14.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2889
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 14.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2889
Kuchga kirish sanasi
19.06.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2889]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaning (Madrid, 1989-yil 27-iyun) 4-bis moddasiga va O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaning (Madrid, 1989-yil 27-iyun) 4-bis moddasiga muvofiq, agar O‘zbekiston Respublikasida milliy ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi bilan bir xil bo‘lsa va ushbu ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari bitta shaxs nomiga berilgan bo‘lsa, tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish mumkin. Bunda, milliy ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga doir huquqlarga ta’sir qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan huquqiy jihatdan muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda ham sanab o‘tilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgisini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning kuchga kirish sanasi tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidan keyin bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Arizani berish va uni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish to‘g‘risidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasining ishonchnomasi bilan patent vakili tomonidan taqdim etiladi. Ariza patent vakili tomonidan imzolanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza bitta tovar belgisini ro‘yxatga o‘tkazishga oid bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza va ishonchnoma Vazirlikka bevosita taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza Vazirlikka kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza Vazirlik tomonidan mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar ariza mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa, Vazirlik xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida patent vakili orqali so‘rov yuboradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi so‘rov jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida so‘rovdagi kamchiliklarni bartaraf etishi lozim. Bunda arizani ko‘rib chiqish muddatining o‘tishi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi javob Vazirlikka kelib tushgunga qadar to‘xtatib turiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. So‘rovga mazkur Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida javob taqdim etilmagan taqdirda, Vazirlik tomonidan patent vakili orqali xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasiga arizani qanoatlantirishni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi arizani qanoatlantirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Arizani qanoatlantirish rad etilgandan keyin xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi Vazirlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran Ariza topshirishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza mazkur Qoidalarning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ma’lumotlar Davlat reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida Vazirlik Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shaklda (ingliz tilida) tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirilganligi to‘g‘risida bildirishnoma tayyorlaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bildirishnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga jo‘natiladi, ikkinchi nusxa esa milliy ro‘yxatdan o‘tkazishga oid hujjatlarga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi hamda xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirilganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirilishi milliy ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisining amal qilishini tugatilishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi (pochta manzili)‎
____________________________
‎‎(F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil __________________________________
‎Telefon _________________________________

‎‎ARIZA

‎‎Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirishingizni so‘rayman.
‎‎1. Milliy ro‘yxatdan o‘tkazish ___________________________________________________________________________________-son
‎Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish ____________________________________________________________________________________-son
‎‎2. Milliy ro‘yxatdan o‘tkazish tovar va xizmatlari tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasining
‎______________________________________________________________________________________________________ sinflari
‎Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish tovar va xizmatlari tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasining
‎______________________________________________________________________________________________________ sinflari
‎‎3. Milliy ro‘yxatdan o‘tkazish egasi _________________________________________________________________________________
‎Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish egasi ___________________________________________________________________________________
‎4. Milliy ro‘yxatdan o‘tkazish tovar belgisi ___________________________________________________________________________
‎Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish tovar belgisi ____________________________________________________________________________
‎5. Milliy ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi ________________________________________________________________________________
‎Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi __________________________________________________________________________________
Patent vakili‎

‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.Sh., imzo)

‎‎Sana ______________________
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalariga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE
‎REPUBLIC OF UZBEKISTAN

‎‎______________________________________________________________________________________________________________

Date‎ ‎‎The International Bureau of the
‎World Intellectual Property Organization
Reg. №‎

‎‎NOTIFICATION
‎about the replacement of a national registration by an international registration

‎‎According to Article 4 bis of the Protocol Relating to the Madrid Agreement, Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan replaces the national trademark registration by the international registration № __________________________________________________
‎‎ — regarding all classes of the Nice Classification according to the list of goods and / or services: __________________________________
‎‎ — regarding the following classes of the Nice Classification according to the list of goods and / or services: __________________________
‎‎Date of filing of a national application: _________________________________________________________________________________
‎Number of a national application: _____________________________________________________________________________________
‎Date of registration of a national registration: ____________________________________________________________________________
‎Number of a national registration: ____________________________________________________________________________________
‎Date of priority of the national registration: _____________________________________________________________________________

‎‎Nead of the Trademark Examination Department (signature)________________________________________________________________

‎‎Nead of the Administration Department (signature) ______________________________________________________________________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 510-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)