O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sudyalari, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
a) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“Izoh.
Quyidagilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri ko‘p yil ishlaganligi uchun ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri ko‘p yil ishlaganligi ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”;
b) 4-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“Izoh.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda martaba darajalari quyidagilarga ham beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq”;
b) 1-ilovada:
ilova nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risida Nizom”;
1.1.-banddagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” so‘zlari “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning nomlanishidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” so‘zlari “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovadagi 1-ro‘yxatning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari va ularning o‘rinbosarlari
1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi va uning o‘rinbosarlari
1.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari
1.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari va uning o‘rinbosari
1.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati rahbari
1.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shu’ba mudirlari”;
4.2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari”;
quyidagi mazmundagi 4.4-kichik band qo‘shilsin:
“4.4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari mudirlari va boshqarmalari boshliqlari”;
Nizomga ilovadagi 2-ro‘yxatning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi Nizomga ilovaning 1-ro‘yxatida:
1.2-kichik banddagi “milliy” so‘zi chiqarib tashlansin;
1.4-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari va uning o‘rinbosari”;
1.5-kichik banddagi “Matbuot kotibi” so‘zlari “Matbuot xizmati rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1.6-kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1.7-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shu’ba mudirlari”;
4.2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari”;
4.4-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari mudirlari va ularning o‘rinbosarlari, boshqarmalari boshliqlari hamda funksional bo‘limlari mudirlari”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 551-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)