19.06.2017 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq hamda ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vazirlik huzurida “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsat beruvchi tartib-taomillarni yanada takomillashtirishda, roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsat beruvchi tartib-taomillarni avtomatlashtirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ichki ishlar organlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksional va amaliyot jarayonlari tizimli qayta tashkil etilishini tashkil qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini optimallashtirish, takomillashtirish va unga innovatsion mexanizmlarni joriy yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli monitoring olib borish, ichki ishlar organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish holatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi va milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini, ichki ishlar organlari faoliyati sohasidagi boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun hujjatlarni yigʻish va tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʻz mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatidan olingan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ustavi tasdiqlanishini hamda Markaz davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va uning ustav fondi shakllantirilishini, Markazning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni yangi namunalarga almashtirish va milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini joylarga borgan holda berish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy haydovchilik guvohnomalariga va avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga elektron belgi vositalari joriy etilishini hisobga olgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonni, avtomototransport vositasidan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi yuzasidan ishonchnomalarni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash polisini maxsus blankalarda qogʻoz shaklida majburiy rasmiylashtirish haqidagi talablar 2021-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 9-son, 135-sodda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
389-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi
(old tomoni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(orqa tomoni)

Milliy haydovchilik guvohnomasining tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi xalqaro standartlar tavsiyalari asosida plastikdan tayyorlanadi. Plastikdan tayyorlangan guvohnoma oʻlchami 54x86 millimetrni tashkil etadi. Guvohnomaning rangi — och pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami ikki harfli, nomeri olti raqamli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgi (NFC Smart-kart) boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasining plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;

mikromatn — “Naydovchilik guvohnomasi Voditelskoye udostovereniye Driving licence”, oʻlchami maksimum 30 mikron;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ultrabinafsha qoplama;

“UZ” yozuvli egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;

gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40-70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy haydovchilik guvohnomasi plastik shaklining seriyali raqamining lazer oʻyma naqshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasining old tomonida “Naydovchilik guvohnomasi”, “Voditelskoye udostovereniye”, “Driving licence” soʻzlari yoziladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining nomi davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan, Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena shahri, 1968-yil 8-noyabr) 6-ilova 4-bandining 1-3, 4a-4s, 5-7, 9-kichik bandlarida va 5-bandi 8-kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar majburiy tartibda koʻrsatiladi, fotosurat uchun joy nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orqa tomonida Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena shahri, 1968-yil 8-noyabr) 6-ilova 4-bandining 9 va 12-kichik bandlarida, shuningdek 5-bandining 10 va 11-kichik bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-12-bandlarda nazarda tutilgan maʼlumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida belgilar uchun joy nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A, B, C, D, BE, CE va DE toifalarini boshqarish uchun milliy haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligi tegishli piktogrammalar bilan ifodalangan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning namunasi va uning tavsifi
(old tomoni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(orqa tomoni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma xalqaro standartlar tavsiyalari asosida 54x86 mm oʻlchamda plastikdan tayyorlanadi. Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning rangi — koʻk. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqam ikki harfli, nomeri oltita raqamli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayriboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC Smart-kart) boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromatn — “Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma Svidetelstvo o registratsii avtomototransportnogo sredstva Vehicle license”, oʻlchami maksimum 30 mikron;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ultrabinafsha qoplama;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” yozuvli egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma plastik shaklining seriyali raqamining lazer oʻyma naqshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning old tomonida “Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma”, “Svidetelstvo o registratsii avtomototransportnogo sredstva”, “Vehicle license” soʻzlari yozilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Avtomototransport vositasining davlat raqam belgisi, markasi, modeli, rangi, avtomototransport vositasining egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining boʻlimi, jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning orqa tomonida avtomototransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: avtomototransport vositasi ishlab chiqarilgan yil, turi, kuzov/shosse raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, dvigatelning toifasi va quvvati, yonilgʻi turi, haydovchining oʻrindigʻi bilan birgalikda oʻtiriladigan oʻrinlar soni, tik turiladigan oʻrinlar soni, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 541-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)