21.06.2017 yildagi PQ-3077-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot yetkazib berishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida eksport qilishga ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga ularning tannarxidan past narxlar boʻyicha mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qiluvchi tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori bilan tashkil etilgan Mahsulotlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan, shu jumladan tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi Maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida, soliq solish maqsadida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan olingan tushumlar miqdori tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda boʻlgan imtiyozlar va preferensiyalar oʻzlari egasi boʻlgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari foydalanishda boʻlgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni ular tayyorlangan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtgandan keyin eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarisiz amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keltirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddatlari 3 ish kunigacha qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xalqaro karantin qoidalarining oʻsimliklar karantini sohasidagi milliy normativ hujjatlarga joriy etilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-martdagi PQ-26-sonli qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlarida belgilangan TN TIF kodlari guruhlariga mansub, ilgari foydalanishda boʻlgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ilgari foydalanishda boʻlgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilish ular tayyorlangan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorisiz amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi haqidagi Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3077-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 535-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)