07.06.2017 yildagi PF-5075-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini taʼminlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablagʻlarini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va uning tumanlarida tartib oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) daromad qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning baʼzi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar toʻliq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahrining shahar budjeti va tumanlar budjetlari oʻrtasida taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi va benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz isteʼmoli uchun soliq toʻliq hajmda Toshkent shahri budjetiga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovi hamda jismoniy shaxslarning daromad soliqlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi normativlarga muvofiq taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti oʻrtasida, shahar budjeti qismida, oʻtkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortigʻi bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xarajatlar qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halq taʼlimi muassasalari, poliklinikalar, yotish oʻrniga ega boʻlmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning boʻlimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga boʻlgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum taʼlim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yoʻlkirasi bilan bogʻliq yoʻlovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning taʼminoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018-yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti gʻaznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, hududlarning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, “Oʻztransgaz” AK gaz taʼminoti korxonalari sotiladigan gazga qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda, uni sotish joyida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5075-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 488-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)