Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2022 05.06.2017 yildagi 356-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Turizm davlat qoʻmitasi deb ataladi), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi), Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm davlat qoʻmitasini joylashtirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tasarrufidagi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan binoni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) yondosh hududi bilan birga operativ boshqarish huquqi bilan Turizm davlat qoʻmitasiga bepul berish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm davlat qoʻmitasining Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Istiqlol koʻchasi, 47-uy manzilidagi binosini unda Turizm davlat qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarini joylashtirish uchun foydalanish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm davlat qoʻmitasi huzurida Turizm davlat qoʻmitasining binolari va xonalaridan shartnoma asosida foydalanish va ularga xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi, xizmatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga haq toʻlanadigan “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binolaridan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat raqobat qoʻmitasi obyektni belgilangan tartibda topshirsin, Turizm davlat qoʻmitasi esa qabul qilsin, uni mukammal taʼmirlasin va yondosh hududni obodonlashtirsin, barcha zarur mebel, tashkiliy texnika, kompyuter asbob-uskunalari, aloqa vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlasin, kelgusida undan samarali va maqsadli tarzda foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binolaridan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi obyektni mukammal taʼmirlash va unga yondosh hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turizm davlat qoʻmitasi obyektni mukammal taʼmirlash va unga yondosh hududni obodonlashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda obyektni barcha zarur mebel, tashkiliy texnika, kompyuter asbob-uskunalari, aloqa vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlash xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binolaridan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga zarur mablagʻlar ajratish yoʻli bilan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni mukammal taʼmirlash va unga yondosh hududni obodonlashtirish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, 2017-2018-yillarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun, ularning ustuvorligi va bosqichlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm davlat qoʻmitasining shtatlar jadvaliga va Jamgʻarma xarajatlari smetasiga kiritilayotgan tegishli oʻzgartirishlarni bir oy muddatda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binolaridan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga, istisno tariqasida, obyektni mukammal taʼmirlash va unga yondosh hududni obodonlashtirish boʻyicha loyiha va pudrat ishlarini amalga oshirish, uni zarur mebel, tashkiliy texnika, kompyuter asbob-uskunalari, aloqa vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlash uchun Turizm davlat qoʻmitasi huzurida tashkil etiladigan komissiya tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish yuzasidan takliflar berish uchun kamida uchta yetkazib beruvchiga soʻrovlar yuborish yoʻli bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida 2018-yil 1-maygacha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
356-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 356-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali tasarruf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-martdagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 14-son, 155-modda) 2-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 478-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)