07.06.2017 yildagi PF-5075-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va uning tumanlarida tartib o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) daromad qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar to‘liq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahrining shahar budjeti va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz iste’moli uchun soliq to‘liq hajmda Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi hamda jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi normativlarga muvofiq taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti o‘rtasida, shahar budjeti qismida, o‘tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig‘i bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xarajatlar qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halq ta’limi muassasalari, poliklinikalar, yotish o‘rniga ega bo‘lmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga bo‘lgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum ta’lim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yo‘lkirasi bilan bog‘liq yo‘lovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning ta’minoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018-yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g‘aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, hududlarning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, “O‘ztransgaz” AK gaz ta’minoti korxonalari sotiladigan gazga qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, uni sotish joyida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5075-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 488-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)