. |
Xulosalar berish |
2017-yil 1-iyulgacha | ||
|
ENHOATni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning texnik tariflariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga oluvchitexnik parametrlari bo‘yicha bir xil zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati masalalari yuzasidan xalqaro va xorijiy moliya institutlari — donorlar bilan muzokaralar olib borish va kelishish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 10-iyulgacha | ||
|
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarning yakunlariga ko‘ra tegishli takliflar kiritish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2017-yil 15-iyulgacha | ||
|
35. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizoimini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5059-son Farmonida belgilangan vazifa va muddatlarni inobatga olgan holda ENHOATni joriy etish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-avgustgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), |
|
36. |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida GNHOATni joriy etish bo‘yicha tanlov natijalarini tanqidiy o‘rganib chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-iyulgacha |
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxadjayev), “O‘zinjiniring”RLI (T.Urazayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida quyidagilarni o‘rganish: Tabiiy gaz iste’molining amaldagi hajmlari; GNHOATga mos keladigan tabiiy gazni hisoblashning talab etiladigan uskunalari (ularning tur va o‘lchamlari) bo‘yicha ishonarli miqdorini shakllantirish; tegishli hududlarning chegaralarida.hisoblash uskunalarini o‘rnatish sxemalarini ishlab chiqish. |
Tahliliy ma’lumot |
2017-yil 15-iyulgacha | ||
|
GNHOATni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning texnik tariflariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek tabiiy gaz iste’molini hisobga oluvchi texnik parametrlari bo‘yicha bir xil zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati masalalari yuzasidan xalqaro va xorijiy moliya institutlari — donorlar bilan muzokaralar olib borish va kelishish.. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 1-avgustgacha | ||
|
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida GNHOATni joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishini davom ettirish, shu jumladan mahalliy tabiiy gaz hisoblagich uskunalari ishlab chiqaruvchilarini jalb etish, respublikaning qolgan hududlarida GNHOATni joriy etish grafiklari tasdiqlanishini nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash va kiritish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil 15-avgustgacha | ||
|
37. |
Zamonaviy energiya samarali gazdan foydalanuvchi asbob va uskunalar, GNHOATni joriy etish Konsepsiyada loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari, amalga oshirish muddatlari, grafiklari, shuningdek texnik parametrlari bir xil bo‘lgan tabiiy gaz iste’molini hisoblovchi zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish nazarda tutiladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil 20-iyulgacha |
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (B. Gulyamov), (L. Akbarxodjayev) |
|
38. |
ENHOAT va GNHOATga, tashqi ta’sirdan yuksak darajada himoyalangan va nazorat qilish va hisobga olishning yagona tizimiga integratsiyalashgan, shu jumladan keyinchalik barcha energo resurslarining hisoblash asboblari ma’lumotlarini bir vaqtda ishlash imkoniyatini ta’minlaydigan elektr energiyasi va tabiiy gazning hisoblash uskunalariga qo‘yiladigan yagona normativ-texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 1-sentabrgacha |
“O‘zdavenergonazorat” DI (A. Nimatullayev), “O‘zbekneftgaz”MXK (A. Sultanov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), |
|
39. |
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda, shuningdek energiya va gaz ta’minoti infratuzilmasi rivojlangan, debitorlik qarzi va elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari eng ko‘p buzilgan mintaqalarda ENHOAT va GNHOATni joriy etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2017-yil 1-sentabrgacha |
“O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), “O‘zdavenergonazorat” DI (A. Nimatullayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), (B. Qudratxo‘jayev), ixtisoslashtirilgan loyiha tashkiltlari |
|
40. |
Quyidagilar ijrosini tanqidiy o‘rganish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2016-yildagi PQ–2661-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davrida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash va yangilash dasturi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016-yiladgi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismonan to‘zgan va ma’nan eskirgan uskunalarini jadal yangilash, shuningdek ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2692-son qarori. |
O‘rganishni tashkil etish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha Amalga oshirish — grafik bo‘yicha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Hisob palatasi (K. Akmalov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), (L. Akbarxodjayev), “O‘zdavenergonazorat” DI (A. Nimatullayev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (B. Gulyamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
41. |
Elektr va gaz ta’minoti obyektlarining texnik holatini, shu jumladan bunday ishlarni amalga oshirishda xalqaro tajribaga ega bo‘lgan xorijiy pudratchini jalb etgan holda aniqlash nuqtai nazaridan bunday obyektlarning inventarizatsiyasini o‘tkazish. |
Inventarizatsiya o‘tkazish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha Amalga oshirish — grafik bo‘yicha |
“O‘zbekenergo” AJ (A. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Hisob palatasi (K. Akmalov), Moliya vazirligi(B. Xodjayev), TIV (A. Kamilov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxadjayev), “O‘zdavenergonazorat”DI (A. Nimatullayev), “Sanoatgeokontexnazorat”DI (B. Gulyamov), |
|
Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish yakunlariga ko‘ra elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari va punktlari, shuningdek gazotransport tarmoqlari obyektlarini to‘liq modernizatsiya qilish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018-yil 20-yanvargacha | ||
|
VI. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisoblash uskunalarini o‘rnatish | ||||
|
42. |
Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona va avtomatlashtirilgan tizimlariga, shuningdek uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlarining Yagona billing tizimiga integratsiyalashni va ularning muvofiqligini ta’minlaydigan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblash uskunalari uchun yagona davlat standartlarini tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirish shakli va muddatlarini, shuningdek mas’ul ijrochilarni belgilagan holda xalqaro tajribani o‘rganish asosida takliflar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumot |
2018-yil 1-avgustgacha |
“O‘zstandart”agentligi (A. Xaitov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) “O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev) |
|
43. |
Elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarishni hisobga olish, tashish va taqsimlash nuqtalarida energiya resurslarini hisoblashning zamonaviy uskunalarini o‘rnatish, shuningdek Bosh prokurtarura huzuridagi Byuro bilan birgalikda ularni plombalash, bunda ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlarga integratsiyalashuvi va bir-biriga yanada mosligini ta’minlashni hisobga olish. |
Hisoblash uskunalarini o‘rnatish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 20-iyungacha Amalga oshirish — grafik bo‘yicha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Moliya vazirligi(B. Xodjayev), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev) |
|
44. |
Elektr energiyasini hisoblash uskunalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va 1,1 million uskunalarning ENHOATga ulanishini ta’minlash, mazkur ishlarni elektr ta’minoti korxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish. Elektr energiyasini hisobga oluvchi induksion uskunalarni inventarizatsiya qilish va energiya iste’mol qilinadigan 1,5 millionta nuqtada ularni zamonaviy hisoblash uskunalariga almashtirish, mazkur ishlarni elektr ta’minoti korxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish. |
Inventarizatsiya o‘tkazish, hisoblash uskunalarini o‘rnatish va almashtirish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha Amalga oshirish — grafik bo‘yicha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), (B. Qudratxo‘jayev) |
|
45. |
Hisoblash uskunalarini inventarizatsiya qilish va hisoblash uskunalari bo‘lmagan 21,5 ming iste’molchigazamonaviy elektr energiyasini hisoblash uskunalarini o‘rnatish, mazkur ishlarni elektr ta’minoti korxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish Elektr energiyasini hisobga oluvchi induksion uskunalarni inventarizatsiya qilish va energiya iste’mol qilinadigan 1,5 millionta nuqtada ularni zamonaviy hisoblash uskunalariga almashtirish, mazkur ishlarni elektr ta’minoti korxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish. |
Inventarizatsiya o‘tkazish, hisoblash uskunalarini o‘rnatish va almashtirish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha
|
“O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), (B. Qudratxo‘jayev) |
|
46. |
Hisoblash uskunalariga ega bo‘lmagan va suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tkazish rejalashtirilmagan iste’molchilarni (taxminan 903,8 mingta) xatlovdan o‘tkazish va ularni tabiiy gazni hisoblash zamonaviy uskunalari bilan ta’minlash mazkur ishlarni gaz ta’minotikorxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish. Suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tish rejalashtirilmagan, iste’molchilarning mavjud hisoblash uskunalarini inventarizatsiya qilish va ularni zamonaviy tabiiy gazni hisoblash uskunalari bilan almashtirish (taxminan 2,3 millionta) mazkur ishlarni gazta’minoti korxonalarining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish, ularning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalashuv va bir-biriga yanada mosligi ta’minlanishini inobatga olish. |
Inventarizatsiya o‘tkazish, hisoblash uskunalarini o‘rnatish va almashtirish grafigi |
Tasdiqlash — 2017-yil 1-iyulgacha
|
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
47. |
Mamlakatda GNHOAT bilan mos keladigan tabiiy gazni hisoblovchi zamonaviy elektron uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil 1-sentabrgacha |
“O‘zbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), “O‘zeltexsanoat” AK (F. Bakiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
VII. Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish | ||||
|
48. |
Muqobil energiya manbalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar inventarizatsiyasini o‘tkazish, ularning samaradorligini tanqidiy baholash va eng avvalo mahalliy ishlab chiqaruvchilarni keng jalb etgan holda ushbu loyihalarni amalga oshirishning takshiliy-huquqiy mexanizmlari va texnik konsepsiyasini takomillashtirishga oid takliflar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-avgustgacha |
“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), (B. Qudratxo‘jayev) |
|
49. |
Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifa va funksiyalarining samaradorligini o‘rganish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish natijalari bo‘yicha ushbu sohani boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-oktabrgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), (B. Xodjayev), Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltabayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), |
|
50. |
O‘rnatilgan quvvatlarni, shuningdek muqobil manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyasi hisob olish sohasidagi statistik hisobotni takomillashtirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 1-oktabrgacha |
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
51. |
O‘zbekiston Respublikasining “Muqobil energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil 1-iyulgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, (L. Akbarxodjayev), “O‘zdavenergonazorat” DI (A. Nimatullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), |
|
52. |
“Muqobil energiya manbalari to‘g‘risida”gi Qonunning amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-oktabrgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “O‘zdavenergonazorat”DI (A. Nimatullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), (M. Ikramov),manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
53. |
Energiyani tejaydigan texnologiyalar vaqayta tiklanadigan energiya sohasida texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun o‘rnatilgan imtiyozlar, preferensiyalar va rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini o‘tkazish. |
Video-roliklar, konferensiyalar, matbuot uchun axborotlar, maqolalar |
doimiy asosda |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), “O‘zbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
54. |
Xalqaro standartlarni o‘rganish asosida muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat standartlarini takomillashtirish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2018-yil 1-iyulgacha |
“O‘zstandart”agentligi (A. Xaitov), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), “O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev) |
|
55. |
“Qayta tiklanadigan energiya manbalari. Shamol energiyasi. Shamol energetikasi. Shamol energetikasi qurilmalari. Umumiy texnik talablar”O’zDSt 1314:2009 hamda “Biogazli qurilmlar. Umumiy texnik shartlari”O’zDSt 2798:2013 davlat standartlarini xalqaro talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va ularning yangi taxririni tasdiqlash. |
Standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash |
2017-yil 1-avgustgacha |
“O‘zstandart” agentligi (A. Xaitov), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B. Zakirov), |
|
56. |
Respublikaning viloyat markazlarida fotoelektrik stansiyalar va quyosh yordamida suv isitish tizimlarini yaratish takliflarin� tayyorlash. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil 5-iyulgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “O‘zbekenergo”AJ (U. Mustafoyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
57. |
Quyosh panellari va batareyalari energiya samarador isitish qozonlari hamda energiya tejaydigan boshqa texnologiyalarni joylarning o‘zida ishlab chiqarishni (mahalliylashtirishni) tashkil etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2017-yil 5-iyulgacha | |
|
58. |
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan energiyani tejaydigan texnologiyalar, shu jumladan quyosh panellari va batareyalari, suv isitish tizimlari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya samarador isitish qozonlari o‘rnatishni qurilayotgan ko‘p xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek ularga tutash hududlarning loyiha hujjatlariga majburiy ravishda kiritish. |
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish |
2017-yil 1-sentabrgacha |
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B. Zakirov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (E. Iskandarov), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
59. |
Ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi nobudgarchiligi darajasini minimallashtirish, issiqlik stansiyalari tomonidan foydalaniladigan tabiiy gazdan ratsional foydalanish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash asosida aholi punktlariga eng yaqin joydaligini hisobga olgan holda mahalliy issiqlik stansiyalari (asosan yangi kichik tumanlarda) yaratish dasturini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-sentabrgacha |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (E. Iskandarov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zbekneftgaz”MXK (A. Sultanov) |
|
60. |
Energiyani tejaydigan texnologiyalar sohasida texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni o‘rnatish, shuningdek iste’molchilar — jismoniy shaxslarni amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan batamom o‘chirgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanganlik uchun mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish. |
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish |
2017-yil 1-avgustgacha |
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Quyosh energiyasi xalqaro instituti (N. Matchanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
61. |
Muqobil energetikada foydalaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish va sotib olishni imtiyozli kreditlash mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-avgustgacha |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), |
|
VIII. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish | ||||
|
62. |
Qarzlarni undirish masalalari yuzasidan idoralararo elektr hamkorlikning yagona tizimini yaratish, uni bosqichma-bosqich tegishli idoralarning jismoniy, yuridik shaxslar qarzdorligi va ularning mulkiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 20-sentabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Oliy sud (K. Kamilov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
63. |
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida” yangi taxrirdagi qonuni loyihasiniishlab chiqish va kiritish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil 20-sentabrgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Bosh prokuratura (I. Irgashxodjayev), MXX (R. Gulyamov), Adiya vazirligi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
64. |
Hukmni ijro etish majburiyati yuklangan organga hukmni ijro etish to‘g‘risidagi farmoyishni yuborishning aniq muddatlarini belgilash. |
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish |
2017-yil 1-avgustgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Adliya vazirligi (M. Ikramov), IIV (A. Azizov) |
|
65. |
Ijro ishi yuritishni quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish: ijro hujjatlarida undiriladigan qarzdorlik hosil bo‘lgan davrni ko‘rsatish; ijro hujjatida bayon etilgan talablarni ixtiyoriy ijro etish muddatini 5 kundan 15 kungacha uzaytirish; sud yoki boshqa organ qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etib, uni umumiy tartibda davlat ijrochisiga takroran yuboradigan tartibni o‘rnatish. |
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish |
2017-yil 1-sentabrgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), |
|
66. |
Sudlar zimmasiga ijro hujjatlariga ko‘ra uzoq (1 yildan ko‘proq) vaqtdan buyon ochiq savdolarda sotuvda bo‘lgan, foydalanishga yaroqsiz avtomototransport vositalarini utilizatsiya qilish yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga temir-tersak narxida topshirish masalasini hal etish vazifasini yuklash. |
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish |
2017-yil 15-avgustgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Oliy sud (K. Kamilov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) |
|
67. |
Davlat ijrochilarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ijro hujjatlarining talablarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarni qidirib topish masalalarida ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligini oshirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 1-sentabrgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Oliy sud (K. Kamilov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), |
|
68. |
Tumanlar (shaharlar) kesimida davlat ijrochilarining ish yuritishida bo‘lgan ijro hujjatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-yil 10-iyulgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Oliy sud (K. Kamilov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), |
|
69. |
Sud organlarida va tugatilgan Sud departamentining bo‘linmalaridagi ijro hujjatlari inventarizatsiyasini o‘tkaz�sh va ularni solishtirib chiqish, bunda qarzdorninig mol-mulki qo‘yligi munosabati bilan ijro ishini yuritish to‘xtatilganligining asosli ekanligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish. |
Inventarizatsini o‘tkazish grafigi |
2017-yil 1-sentabrgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Oliy sud (K. Kamilov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), |
|
70. |
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda unlirish qaratilgan avtotransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibini takomillashtirish, mazkur jarayonning shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil 15-avgustgacha |
Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxo‘jayev), Oliy sud (K. Kamilov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (M. Ikramov), Manfaatdor vazirlik va idoralar |