23.06.2017 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
414-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazilgan zonada zarar koʻrgan shaxslarga tez tibbiy yoki boshqa shoshilinch yordam koʻrsatishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ularni normal hayot faoliyatiga qaytarish maqsadida oʻtkaziladi va huquqiy yordam berishni, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasini, ularni ishga joylashtirishni, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishni oʻz ichiga oladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarga bir vaqtning oʻzida ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha yordamning ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan bir nechta turi (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam berish deb ataladi) koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy davlatlarda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida zarar koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsni jabrlangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha yordamning tegishli turi koʻrsatilishini taʼminlash uchun terrorchilikka qarshi kurashuvchi davlat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillaridan iborat tarkibda Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya tarkibiga koʻrib chiqilayotgan masalaning oʻziga xosligidan (huquqiy yordam, ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya, ishga joylashtirish, obod uy-joy berish va shu kabilar) kelib chiqib tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari kiritilishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Terrorizmga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibi va ish reglamenti uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam olish uchun terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslar yoki ularning vakillari Idoralararo komissiyaga yozma tarzda murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi koʻrsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha yordamning tegishli turi koʻrsatilishini taʼminlash uchun ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha yordam berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi va uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni terrorchilik oqibatida zarar koʻrgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish zarar koʻrgan shaxslar yoki ular vakillarining yozma murojaatisiz davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar Idoralararo komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi koʻrsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam berish toʻgʻrisidagi xat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan jabrlanuvchi deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning yoki uning vakilining, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning murojaati Idoralararo komissiya tomonidan besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirishda noaniqliklar aniqlangan taqdirda Idoralararo komissiya ikki kun mobaynida murojaat qilgan shaxslardan yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan yetishmayotgan hujjatlarni yoki aniqlangan noaniqliklarni bartaraf etish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon maʼlumot koʻrsatilishi holati aniqlanganda Idoralararo komissiya ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsni yoki uning vakilini yoxud tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida rad etish sabablarini koʻrsatib yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning yoki uning vakilining yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilotning murojaatini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha talab etiladigan yordam turidan kelib chiqib ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam beradigan masʼul davlat organi yoki muassasani (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organ deb ataladi) belgilaydi va shaxsni unga ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam berish uchun yoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qaror bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsni yoki uning vakilini, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatda tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ham qabul qilingan qaror toʻgʻrisida u qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatda ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organning nomi, u joylashgan joy, ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organ rahbarining (masʼul xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi va uning xizmat telefoni raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organ Idoralararo komissiyaning qarori olingandan keyin bir ish kuni mobaynida uning ijro etilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarga ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam belgilangan tartibda koʻrsatiladi. Bunda ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organlar tomonidan byurokratizm va sansalorlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organ bir ish kuni mobaynida Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha yordam berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yozma shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxs yoki uning vakili ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha berilgan yordamdan qoniqmagan taqdirda Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha tegishli yordam bergan ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organ ustidan shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Idoralararo komissiya tomonidan terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxsning yoki uning vakilining asoslangan va qonuniy talablarini qondirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha masʼul organning rahbari ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha beriladigan yordamning oʻz vaqtidaligi va sifati uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 553-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)