22.06.2017 yildagi 413-son
2. O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgungacha idoraviy hujjat (order) asosida turar joy maqomini olgan yotoqxonalardagi kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs bo‘lish joyida hisobda turgan taqdirda, 2018-yil 1-iyulgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida axborot va ushbu qaror normalarining amalda qo‘llanishini o‘rganish asosida 2-bandda ko‘rsatib o‘tilgan bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzaytirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar kiritsin.
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari o‘rtasida ularga turar joyni xususiylashtirish yuzasidan berilayotgan huquqlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazsinlar.