1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2789-sonli qarori ijrosini ta’minlash va Navoiy viloyatidagi innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektorlari samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tashkil etilsin (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining (keyingi o‘rinlarda — hudud) sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari holatining tizimli tahlilini olib borish, muammoli masalalarni aniqlash va ularning samarali yechimini izlash uchun ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni belgilash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlanishi, energo va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni ta’minlash, ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirishga yordam beruvchi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, robototexnika, mexatronika, nanotexnologiya, biotexnologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energetika va mashinasozlik sohalarida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni o‘tkazishda ishtirok etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning ilmiy va ilmiy-pedagog yuqori malakali kadrlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va sanoat korxonalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida jahon va mamlakat ilm-fani yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, hududning xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, hududning muammolarini hal etish bo‘yicha izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish doirasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarur hollarda, Bo‘limning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.03.00 Nomlar va ramzlarning ishlatilishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va bank, shu jumladan, valyuta hisob raqamiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidiumi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ilmiy-texnik kengashi majlislarida tinglanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari Bo‘lim xodimlariga ham joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim raisi maqomi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tenglashtiriladi va bir vaqtning o‘zida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi huzurida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bo‘lim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi tashkilotlar bilan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari va innovatsiya ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori ilmiy natijalarga erishgan va hududda ilm-fanning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, jumladan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limni moddiy-texnik ta’minlash uchun homiylik mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan birgalikda Bo‘lim huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Bo‘limning ustavini tasdiqlasin va uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Bo‘limni yuqori malakali ilmiy kadrlar, shu jumladan, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilgan xorijiy olim — mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida maqsadli tajriba orttirishlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bo‘lim faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar hisoblansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi mablag‘lari, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablag‘ jalb qilish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun xo‘jalik shartnomalaridan kelib tushadigan tushumlar, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bo‘lim bepul foydalanish huquqi bilan Navoiy shahri, G‘alaba shoh-ko‘chasidagi Navoiy davlat konchilik instituti binosi manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Bo‘lim faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel, kompyuter texnikasi, jihoz va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlashni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri, Me’morlar ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoni Bo‘limning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va joylashtirish uchun uni kapital ta’mirlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalaridan taklif etiladigan ilmiy maslahatchilarning vaqtincha yashashlari uchun turar-joy kompleksini qurishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3059-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3059-sonli qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ–3059-sonli qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi huzuridagi Idoralararo ilmiy-texnik kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi raisi
B.M. Sharipov
—
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi
B.S. Nazarov
—
“Qizilqumsement” AJ boshqaruvi raisi
S.P. Bobosodiqov
—
“Elektrokimyozavod” AJ QK bosh direktori
K.X. G‘aniyev
—
“NavoiyTES” AJ boshqaruvi raisi
N.P. Snitka
—
“Navoiy KMK” DK bosh muhandisi
B.T. Ibragimov
—
Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi
lavozim bo‘yicha
—
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari
S.L. Lutpullayev
—
Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori
B.S. Zokirov
—
Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori
lavozimiga ko‘ra
—
Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
A.U. Mirzayev
—
Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasining Geologiya va geofizika instituti direktori
S.S. Negmatov
—
Toshkent davlat texnika universitetining “Fan va taraqqiyot” DUK direktorining ilmiy maslahatchisi
Sh.Ya. Mirzaaxmedov
—
“Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi” DK direktori
lavozimiga ko‘ra
—
Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi raisi, Idoralararo ilmiy-texnik kengash kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 526-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)