Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2017-yilning 5-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushqoqlik bilan yigʻish va jalb qilish toʻgʻrisidagi Bitim:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida migratsiya sohasida vakolatli organlar vakolatxonalarini oʻzaro taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyun,
PQ-3069-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 530-modda)